7
ma‘lum mijozlar guruhi turoperatorlari (yoshlar, oilalar,
ish odamlari va
boshqalar);
maxsus joylashtirish joylari turoperatorlari (dam olish uylari, turbazalar va
hokazo);
ma‘lum transport turlaridan foydalanadigan turoperatorlar (teploxod, poyezd
va boshqalar).
Faoliyat joyiga ko„ra:
1.
Mahalliy (ichki) turoperatorlar
. Ular o‗zi yashayotgan mamlakat chegaralari
doirasida yo‗nalishlar bilan birgalikda turpaketlar tuzadilar.
2.
Chiqish turoperatorlari
turpaketlarni xorijiy davlatlarga yo‗naltiradilar.
3.
Qabul qiluvchi turoperatorlar
. Ular turistlsrlar boradigan mamlakatda
joylashgan bo‗ladi va ularga xizmat ko‗rsatishadi.
Bundan
tashqari, turoperatorlarni
Initsiativ
va
Reseptiv
turoperatorlarga ham
bo‗lish qabul qilingan.
Initsiativ turoperatorlar - bular turistlarni qabul qiluvchi (Reseptiv) operatorlar
yoki to‗g‗ridan-to‗g‗ri turistik korxonalar bilan shartnoma asosida xorijga yoki boshqa
regionlarga jo‗natadigan operatorlardir. Bu operatorlarning faqat o‗zgalar turlarini sotish
bilan shug‗ullanadigan turagentlardan farqli tomoni ular BTT me‘yorlari bo‗yicha
kamida uchta xizmatlardan (joylashtirish, turistlar transportirovkasi
va yuqoridagi
ikkitasidan boshqa istalgan xizmat turi) tashkil topadigan turmahsulot komplektatsiyasi
bilan shug‗ullanishadi. Klassik Initsiativ turoperator turli joylardagi mahalliy
turoperatorlar xizmatlaridan foydaianib, murakkab yo‗nalishli
turlarni shakllantiradi,
sayohat boshlanadigan joyga borishni va u yerdan qaytib kelishni ta‘minlaydi. Shu bilan
birgalikda yo‗nalish ichida transport xizmati ko‗rsatilishini tashkil etadi. Reseptiv
turoperatorlar - qabul qilish joyida qabul qiluvchi va xizmat yetkazib beruvchilar bilan
to‗g‗ridan-to‗g‗ri shartnomalar asosida ish olib boradigan turoperatorlardir.
Real turizm tadbirkorligida, ko‗pincha, turizm bozori uchun harakterli bo‗lgan
vazifalarning aralashuvi uchrab turadi. Turistik firma o‗zining ba‘zi
mahsulotlariga
nisbatan ham Reseptiv, ham Initsiativ turoperator, ba‘zi hollarda esa boshqa turoperator
tomonidan shakllantirilgan tayyor turlarni sotish bo‗yicha turagent sifatida ham kelishi
mumkin.
"Turizm to‗g‗risida"gi Qonun bo‗yicha o‗z turistik mahsulotini shakllantiradigan
va unga o‗z yo‗llanmasini chiqaradigan turistik tashkilotgina turoperator hisoblanadi.
Bunday talablarni turfirma bajaradi. Yo‗llanma turistlar bilan qilinadigan bitimga rasmiy
ilovadir (xizmat ko‗rsatish joyiga ko‗rsatiladigan asosiy hujjat - vaucherdir).
Reseptiv turoperator qabul qilish uchun turlarni shakllantirish bilan shug‗ullanadi.
Initsiativ maxsuslashgan turoperator, qoida bo‗yicha,
bir necha punktlarda qabul
qilishlardan mujassamlashtirib turlarni shakllantiradi. Bunga misol qilib ijaraga olingan
maxsuslashtirilgan transportdagi transturlami olish mumkin.
Turoperator buyurtma yoki inklyuziv tur bo‗lishi mumkin bo‗lgan (sotish chog‗ida
o‗zgarmaydigan, oldindan aniq bo‗lgan xizmatlar to‗plami) dasturlar paketi, turpaket
(pekidj-tur) tuzadi. Mos ravishda birinchisi xizmat ko‗rsatish variantlari bilan, ikkinchisi
- variantlarsiz, xizmatlar kompleksning to‗plami bilan sotiladi.
Bu qabul qilish
imkoniyatlari va sayohatlar yo‗nalishiga bog‗liq.
Do'stlaringiz bilan baham: