O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/123
Sana24.06.2022
Hajmi1,23 Mb.
#698958
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   123
Bog'liq
dd00a58bf8bf5b7130ca944958e8f7c9 TURIZM OPERATORLIK XIZMATINI TASHKILLASHTIRISHNING ASOSLARI

kemani muayyan 
muddatga fraxt qilish (taym-charter) to„g„risidagi shartnomaga 
bag‗ishlanadi. Ushbu 
shartnoma turistik va boshqa maqsadlarda yo‗lovchilarni ommaviy tashish uchun dengiz 
kemalaridan foydalanuvchi turfirmalar va boshqa tashkilotlarga qiziqarlidir.
Kemani vaqtinchalik fraxt qilish shartnomasiga ko‗ra kema egasi belgilangan haq 
(fraxt) evaziga fraxt qiluvchiga kemani va kema ekipaji a‘zolarining xizmatlarini 
yo‗lovchi, yuk tashish uchun yoki boshqa tijorat maqsadlarida muayyan muddatga 
taqdim etish majburiyatini oladi. Bunday shartnomani rasmiylashtirishda unda 
quyidagilar ko‗rsatilishi shart: taraflar nomi; fraxt qilish maqsadi; kema nomi, uning 
texnik va foydalanish ko‗rsatkichlari (yuk ko‗tarish qobiliyati, tezligi va b.); suzish 
hududi; kemani topshirish va qaytarish vaqti va joyi; fraxt qiymati; taym-charterning 
amal qilish muddati. 
XX asr oxirida kruiz industriyasi turistik biznesning eng jadal rivojlanayotgan 
sektoriga aylandi. Ma‘lumki, 
kruiz 
deganda suv transporti turlarida sayohat qilish 
tushuniladi. U orol qirg‗og‗i bo‗ylab ekskursiya qilishni, port shaharlarning diqqatga 


56 
sazovor joylari bilan tanishishni, shuningdek dengiz va daryo laynerlari bortida dam 
olishni o‗z ichiga oladi.
Jahonda kruiz kompaniyalari juda ko‗p (100 dan ortiq) bo‗lib, ularning bir qismi 
Kruiz kompaniyalari xalqaro uyushmasiga a‘zodir. Kruiz biznesi sohasidagi eng mashhur 
tashuvchilar qatoriga «Carnival Cruise Lines», «Celebrate Cruises», «Royal Caribbean 
International», «Princess Cruises», «Costa Cruises», «Norwegian Cruise Lines» 
kompaniyalari kiradi. 
7.5. Turistlarni hayvonlar yordamida tashish. 
Sizlar bilan ma‘ruzada harakat usullari bo‗yicha hayvonlarning yordami bilan 
turistlarni tashish mumkin ekanligi haqida aytib o‗tilgan edi, shulardan biri, it yovvoyi 
bo‗ridan tarqalgan bo‗lib, inson uni qo‗lga o‗rgatgan. Itdan qo‗riqlash, poda boqish, ov 
qilish, yo‗lovchi va yuk tashish maqsadlarida foydalaniladi. Shimolda itlar chana tortadi. 
Bir chanaga 10-20 it qo‗shiladi. Shu holatda itlar qorli hududlar bo‗ylab ancha og‗ir (200 
kg gacha va undan ortiq) yuklarni chanada tashishga qodir. Chekka Shimolda yo‗llar 
bo‗lmagan sharoitlarda itlar qo‗shilgan chana qorli hududlar bo‗ylab harakatlanishning 
birdan-bir yagona usulidir. Alyaska bo‗ylab it qo‗shilgan chanalarda sayohat qilish Jek 
London asarlarida tavsif etilgan. Itlar sayohatchilarga Janubiy va Shimoliy qutbni zabt 
etishga ko‗maklashgan. Bunday sayohatlarni tashkil etishda o‗z yukidan tashqari itlarga 
oziqani ham rejalashtirish zarur. Bu ham chanada ma‘lum joyni egallaydi va yuk bo‗ladi.
Bugungi kunda qorli hududlar bo‗ylab it qo‗shilgan chanada sayohat qilish ekzotika 
hisoblanadi. Ekstremal turizm guruhlari uchun ko‗p kunlik sayohatlar tashkil etiladi. 
Qutbga yaqin joylarda, masalan, Finlyandiya, Norvegiya, Kanada va Alyaskadagi turistik 
markazlarda turistlar uchun ko‗ngilochar tadbirlar uyushtiriladi. Mahalliy aholi turistlar 
uchun tashkil etadigan milliy bayramlarda va ko‗rgazmali namoyishlarda it qo‗shilgan 
chanalardan faol foydalaniladi. It qo‗shilgan chanalarda safari — Finlyandiyaning qishki 
kurortlarida, ayniqsa, Laplandiyada turistlar uchun o‗tkaziladigan ko‗ngilochar 
tadbirlarning muhim turi. Bu yerda turistlarga itlarni chanaga qo‗shish, it qo‗shilgan 
chanani boshqarish o‗rgatiladi. Har xil uzunlikdagi manzilni it qo‗shilgan chanada bosib 
o‗tish yoki hatto 300-400 km ga sayohat qilish ko‗zda tutilgan turlar ham bor. Safar 
oxirida turistlarga (tabiiyki, ma‘lum haq evaziga) it qo‗shilgan chana haydovchi 
sertifikati beriladi. 
Tuyoqlilar turkumi vakillari — bug‗u, eshak, xachir, ot, ho‗kiz, qo‗tos va tuyadan 
inson qadim zamonlardan beri yuklarni va sayohatchilarni tashish uchun ham, turli yuk 
ortilgan aravalarni tortish uchun ham foydalanib keladi.
Otliq turistik marshrutlardan tashqari otlardan milliy parklarda, mehmonxonalar 
yaqinidagi maxsus hududlarda, klublarda ham faol foydalaniladi. Ot bilan muomala 
qilish insonning holatiga, uning ruhiyatiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi deb hisoblanadi.

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish