42
VI.Mavzu.Turizmda joylashtirish va ovqatlantirish xizmatlari
Reja:
6.1. Turistlarni joylashtirish vositalari.
6.2. Mehmonxonalar tasnifi va mehmonxona turlari.
6.3. Turizmda ovqatlantirishni tashkil etish.
6.1.Turistlarni joylashtirish vositalari.
Jahon amaliyotida "turistlarni joylashtirish vositalari"ning umumiy qabul qilingan
ta‘rifi mavjud emas, biroq BTT ekspertlari «doimiy (yoki ba‘zan) turistlarni tunab
qolishlari uchun joy beradigan istalgan ob‘ekt»larni shundaylar deb hisoblasa bo‗lishini
ta‘kidlaydi.
Shuningdek, joylashtirish vositalari ikki asosiy guruhga bo‗linadi:
- kollektiv (KJV);
- individual (IJV).
BTT
ekspertlari
fikricha,
turistlarni
kollektiv
joylashtirish
vositalari
«sayohatchiga xona yoki boshqa binoda kechasi tunab
qolishga joy berishi mumkin
bo‗lgan ob‘ekt» sifatida taklif berish mumkin. Biroq undagi joylar soni alohida oila
birligi a‘zolari sonidan kam bo‗lmasligi, barcha joylar (ushbu binodagi) tijorat tipidagi
yagona rahbariyatga bo‗ysunishi lozim.
KJV mehmonxonalar
va analogik binolarni, maxsuslashtirilgan va boshqa
kollektiv binolarni o‗z ichiga oladi.
Joylashtirish vositalari ma‘nosi turli davlatlarda turlicha talqin qilinishi mumkin:
bir mamlakatda mavjud joylashtirish vositasi, ikkinchi bir davlatda umuman bo‗lmasligi
mumkin. O‗zbekistonda 2000 yil yanvardan boshlab mehmonxonalar yulduzli
klassifikatsiyasi qabul qilingan.
Turistlarni joylashtirish vositalari xalqaro tavsiyalarga asoslanib to‗rtta
guruhga
ajratiladi:
I.Mehmonxonalar va analogik korxonalar:
- mehmonxonalar;
- pansionatlar;
- plyaj mehmonxonalari;
- nomerlari bor klublar;
- mehmonlar uchun uylar;
- boshqalar.
II. Tijorat va ijtimoiy joylashtirish vositalari:
- turistik bazalar;
- arzon (budjetli) mehmonxonalar;
- turistik kempinglar;
- turistik qishloq (uylar guruhi);
- bungalo;
- ijtimoiy turizm korxonalari;
- boshqa joylashtirish vositalari.
III. Maxsuslashtirilgan joylashtirish vositalari:
- davolash mehmonxonalari;
- mehnat
va dam olish lagerlari;
- joylashtirishning transport vositalari;
- mehmonxona;
- boshpana, chaylalar;
- alpmehmonxona.
43
IV. Xususiy joylashtirish vositalari:
- xususiy uylar (mehmonxona);
- xususiy agentlardan ijaraga olingan joy;
- aholi orasidagi qarindoshlarnikiga
joylashtirish;
- boshqalar.
Keltirilgan uslubiy joylashtirish vositalari klassifikatsiyasi BTT tomonidan tavsiya
etilgan. Turistik mehmonxona - bu mehmonxonalarning alohida turi bo‗lib, turistlarga
sayohat bilan bog‗liq xizmatlarni taklif etadi. Tabiiyki,
turist oddiy mehmonxonadan
foydalansa bo‗ladi, ammo unda turistik mehmonxonalardagi kabi sharoitlar bo‗lmaydi.
Barcha turistik mehmonxonalarda to‗rtta asosiy xizmatlar guruhi mavjud:
1. Joylashtirish;
2. Ovqatlantirish;
3.
Hordiq chiqarish;
4. Maishiy xizmat ko‗rsatish.
Do'stlaringiz bilan baham: