214
orasidan ajrata olishi kerak. Bundan tashqari
bola predmetlarning uzunligi, eni,
qalinligi va balandligiga ko‘ra taqqoslaydi. Muloqot davrida matematik
terminologiyani qo‘llaydi, belgilar tizimini tushunadi (son va belgilarni qo‘llagan
holda +,-,= ). Birdan o‘ngacha bo‘lgan sonlarni to‘g‘ri va teskari sanaydi, predmetlarni
soni va sanog‘iga qarab taqqoslaydi va predmetlar tengligi, tengmasligi guruhlarini
aniqlaydi va ularni bir- biri bilan taqqoslab o‘z mustaqil fikrini bayon eta oladi.
Maktabga tayyorlov guruhiga (6-7 yosh) kelib bolaning matematik tasavvurlari
sezilarli darajada kengayadi. Bola hayotda son va sanoqning ahamiyatini tushunadi.
Geometrik shakllar va figuralarni biladi va yigirmagacha bo‘lgan ayrim matematik
harakatlarni bajaradi. 10 gacha qo‘shish va ayirishning sodda matematik vazifalarini
yechadi (son va belgilarni qo‘llagan holda +,-,= ). Son qatori haqida
tushunchaga ega,
guruhlarni teng yoki teng emasligini tahlil qiladi (qancha ko‘p?, qancha kam?). Hajmi,
balandligi va qalinligiga qarab predmetlarni ketma- ket joylashtiradi. Shartli belgi
asosida suyuq, sochiluvchan va qattiq materialni o‘lchash malakalariga ega bo‘lishi
zarur. Maktabga tayyorlov guruhida davlat talablarida belgilangan talablarni to’laqonli
bajarish uchun boalada matematik bilimlarni shakllantirish tarbiyachininh asosiy
vazifasi bo’lishi shart va zarurdir.
Har qaysi yosh guruhida miqdor va sanoq, kattalik. geometrik shakllardan,
fazoda mo’ljal olish, vaqt bo’yicha oriyentir (mo’ljal) olish, arifmetik masalalar
yechish, Masala yechishda «qо’shish», «ayirish», «tenglik» matematik tatamalardan
foydalanish zarur. Bolalarning maktabdagi kо‘pgina faoliyatlari tevarak atrofda о‘rnini
aniqlash (oriyentatsiya qila bilish) bilan bog‘liqdir. Shuning uchun bolalar maktabga
chiqqunga qadar harakat yо‘nalishlari (о‘ngda, chapda tо‘g‘ri, burchakdan burchakka
va hokazo)ni
bilishlari, tevarak atrofdagi narsalarning о‘zlariga nisbatan (о‘ng
tomonda, chap tomonda, yuqorida pastda, orqada, oldinda) joylashishini bilishlari, bir-
biriga nisbati, joylashishini (stolning oldida stul) xonada, hovlida, maktabgacha ta’lim
muassasassidan uyga qaytishni, kо‘chadan о‘tish qoidasini bilishlari lozim. Bolalarni
qog‘oz sathini aniqlay bilishga о‘rgatish muhimdir. Chunki bu bilimlar kitobning
kerakli betini topishda, bir varaq qog‘ozning yuqorigi chap burchagi, daftarning
yuqori-pastki tomonlari,
burchaklarini topishi, kerakli yо‘nalishda daftarda chiziqda
215
chizishga о‘rgatadi. Bolalarga quyidagi topshiriqni berish mumkin: pastki chap
burchagiga to’rtta kvadrat, yuqorigi о‘ng burchagida bitta ortiq, bolalarni bajargan
ishlarini tо‘laroq sо‘zlab berishga о‘rgatish zarur. Tevarak atrofni bilish vazifasi
matematika mashg‘ulotida
kam vaqtni oladi, uni kо‘proq boshqa bо‘limlar bilan
birgalikda olib borish kerak (kundalik turmush faoliyatida, о‘yinda, mehnatda,
jismoniy tarbiya musiqa mashg‘ulotlarida, gimnastika vaqtida). 5-7 yoshdagi bolalar
guruhlari tarbiyachilari bolalarning matematik bilimlarini mustahkamlash uchun
barcha turdagi faoliyatlardan foydalanishlari kerak. Masalan, rasm chizish,
modellashtirish, loyihalash jarayonida bolalar geometrik shakllar,
obyektlarning soni
va kattaligi va ularning fazoviy joylashuvi to'g'risida bilimga ega bo'lsh, fazoviy
tasavvurlar, sanash qobiliyatlari, tartibli sanash, musiqa va jismoniy tarbiya
mashg'ulotlarida, sport o'yin-kulgi paytida. Har xil tashqi o'yinlarda bolalarning
obyektlarning shartli qiymatlarini o'lchash to'g'risidagi
bilimlaridan foydalanish
mumkin. Matematika mashg’ulotlarida o'qituvchilar turli usullardan (og'zaki,
ko'rgazmali, o'yin) va texnikadan (hikoya, suhbat, tavsif, ko'rsatma va tushuntirish,
bolalar uchun savollar, bolalarning javoblari, namunalar, haqiqiy obyektlarni
ko'rsatish, rasmlar, didaktik o'yinlar
va mashqlar, ochiq o'yinlar) foydalanishi
samaradorlikni oshirishda muhim omil sanaladi. 5-7 yoshli bolalarda matematik
qobilyatlarini rivojlantirish uchun mashg’ulotni bola yoshiga mos va to’g’ri tashkil
etish, didaktik o’yinlardan foydalanish, guruhda matematika burchagini tashkil etish,
ota onalar bilan hamkorlikda ishlash shakllaridan foydalanish yaxshi samara beadi.
Do'stlaringiz bilan baham: