Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги низомий номидaги


MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI TENGDOSHLARI



Download 4,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/247
Sana24.06.2022
Hajmi4,33 Mb.
#698554
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   247
Bog'liq
4 ILK MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA1

 
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI TENGDOSHLARI 
BILAN BO‘LADIGAN MULOQOTINI O‘RGANISH 
 
M.N.Agzamova
 Nizomiy nomidagi TDPU Makabgacha ta’lim psixologiyasi 
va pedagogikasi kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo‘yicha 
falsafa doktori (PhD) 
 
Muloqot deganda insonlarning umumiy maqsadga erishish uchun birgalikda, 
kelishilgan holda olib borgan o‘zaro munosabati tushuniladi. 
Muloqot bolaning ilk yoshidan boshlab psixik taraqqiyotining asosiy
faktorlaridan biridir. Maktabgacha yoshda bolaning kattalar bilan muloqoti 4 xil 
ko‘rinishda bir-birini to‘ldiradi, ular: vaziyatli-shaxsiy, vaziyatli-ishchanlik,
vaziyatdan tashqari- bilish va vaziyatdan tashqari-shaxsiy muloqot. Tengdoshlari bilan 
3 xil munosabat shakllari:hissiy-amaliy, vaziyatli-ishchanlik va vaziyatdan tashqari- 
ishchanlik ko‘rinishlari mavjud. Muloqot qilish motivlari va mazmuni o‘zgaradi, 



muloqotga kirishish malakasi hamda ko‘nikmasi shakllanib maktabga psixologik
tayyorlikning komponentlaridan biri bo‘lmish muloqotga kirishish sifatida shakllanadi. 
Bola sekin-asta kattalar bilan o‘z munosabatlarini aniqlay boshlaydi (kattalar bolalarga 
qanday munosabatdalar va boladan nimani kutadilar). Tengdoshlariga nisbatan 
qiziqish kattalarga qiziqishga nisbatan kech ro‘yobga chiqadi. Tangdoshlari bilan 
muloqot turli jamoalarda to‘planadi. Boshqa bolalar bilan munosabat shakllanishiga
faoliyatlarning qanday olib borilishi va bolaning bu topshiriqlarni bajarish malakalari
ta’sir ko‘rsatadi. 
Bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotidagi guruhlar-bu bolalarning birinchi 
ijtimoiy birlashmasi hisoblanadi, bu jamoada bolalar turli faoliyatlarda o‘z 
muloqotlarini boshqaradilar. Maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘zaro do‘stona
munosabatni shakllantirishda turli nizolarga duch kelish mumkin. Ulg‘aygan sari
maktabgacha yoshdagi bolalarning tengdoshlariga bo‘lgan munosabati o‘zgarib 
boradi, bolalar o‘rtoqlarini ishchanlik xususiyatlariga qarab emas (qiziq o‘yinlarni 
tashkil etish malakasi, tengdoshlari bilan kelishib ishlashi, kattalarga, kichkintoylarga
yordami), balki shaxsiy sifatlariga qarab ham, ayniqsa, ahloqiy sifatlariga qarab ham
baholay boshlaydilar. Bu bolalarning ahloqiy me’yorlar haqidagi tasavvurlarining 
shakllanishiga va ahloqiy sifatlar mazmunini tushunishlariga bog‘liq. 
Bolaning tengdoshlari bilan muloqotga kirishishlarini kuzatilganda atta yosh 
guruhida bolalar orasida tanlanish munosabatlari o‘rnatilganini kuzatish mumkin.
Bolalar tengdoshlari o‘rtasida har xil o‘rinni egallay boshlaydilar, ba’zi bir bolalarni 
bolalar boshqalardan ko‘proq tanlaydilar, ba’zi birlarini kamroq tanlaydilar. Bolalar 
tomonidan tanlanish boshqaruvchilik tushunchasi bilan bog‘liq. Boshqaruvchilik
ijtimoiy psixologiyada asosiy ahamiyatga ega. Boshqaruvchilik ba’zi bir bolalarga 
boshqarish imkoniyatini yaratib, boshqalarga boshchilik qilish, ularni maqsad sari olib 
borish imkoniyatini yaratadi. Boshqaruv jarayoni, birorta guruh faoliyatini 
tashkillashtirishda aniq maqsad qo‘yish va unga erishishda o‘z ifodasini topadi. 
Bunday tasavvurni maktabgacha yoshdagi bolalar guruhi uchun ifodalash qiyin,
asosan maktabgacha ta’lim tashkilotda qo‘llash mumkin emas, chunki bu yoshda
hech qanday maqsad va vazifalar belgilanmaydi, bunda ijtimoiy ta’sir to‘g‘risida 


10 
gapirish mumkin emas. Ayrim bolalarni tanlash bu tashqi tomondan tanlanish 
hisoblanadi. Bu tanlanish faqat shu bolalarga intilish xolos. Bolalarning taniqli bo‘lishi 
tengdoshlari orasida katta ahamiyatga ega. Maktabgacha yoshdagi bolaning
guruhdagi tengdoshlariga munosabati qanday taraqqiy etishiga qarab bolaning 
kelgusidagi shaxsiy va ijtimoiy taraqqiyoti qay darajada rivojlanishini belgilash 
mumkin.
Bolaning muloqat qilish qobiliyati nutqiy rivojlanishini ham o‘z ichiga oladi. 
Nutq bolaning kognitiv rivojlanishida muhim vosita bo‘lib, ijtimoiy rivojlanish va 
dunyoni bilish uchun zarur vositadir. Mazmunga boy va rag‘batlantiruvchi ta’lim 
muhitida bolalar og‘zaki muloqot ko‘nikmalarini rivojlantiradilar, bu ularga o‘zlariga 
ishonishga, boshqalar bilan munosabatlarni o‘rnatishga, dunyo haqidagi 
tushunchalarini shakllantirishga, mashg‘ulotlarda ishtirok etishga va loyiha ishlarini 
jamoa bo‘lib bajarishga yordam beradi. Bolalar kattalar va boshqa bolalar tomonidan 
tushunilishlari uchun o‘zlarini ifoda etishlari mumkin. Ular aytilganlarni tushunishlari 
uchun tinglaydilar va kuzatadilar; savollar va ko‘rsatmalarni eshitadilar va shunga mos 
javob berishadi. Ular nutqni rivojlantirish mashg‘ulotlarga ijobiy qarashadi. Ular 
nutqning turli shakl va funksiyalarini biladilar, ulardan foydalanadilar va kerak 
bo‘lganda ularni turli xil muloqot holatlarida moslashtiradilar. Ushbu kompetentsiya, 
shuningdek, axborot olish uchun turli xil aloqa vositalari va kanallardan mustaqil 
foydalanish qobiliyatini o‘z ichiga oladi; o‘z ta’limi va rivojlanishida foydalanish 
uchun kerakli ma’lumotlarni qidirish, tahlil qilish va tanlash, ularni tartibga solish, 
o‘zgartirish, saqlash qobiliyatini mustahkamlaydi. 
Bolaning muloqat qilish qobilyatini rivojlantirish orqali bolaga o‘z fikrini bayon 
etish, bahslashish, munozaraga kirishish, tasavvurlarini erkin nutq vositasida 
ifodalashga o‘rgatilib boriladi. 
Bolaning muloqat qilishga kirishishi bolaning jamoada o‘zini tutish,
tengdoshlari bilan samimiy munosabatda bo‘lish, atrofdagilar bilan barqaror aloqalar 
o‘rnatish, do‘stlar orttirish, ularga yordam berish, o‘z fikrini ifodalash, agar 
tushunmasa savol bilan murojaat qilish, kelishib o‘ynash, ovutish, o‘yinchoqlari va 


11 
qalamlari bilan o‘rtoqlashish, kichkintoylarga yaxshi munosabatda bo‘lish 
ko‘nikmalarini mustahkamlashga yordam beradi. 

Download 4,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish