1-Mavzu: Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati Reja


monoteistik dinlar (yunon



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/28
Sana23.06.2022
Hajmi0,52 Mb.
#697648
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
1-mavzu

monoteistik dinlar (yunon. 
mono – bir va theos – xudo):
iudaizm
(mil. av. VII asr), 
buddizm
(mil. av. VI-V 
asrlar), 
xristianlik
(I asr) va 
islom 
(VII asr) vujudga keldi. Xullas har bir din 
ma’lum falsafaga asoslanadi. Haq dinning asosi to‘g‘ri (analitik) falsafadir, haq 
bo‘lmagan dinning asosi esa yolg‘on falsafadir, yoki yolg‘on muhokamalar ustiga 
qurilgan qarashlardir
1

Falsafiy dunyoqarash. 
Miloddan avvalgi VII-VI asrlarga kelib asosan mif va din 
ta’sirida odamlar dunyoqarashi nafaqat kengaydi, balki ancha murakkablashdi. U 
abstrakt nazariy fikrlash qobiliyati va (to‘plangan bilimlar ko‘rinishida) real 
asoslarga ega bo‘lishi natijasida o‘z rivojlanishining butunlay yangi darajasiga 
ko‘tarildi. Bunga, hech shubhasiz, mehnat taqsimotiga olib kelgan rivojlangan 
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, ma’lum miqdorda ortiqcha mavjudlik vositalari, 
bo‘sh vaqtning paydo bo‘lishi ham imkoniyat yaratdi. Bularning barchasi muayyan 
shaxslar doirasiga intellektual faoliyat bilan professional darajada shug‘ullanish 
imkonini berdi.
Shunday qilib, taxminan 2500 yil muqaddam dunyoqarashning uchinchi shakli – 
falsafa paydo bo‘lishi uchun zarur shart-sharoit Yevropa va Osiyoda deyarli bir 
vaqtda yuzaga keldi. 
Dunyoqarashning avvalgi shakllari – mif va dindan farqli 
o‘laroq, falsafa dunyoni e’tiqod va tuyg‘ularga tayanib emas, balki aql va 
bilimlarga tayangan holda tushuntiradi
.
Falsafa Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo va qadimgi Yunonistonda taxminan bir 
vaqtda avvalo dunyoni oqilona anglash usuli sifatida vujudga keldi. Bu vaqtga 
kelib mif va din o‘zlarining tayyor va uzil-kesil javoblari bilan insonning bilimga 
nisbatan tinimsiz kuchayib borayotgan qiziqishini qondira olmay qoldi. Ular 
shuningdek sezilarli darajada o‘sgan va murakkablashgan tajriba va bilimlarni 
umumlashtirish, tizimga solish va avlodlarga qoldirish vazifasining ham uddasidan 
chiqolmay qoldi.
Taniqli nemis faylasufi Karl Yaspers ta’biri bilan aytganda, bu davrda (uni faylasuf 
«dunyoviy vaqt» deb ataydi) insoniyat o‘z rivojlanishida katta burilish yasagan. 
Osoyishtalik va barqarorlik ruhi bilan yo‘g‘rilgan mifologiya davri nihoyasiga etdi, 
oqilonalik va oqilona tekshirilgan tajribaning mifga qarshi kurashi natijasida u 
asta-sekin chekina boshladi. «Jahon tarixi o‘qini taxminan miloddan avvalgi 500 
yil, miloddan avvalgi 800 va 200 yillar oralig‘ida yuz bergan ma’naviy jarayon 
bilan bog‘lash o‘rinli bo‘lsa kerak, - deb yozadi K.Yaspers. – Shu davrda tarixda 
eng katta burilish yasaldi. Hozirgi tipdagi inson va ilk faylasuflar paydo bo‘ldi. 
Inson ayrim individuum sifatida o‘z-o‘zida tayanch izlashga jur’at etdi. Xitoy 
1
Қаранг Ҳотамий С.М.Ислом тааккури тарихидан.-Т.:Минож, 2003. –Б.77. 


zohidlari, Sharq darbadar mutafakkirlari, Hindiston tarki dunyochilari, Yunoniston 
faylasuflari va Isroil avliyolari e’tiqodi o‘z ta’limotining mazmuni va ichki 
tuzilishiga ko‘ra bir-biridan qay darajada farq qilmasin, o‘z mohiyatiga ko‘ra 
yaqindir. Endi inson botiniy darajada o‘zini dunyoga qarshi qo‘yishi mumkin 
bo‘ldi. Inson o‘zida unga dunyodan va o‘z-o‘zidan yuksakroq ko‘tarilish imkonini 
beruvchi ichki salohiyatni kashf etdi»
11
.
Yuz bergan o‘zgarishlarning yana bir sababi shundaki, mifologiya olish, 
rivojlantirish va tushuntirish uchun navbatdagi miflar emas, balki tabiiy 
qonuniyatlar va tabiiy-sababiy bog‘lanishlarga murojaat qilish talab etilgan ilmiy 
bilim kurtaklari bilan to‘qnashdi. Pirovardida odamlar dunyoqarashida nisbatan 
qisqa vaqt ichida tub o‘zgarishlar yuz berdi; unda bilim, tafakkur, tahliliy fikrlash 
tobora muhimroq rol o‘ynay boshladi, ular sirtdan olingan axborotni sezgilar va 
emotsiyalar darajasida idrok etishga asoslangan har xil e’tiqodlarni chetga chiqarib 
qo‘ydi. 
Faqat so‘zlariga ishonish kerak bo‘lgan ota, kohin, ruhoniy o‘rnini, 
savollar beruvchi va anglashga chorlovchi muallim faylasuf egalladi. U shubha 
urug‘ini sochib, qiziqish uyg‘otdi va: «Ishonma, balki o‘zing fikr qil!», deya da’vat 
etdi.
Faylasuf tafakkurni xurofot va bid’atlardan tozalab, uni erkinlashtirdi va mifologik 
yoki diniy dunyoqarashga mutlaqo xos bo‘lmagan tanqidiy fikrlash qobiliyatini 
rivojlantirdi. Ajdodlardan meros qolgan «donishmandlik» manbai sanaluvchilar, 
tayyor bilimlar va shak-shubhasiz haqiqatlarni e’tiqod sifatida qabul qilishga 
chorlovchilardan farqli o‘laroq, 
faylasuf savollarni ta’riflashni va avvalo sog‘lom 
fikr va o‘z aql-zakovatining kuchiga tayanib, ularga javob qidirishni o‘rgatatdi

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish