41
Aktiv va passiv tomonlarning har bir satrlari balans moddalari deb ataladi. Har bir
modda xo‘jalik mablag‘i yoki uning kelib chiqish manbai holatini aks ettiradi.
Shunday qilib, buxgalteriya balansi quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi:
- korxona egalik qiladigan vositalarni aks ettiruvchi aktivlar;
- korxona tasarrufidagi o‘z sarmoyasi;
- keyinchalik belgilanishi bo‘yicha qaytarilishi lozim bo‘lgan aktivlarni sotib olish,
hosil qilish natijasida yuzaga kelgan majburiyatlar.
Buxgalteriya balansida tashkilot aktivlari uch guruhda: nomoliyaviy va moliyaviy
aktivlar hamda debitorlarda aks ettiriladi.
Nomoliyaviy aktivlarga asosiy vositalar va boshqa
uzoq muddatli nomoliyaviy
aktivlar, noishlab chiqarish aktivlari, tovar-moddiy zaxiralar va nomoliyaviy
aktivlarga qo‘yilmalar kiritiladi.
Moliyaviy aktivlar, odatda, tashkilotni saqlash uchun
moliyalashtirilgan byudjet
mablag‘lari, boshqa maqsadlar uchun moliyalashtirilgan byudjet mablag‘lari,
to‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan mablag‘lar, ta’lim
muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar, byudjet
tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, boshqa byudjetdan tashqari
mablag‘lar, byudjet tashkilotining vaqtincha ixtiyorida bo‘ladigan mablag‘lar, milliy
va xorijiy valyutadagi naqd pul mablag‘lari,
akkreditivlar, depozitga qo‘yilgan pul
mablag‘lari va boshqalardan tashkil topadi. Joriy xo‘jalik davri mobaynida bu
aktivlar doimo o‘zgarishi mumkin.
Korxona balansi aktivlarini o‘rganishda quyidagilarni aniqlash mumkin:
- balansni tuzish kunida korxonada qanday vositalar bo‘lgan;
- ular qanday joylashtirilgan;
- ularning xo‘jalik faoliyatidagi roli qanday.
Balans passivi ma’lumotlari asosida quyidagilarni bilib olish mumkin:
- mablag‘lar qaysi manbalardan kelib tushganligini;
- mablag‘lar kimga tegishli ekanligi (o‘ziniki yoki jalb qilingan);
- mablag‘larning belgilangan maqsadi qanday ekanligi.
Balans passivi ham ikki bo‘limdan iborat:
42
- kreditorlar;
- moliyaviy natijalar.
Kreditorlar qatoriga mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan
hisob-kitoblar,
xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar, sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar, byudjet
tashkilotining ixtiyorida vaqtincha bo‘ladigan mablag‘lar bo‘yicha hisob-kitoblar,
to‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar, boshqa kreditorlar bilan hisob-
kitoblar, hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar, xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash
bo‘yicha hisob-kitoblar, stipendiya oluvchilar
bilan hisob-kitoblar, xodimlar bilan
boshqa hisob-kitoblar, yuqori va quyi tashkilotlar o‘rtasidagi boshqa hisob-kitoblar
va boshqa satrlar kiritiladi.
Balans passivining moliyaviy natijalar bo‘limida byudjet mablag‘lari bo‘yicha
hisobot
davriga joriy moliyaviy natija, to‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-
kitoblar bo‘yicha hisobot davriga joriy moliyaviy natija, ta’lim muassasalarida
o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar bo‘yicha hisobot davriga
joriy moliyaviy natija, byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari
bo‘yicha hisobot davriga joriy moliyaviy natija va boshqa daromadlar bo‘yicha
hisobot davriga joriy moliyaviy natija, hamda
Yakuniy moliyaviy natijalar
ko‘rsatiladi.
Ko‘rinib turibdiki, buxgalteriya balansida muayyan sanaga bo‘lgan xo‘jalik
mablag‘lari va ularning manbalari aks ettirilgan. Balansning ayrim moddalarini
solishtirish uchun moliyaviy hisobotda buxgalteriya balansi bilan birga o‘zaro
bog‘langan hamda bir-birini to‘ldiradigan bir qator hisobot shakllari nazarda
tutilgan.
Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotning asosiy shakllaridan biri hisoblanadi. U
korxona mablag‘larini guruhlash va tarkibini pul bahosida
aks ettirish hamda pul
mablag‘larini, ularni hosil etish manbalarini muayyan sanaga joylashtirish usulidan
iborat.
Buxgalteriya balansining har xil turlari mavjud bo‘lib, ular quyidagi belgilari
bo‘yicha tasniflanadi:
- tuzilish vaqtiga ko‘ra;
43
- axborot hajmiga ko‘ra;
- mulkchilik shakliga ko‘ra;
- aks ettirish obyektiga ko‘ra;
- tozalash usuliga ko‘ra.
Do'stlaringiz bilan baham: