Byudjet hisobi va nazorati



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/70
Sana23.06.2022
Hajmi1,2 Mb.
#696049
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   70
Bog'liq
Byudjet hisobi va nazorati OUM

4.
 
Byudjet jarayonida g‘aznachilik organlarining nazorati. 
Ma’lumki, 
byudjet jarayoni davlat byudjeti loyixasini tuzish, uni ijrosini ta’minlash va nazorat 
qilish, shuningdek byudjet ijrosini muntazam taxlil qilish bilan bog‘liq kompleks 
chora- tadbirlarni amalga oshirishni o‘z ichiga oladi. 
Bu esa, byudjet ijrosi bilan bog‘liq ma’lumotlarni (axborotlarni) jamlash, taxlil 
qilish va nazoratga olishning yaxlit tizimini yaratish zaruriyatini vujudga keltiradi. 
Ya’ni, har bir byudjet tashkiloti tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobotlarning 
albatta jamlanishi, ularning tizimli tahlil qilinishi va nazoratga olinishi byudjet 
tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotlarni tuzish jarayonida 
bevosita o‘zini ta’sirini ko‘rsatadi. Davlat byudjetining g‘aznachilik ijrosi 
mexanizmini joriy qilinishi, ya’ni barcha byudjet tashkilotlarining byudjet va 
byudjetdan tashqari mablag‘larini g‘azna hisobvaraqlarida jamlanishi, byudjet 
tashkilotlari tomonidan g‘aznachilik bo‘linmalari orqali to‘lovlarini amalga 
oshirilishi ham byudjet tashkilotlarida o‘ziga xos hususiyatlarga ega bo‘lgan 
buxgalteriya hisobi tizimini yaratish lozimligini shart qilib qo‘yadi. 
1.5. Byudjet nazoratining shakllari, turlari va usullari hamda nazorat 
organlarining vakolatlari 
Davlat moliyaviy nazorati taftish, tekshirish (shu jumladan byudjet to‘g‘risidagi 
qonun hujjatlarining avvalgi taftishda yoki tekshirishda aniqlangan buzilishi 


18 
hollarini bartaraf etish yuzasidan nazorat tartibidagi tekshirish) va o‘rganish 
shaklida amalga oshiriladi.
Davlat moliyaviy nazoratining turlari quyidagi: 
-
dastlabki nazorat — moliyaviy operatsiyalar bajarilguniga qadar 
g‘aznachilik bo‘linmalari va moliya organlari tomonidan amalga oshiriladigan; 
-
joriy nazorat — moliyaviy operatsiyalar bajarilishi jarayonida g‘aznachilik 
bo‘linmalari, moliya organlari va davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga 
oshiriladigan; 
-
yakuniy nazorat — moliyaviy operatsiyalar bajarilganidan so‘ng Byudjet 
Kodeksining 171-moddasida ko‘rsatilgan davlat moliyaviy nazorat organlari 
tomonidan amalga oshiriladigan nazoratlardir. 
Davlat moliyaviy nazoratining usullari quyidagilardir: 
1. hujjatlarni tekshirish hajmiga qarab: 
-
yoppasiga nazorat — tekshirilayotgan davr uchun barcha buxgalteriya
moliya, statistika, bank hujjatlari va boshqa hujjatlarni nazorat qilish;
-
tanlov asosidagi nazorat — muayyan davr uchun buxgalteriya, moliya, 
statistika, bank hujjatlari va boshqa hujjatlarning ayrim qismlarini nazorat qilish;
2. nazoratning maqsadga yo‘naltirilganligi va predmetiga qarab:
-
kompleks nazorat — moliyaviy nazorat obyektining muayyan davr uchun 
moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining barcha yo‘nalishlarini nazorat qilish; 
-
Bobli nazorat — moliyaviy nazorat obyektining muayyan davr uchun ayrim 
masalalar bo‘yicha faoliyatini nazorat qilish; 
-
muqobil nazorat — operatsiyalar yagonaligi bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan va 
turli moliyaviy nazorat obyektlarida turgan hujjatlarni solishtirishni o‘z ichiga olgan 
tekshirish.

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish