18-MAVZU. ESTETIKANING ZAMONAVIY MUAMMOLARI
272
bilan; - isrofgarchilikka, dabdababozlikka yo'l qo'ymagan holda urf-odatlar, an'analar,
marosimlar, tantanali shodiyonalarni tartibli, chiroyli o'tishini ta'minlashi va hokazo shu kabilar
bilan inson estetika tafakkurini shakllantirishda birlamchi maskan bo'lib hisoblanadi.
Tabiat -
estetik tarbiyaning zaruriy vositasi.
Shuni maxsus ta'kidlash kerakki,
zamonaviy inson
tarbiyasini estetik jihatdan kamol toptirishda oila qanchalik ustuvor omil bo'lib hisoblansa, bu
jarayonda tabiat ham undan kam ahamiyat kasb etmaydi. Chunki tabiat bilan ongli tarzda murosa
qilmaslik shaxsni nafosatli jihatdan mukammal bo'lib yetishishiga monelik ko'rsatadi. Shuning
uchun inson va tabiat o'rtasidagi munosabat inqiroz va halokat yoqasiga kelib qolgan hozirgi
vaqtda bu muammoni chetlab o'tish maqsadga muvofiq bo'lmaydi. Ma'lumki, inson o'zining
ma'naviy va moddiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida azaldan tabiat
bilan hamkorlik qilib
kelgan. Tabiatdagi go'zalliklardan bahramand bo'lishlari barobarida uni nafosatli tarzda
o'zlashtirishga, inchunun, mavjud hunukliklarni bartaraf qilishga harakat qiladi. Biroq, keyingi
bir necha o'n yillik jahon maamlakatlarining atrof muhit sohasidagi harakatlarini tanqidiy taxlil
etish davri bo'ldi. Sanoatlashtirish inqilobi inson bilan tabiat o'rtasidagi munosabatni abadul abad
buzib qo'yganini insonicht tobora anglab bormoqda. XXI asr o'rtalariga
kelib inson faoliyati
yerdagi yashash imkoniyatlarining asosiy shartlarini buzib yuborishi xavfi yana ham aniqroq
namoyon bo'lmoqda. Bugunga kelib eng jiddiy o'zgarish yer atmosferasida yuz berayotganligi
barchamizga ayon. Bu ayniqsa, karbonat angidrid va azot okisi singari “parnik” gazlariga
taalluqlidir... Bu xolning insoniyatga qanday ta'sir ko'rsatishini
ilgaridan aytib berish qiyin,
chunki global iqlim g'oyatda murakkab tizimdir. Masalan, yuz minglab yillar barqaror bo'lib
kelgan va millionlab odamlarning taqdirini xal etgan shamollar – yo'nalishini, yog'inlar
miqdorini o'zgartirish mumkin. Balki orollar va past qirg'oq hududlarida yashovchilarga havf–
hatar tug'dirib dengizlardagi suvning sathi ko'tarilishi mumkin. Aholi haddan tashqarii ko'payib
ketgan va borgan sari kuchliroq tazyiq sezayotgan sayyoramizning aslida busiz ham muammolari
bor, Ushbu qo'shimcha ta'sirlar ochlik va boshqa halokatlarni keltirib chiqarishi mumkinligi
esdan chiqarmaslik kerak. Afsuski, aksariyat xollarda shaxsning tabiat bilan bo'ladigan
munosabati estetik jihatdan to'g'ri yo'lga qo'yilmaganligi hamda uning estetik «no'noqligi» bois
ular o'rtasida katta bo'shliq yuzaga keldi; bu bo'shliq insoniyat boshiga misli ko'rilmagan
talofotlarni solishi mumkin. Ushbu muammoni bartaraf etish pirovardida inson ehtiyoji uchun
zarur bo'lgan ko'plab tabiiy–moddiy
boyliklarni tejab qolishga, atrof–muhit musaffoligini
ta'minlashga, o'simlik va hayvonot olamini asrab qolishga va eng asosiysi inson genofondining
yo'q bo'lib ketish havfining oldini oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: