13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI
190
qo‘shni davlatga ko‘z olaytirmaydi, urush bo‘lmaydi. Xullas, donishmand ibtidoiy davrlarni
ideallashtiradi.
Xulosa qilib aytadigan bulsak, daochilik axloqshunosligidagi asosiy maqcad- odamlarning tabiat
ko‘rsatgan yo‘ldan borishiga erishish; tamoyili-faoliyatsizliq xalqning baxti - uning urug‘chilik,
qabilachilik munosabatlaridagi tenglik va soddalikka qaytishda donishmandlarning baxti esa
mo‘tadilliq xotirjamlik, tabiatga yaqinlikdadir.
Daochilikning asosiy raqibi hicoblanmish konfutsiychilik esa qora xalqsan nodonligi uchun
jirkanadi, uni axloqiy xayotra nomunosib deb biladi. Zero, konfysiychi.likninr axloqiy ideali
szyun-szi himmatli jo‘mard. Uning yuksak fazilatlari - fidoyilik, sofdillik, sadoqat, adolat. U
muomala bobida muloyim, yuksak martabalilarga ho‘rmat bilan mo‘rojaat qiladi, xalqqa
nisbatan esa himmatli, adolatli munosabatda buladi:
Konfutsiy ta’limotida asosiy axloqiy qonun, asosiy. axloqiy tushuncha-jen (insoniylik).“Lun
yuy” ( “Hikmatlar”) kitobida shunday deyiladi; “Kimki chin dildan insonni sevishga intilsa, u
yovuzlik qilmaydi”. “Uzingga ep ko‘rmagan napsani o‘zgaga munosib ko‘rma, shunda davlatda
xam, oilada xam o‘zinga nisbatan yovlik his qilmaysan”.Demak, jen - xam jamiyat, xam oila
a’zolapi orasidagi munosabatlarni belgilaydigan axloqiy tamoyil. U bilan “syao” - ota-onani,
kattalarni xo‘rmat qilish, “li” - o‘rf-odat, marosimlarni e’zozlash tushunchalari mustaxkam
bog‘liq. Ayni paytda “li” tushunchasining ma’nosi ancha keng, u davlatga bo‘lgan munosabatni
ham o‘z ichiga oladi. Xoqon (imperator) - Osmon o‘g‘li, u Osmon ostidagilarning barchasiga
ota. Osmon ostidagi tartib-qoida esa kuyidagicha: “Podsho-podsho, ota-ota, mulozim-mulozim,
o‘g‘il-o‘g‘il bo‘lishi kerak”
Qadimgi Sharq axloqshunosligi erishgan yutuqlar shunchaki tarix bulib qolmadi. Ularni
uzlashtirish natijasida, Sharq bilan yaqin aloqa qilish uchun jug‘rofiy qulayliklarga ega bo‘lan
Qadimgi Yunonistonning polislarida (shaxardavlatlarida) axloqshunoslik yangi bosqichga
ko‘tarildi. Keyinchalik qadimgi Sharqda ilgari so‘rilgan g‘oyalar, qo‘llangan tushunchalar,
nazariy-amaliy tajriba bilvosita bugun Ovro‘po uchun ham ahamiyat kasb etdi. Chunonchi,
Mashho‘r afsonaviy donishmand Pifagor misrlik va eronlik allomalardan talim oldi. U
zardyshtiylik dini xaqida fikr yuritar ekan, Axo‘ra-Mazdani “Ularning xudosi Oramazdaning
qalbi xaqiqatdan, vujudi no‘rdan iborat”, deb tariflaydi. Shuningdek, Suqrot, Aflotun, Arastu
singari Qadimgi Yunon allomalari xam qadimgi Sharqdagi falsafiy-axloqiy ta’limotlardan keng
foydalanganlar.Masalan, ruxning ko‘chib o‘tishi borasidagi Aflotun nazariyasining falsafiy va
axloqiy asoslari Qadimgi Hindiston falsafasiga borib taqaladi.
Qadimgi Yunon axloqshunosligi xaqida gap ketar ekan, asosan, to‘rt buyuk faylasufning nomini
tilga olish odat bulib qolgan; Suqrot, Aflotun, Arastu, Epikur. Lekin, aslida, ulargacha xam
Qadimgi Yunonistonda axloqshunoslik borasida ancha-muncha ishlar qilingan. Chunonchi,
Demokrit, Pifagor, Gippiy, Gorgiy singari sofistlar (donishmandlar) oqimiga mansub
faylasuflarning qarashlari diqqatga sazovor. Misol tariqasida Demokritning (taxminan miloddan
avvalgi 450-370 yillar) qarashlarini olib ko‘raylik, u donishmandlikni eng yuksak fazilat, aqlni
esa axloqiy xatti-xarakatning mezoni deb biladi va donishmandni axloqli, nodonni axloqsiz
odam sifatida tariflaydi. Demokritning fikriga ko‘ra, inson uchun xayotdagi birinchi ustoz
Do'stlaringiz bilan baham: |