10-MAVZU. MANTIQ ILMINING PREDMETI, ASOSIY QONUNLARI.
TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA
144
oshirish maqsadida xatoga yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan barcha hollarda aklni
to‘g‘rilab turadi”.
Mantiq ilmining ta’lim sohasidagi vazifalari ham jiddiydir. O‘quv jarayonining
samaradorligi ma’lum bir darajada ishlatiladigan tushunchalarning, terminlarning
aniq bo‘lishiga, muammolarning mantiqan to‘g‘ri qo‘yilishi va hal qilinishiga,
mavjud gipotezalar strukturasini to‘g‘ri tahlil qila olishga, argumentlash
qoidalaridan to‘g‘ri foydalanishga bog‘liq.
Fan uchun formal mantiq murakkab muammolarni echish vositasini beradi.
Bunday vositalar, odatda, ilmiy nazariyaning strukturasini o‘rganishda, unda
ishlatiladigan formalizmning mohiyatini tushuntirib berishda, formal ziddiyatlar
bo‘lsa, ularni aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
Zamonamiz fanlarining barchasiga inson qadr – qimmati, uning axloqi,
madaniyati nuqtai nazaridan qarash kerak. Mantiq fani ham bundan istisno emas.
Inson muammosining xal qilinishi, uning turmush tarzi, moddiy, ma’naviy, axloqiy
nuqtai nazardan takomillashishiga bog‘liq.
Insoniylik muammosini hal qilishda mantiq ilmi, ma’naviy madaniyatning tarkibiy
qismi sifatida, alohida ahamiyat kasb etadi. Chunonchi, hozirgi zamon fanida
yuksak kashfiyotlar, ijtimoiy hayotda murakkab munosabatlar yuz bermoqda,
bularni tahlil qilish uchun esa mantiqiy fikrlash madaniyati kerak. Fan yordamida
inson faoliyati rivojlandi, uning oyoq, qo‘li va boshqa organlarining o‘rnini
bosadigan mashinalar paydo bo‘ldi. Mantiq ilmini tadbiq etish natijasida inson
intellektini rejalashtiruvchi «aqliy mashina» lar vujudga keldi, binobarin, sun’iy
aql vujudga kelmoqda.
Bularning barchasi insonning aqliy va jismoniy mehnatini bajaradigan mashina
yaratishning chegarasi bormi? Agar chegarasi bo‘lmasa, insonning o‘zi kelajakda
qanday axvolga tushib qoladi ?, kabi savollarni keltirib chiqarmoqda va ularga
javob berishni taqozo etadi. Bu hozirgi davrda hal qilinishi zarur bo‘lgan dolzarb
muammolardan biridir. Shuning uchun har qanday fan, shu jumladan mantiq ilmi,
inson hayotining tabiiy va ijtimoiy tomonlarini mutanosib saqlash va
takomillashtirishga alohida ahamiyat berishi kerak.
Mantiq fanining ilmiy ishonch – e’tiqodning shakllanishida tutgan o‘rni
Faktlar va boshqa dalillarga tayanib yuritiladigan fikr yuksak ishontirish kuchiga
ega bo‘ladi, kishilarda ishonch-e’tikodni mustahkamlaydi. Bilishning maqsadi
ilmiy asosga ega bo‘lgan e’tiqodni yaratishdan iborat. Ana shuning uchun ham
yoshlarda ilmiy asosga ega ishonch-e’tiqodni yaratish muhim ahamiyat kasb
etadi.Argumentlash ishonch-e’tiqodni shakllantirish vositasidir. Ishonch-e’tiqod
esa, insonning komillik mezonlaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Ishonch –e’tiqod- bu kishillarning xulq-atvori va hatti –harakatini belgilab
beradigan qarashlari va tasavvurlaridir.
Vatanimizning gullab-yashnashi, barqaror rivojlanishi ma’lum bir darajada
yoshlarning chuqur bilimga, mustahkam ishonch-e’tiqodga va, umuman, komil
inson bo‘lishlariga bog‘liq. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi birinchi
Prezidenti I. A. Karimov shunday deb ta’kidlagan: «Komil inson deganda biz,
Do'stlaringiz bilan baham: |