2-jadval
Jahon banki vakillarining ta’kidlashicha, raqamli iqtisodiyot o‘zi bilan birga
iqtisodiyotning 50 foizdan ko‘proq sohalarini o‘zgartirishga olib keladi. Axborot
texnologiyalari va platformalar yaratilishi biznes yuritish modellarini keskin
o‘zgartiradi. Shuningdek, ko‘plab mamlakatlarda yuqori tezlikdagi internetni 10
foizga oshirish YaIMning 0,4 foizdan 1,4 foizgacha oshishiga olib kelgan. 2010yilda
Boston Consulting Group kompaniyasi o‘tkazgan tadqiqotlarga ko‘ra, G20
mamlakatlarida raqamlashtirish 2,3 trln. dollar deb baholandi. Bu esa jahon
YaIMning 4,1 foizini tashkil etgan. Kompaniya tomonidan berilgan ilmiy
bashoratlarga ko‘ra, yaqin 10-15 yil ichida bu ko‘rsatkich 30-40 foizni tashkil etishi
kerak.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda AKT sohasida bandlar umumiy bandlikning
atigi 1 foizni tashkil etadi, taqqoslash o‘rnida shuni aytish mumkinki, rivojlangan
mamlakatlar yuqori texnologiyali ish sharoitida faoliyat ko‘rsatuvchilar 4,9%
ekanligi ma’lum. Bu iqtisodiyotni raqamlashtirish natijasida vujudga keladigan
jarayon hisoblanadi.
Ba’zi holatlarda raqamli iqtisodiyotning iqtisodiy ahamiyatini belgilash
elektron xizmatlar va ma’lumotlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish orqali belgilanadi.
Albatta, bu holat joriy etilgan elektron xizmatlar an’anaviy holatdagidan ko‘ra
qancha miqdorda tranzaksiya xarajatlarni qisqartirishi orqali belgilash mumkin.
Ammo ko‘pgina iqtisodchilar aynan AKT sohasiga kiritilgan investitsiyalar orqali
ularning iqtisodiy mohiyatini baholaydilar.
Yangi iqtisodiy texnologiyalar (YaIT) deganda, iqtisodiy agentlar va ishlab
chiqaruvchilar o‘rtasida minimal darajada tranzaksiya xarajatlarini ta’minlovchi va
mahsulot yoki xizmat yaratilishi jarayonida foydalaniladigan ma’lumotlani yaratish,
uzatish, saqlash uchun zaruriy texnologiyalar hamda platformalarning umumiy
tushunchasi aytiladi.
YaITning asosiy tamoyillari quyidagicha:
— mutlaqo yangicha biznes modellarini ishlab chiqish;
— iqtisodiyotning real sektorida tashkiliy-texnologik jarayonlarni va ularing
uslublari va turli axborot kanallarini birlashtirish;
— ishlab chiqarishda moddiy resurslar sarfini hamda tranzaksiya xarajatlarini
qisqartirish.
Yaqin iqtisodiy tarixga nazar tashlasak, ishlab chiqarishda savdo va moliyaviy
texnologiyalar o‘z samarasini ko‘rsatgan bo‘lsa, zamonaviy iqtisodiy rivojlanish
YaITga tayanishi tabiiy holatdir.
Ta’kidlab o‘tganimizdek, axborot oqimi oshishi natijasida uni saqlash, qayta
ishlash va uzatish bir tomondan ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida yangi
texnologiyalarni joriy etishni talab etsa, boshqa tomondan olingan ma’lumotlar
tahlili natijasida boshqaruv qarorlarini qabul qilish hamda aholi va davlat organlari
bilan “ko‘prik” vazifasini bajarishi shartlarini amalga oshirish kerak.
Raqamli iqtisodiyotga o‘tishning asosiy omillari sifatida quyidagilarni sanab
o‘tish mumkin:
— elektron hukumat tizimlarini amalga oshirish;
— barcha xizmatlar raqamlashtirilgan “Smart City” loyihasini amalga
oshirish;
— biznes inkubatorlar va kovorking faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
— milliy internet savdo maydonlarini kengaytirish;
— AKT loyihalarini amalga oshirishda venchur moliyalashtirish tizimiga
keng yo‘l ochish.
Sanab o‘tilgan omillar raqamli qitisodiyotda korxonalar faoliyat yuritishi
uchun imkoniyatlar yaratadi. Jumladan, ishlab chiqarishda boshqaruv xarajatlarini
qisqartirish, tovar va xizmatlarni elektron savdo maydonlari orqali sotish, raqobatni
qo‘llashda innovatsiyalarga suyanish va uni venchur moliyalashtirish hamda aholiga
piar qilishni nazarda tutadi.
Raqamli iqtisodiyotda biznes vakillarining zamonaviy muammolari nisbatan
arzon, tezkor, qulay va yetkazib beruvchilarsiz o‘z yechimini topishi mumkin. Misol
uchun, taksi buyurtma qilishda Uber, elektron savdo makonlari e-Buy, internet
banklar va boshqalar orqali. Keltirilgan misollar marketingda tovarlarni yetkazib
berishda dillerlar faoliyatini avtomatlashgan tizimlar (veb saytlar yoki mobil
ilovalar) orqali o‘rni to‘ldiriladi. Natijada yetkazib beruvchilar tomonidan tovar
tannarxiga qo‘shiladigan va ishlab chiqaruvchi tomonidan nazorat qilish mushkul
bo‘lgan qo‘shilgan qiymat yoki tranzaksiya xarajatlarining bir qismi o‘z-o‘zidan
qisqarib ketadi.
O‘zbekistonda ham raqamli iqtisodiyotni shakllantirishning normativhuquqiy
bazasini mustahkamlash yo‘lida muhim qadamlar qo‘yilmoqda. Xususan,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3- iyuldagi “O‘zbekiston
Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ-3832-sonli qarori qabul qilinib, unga muvofiq raqamli iqtisodiyotni joriy etish
va rivojlantirish sohasidagi vakolatli organ belgilandi, kripto-aktivlar aylanmasi va
uni tartibga solish masalalariga aniqlik kiritildi.
2018-2020 yillar uchun qabul qilinadigan «Blokcheyn» texnologiyalarini
rivojlantirish dasturida kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni, jumladan
mazkur faoliyatni tashkil etishning huquqiy asoslarini yaratish orqali joriy etish va
rivojlantirish, bunda kripto-aktivlarni mahalliy va xalqaro kripto-birjalarda
realizatsiya qilish imkoniyatini nazarda tutish, 2021-yil 1-yanvardan boshlab
«blokcheyn» texnologiyalarini davlat organlari faoliyatiga, jumladan, boshqa davlat
organlari va tashkilotlari bilan hamkorlik qilishda, davlat xaridlarini amalga
oshirishda, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
verifikatsiyalashda tatbiq etish, ustav fondida davlatning ishtiroki ustuvor bo‘lgan
yirik tijorat tashkilotlarining korporativ boshqaruvi tizimiga, jumladan,
biznesjarayonlarni takomillashtirish, ishlab chiqarish, ma’muriy va operatsion
jarayonlarni maqbullashtirish, shuningdek, zamonaviy menejmentni tatbiq etish va
resurslarni boshqarish uchun tatbiq etish ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston raqamli iqtisodiyotini rivojlantirish – raqobatbardoshlik va milliy
taraqqiyot, yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarish va aholining turmush
farovonligi uchun raqamli texnologiyalarni qo‘llagan holda mahalliy sanoat
sektorlari orasida mahsulotlar va xizmatlar sohasining sanoat, hayot, biznes va
jamiyat o‘rtasida iste’molchilarni rag‘batlantirish, motivatsiya, talab va ehtiyojlarini
shakllantirishdan iborat.
Internet ashyolari IoT, Internet of Things) - bu avtomatlashtirilgan rejimda
masofadan boshqarish va boshqarish imkoniyatiga ega, ma'lumotlarni yig'ish va
almashish uchun ichki sensorlar va dasturiy ta'minotga ega bo'lgan yagona
kompyuter tarmoqlari va ulangan jismoniy ob'ektlar (narsalar) tizimi,inson
aralashuvisiz.
6.2-rasm.
Sanoat Interneti IIoT (Industrial IoT) bu kontekstda "Internet of
Things".
Sanoat buyumlari interneti yetkazib beruvchi va iste'molchi o'zaro
munosabatlarining butun iqtisodiy modelini tubdan o'zgartiradi. Bu quyidagilarga
imkon beradi: asbob-uskunalarning hayot aylanishini kuzatish va boshqarish
jarayonini
avtomatlashtirish; yetkazib beruvchi korxonalardan yakuniy iste'molchilarga qadar
samarali o'zini
o'zi optimallashtirish zanjirlarini tashkil etish;
"birgalikda iqtisod" modellariga o'tish va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |