Ijtimoiy siyosat


Konservativ iqtisodiy siyosat (1970–1997-yy.)



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/142
Sana22.06.2022
Hajmi2,77 Mb.
#693798
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   142
Bog'liq
Ижтимоий сиёсат

Konservativ iqtisodiy siyosat (1970–1997-yy.).
61
1970-yilga kelib 
iqtisodiy turg‗unlikka erishildi va Keyns ta‘limotiga asoslangan 
konsensus siyosati tanqid qilina boshlandi. 1979-yilda Tetcherning 
iqtisodiy siyosati davlat xarajatlarini qisqartirish va inflyatsiya darajasini 
jilovlashga yo‗naltirildi. Natijada davlatning iqtisodiyotga aralashuvini 
keskin kamaytirish zarurati tug‗ildi va iqtisodiy siyosatni amalga 
oshirishning yangi mexanizmi vujudga kela boshladi. 
1980-yilda iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda monetarizm 
g‗oyalari qo‗llanildi va asosiy e‘tibor mamlakatda pul massasini 
boshqarishga emas, balki davlatning iqtisodiyotga aralashuvini 
qisqartirish, davlat xarajatlarini kamaytirish va inflyatsiya darajasini 
boshqarishga qaratildi.
Amalda konservativ siyosatning qo‗llanilishidan maqsad davlatning 
ijtimoiy 
sohaga 
yo‗naltirilayotgan 
xarajatlarini 
qisqartirishga 
yo‗naltirilganligidan qat‘iy nazar umumjamiyat farovonligini ta‘minlash 
bo‗ldi. Ushbu vaziyatda ijtimoiy va iqtisodiy siyosatning aralash holda 
61
Social policy. P. 156-157 


125 
qo‗llanilishi ko‗zga tashlandi, ya‘ni iqtisodiy dastaklar orqali aholi 
turmush darajasini oshirishga e‘tibor qaratildi. 
Yangi mehnat siyosati (1997–2010-yy.).
62
1997-yilga kelib 
leyboristlar partiyasi tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni olib borishda 
soliq tizimi faoliyati yetakchi o‗ringa qo‗yildi. Bunda soliq tizimi orqali 
daromadlarni qayta taqsimlash siyosati amalga oshirildi. Ijtimoiy 
ta‘minot tizimi faoliyati bevosita soliq mexanizmi bilan uzviylashtirildi. 
Ijtimoiy ta‘minot dasturlari (ishsizlik, pensiya va shu turdagi boshqa 
nafaqalarini olish) mehnat staji davri bilan o‗zaro bog‗landi. Shu bilan 
bir qatorda mehnatkashning iqtisodiy faoliyati davrida ijtimoiy sug‗urta 
to‗lovlarini to‗lashlari talab etildi. Ushbu holat o‗z navbatida ijtimoiy va 
iqtisodiy siyosatlarni o‗zaro qo‗llashdagi yangicha yondashuvning 
vujudga kelishiga sabab bo‗ldi.
2008-yilda boshlangan jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida 
jamiyatda ishsizlar sonining ortib ketishi natijasida ijtimoiy sug‗urta 
fondlari va davlatning ijtimoiy soha harajatlarining (ishsizlar soni ortib 
ketishi sababli ishsizlik nafaqalari hajmining ortishi bilan bog‗liq 
ravishda) o‗sishi kuzatildi. Natijada davlat byudjeti defitsiti vujudga kela 
boshladi va 2010-yilga kelib davlatning ijtimoiy sohaga yo‗naltirilgan 
xarajatlarini qisqartirish zarurati tug‗ildi. 

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish