O„zbekistonda nogironlik pensiyasi oluvchilar
soni va pensiyalar miqdori
208
2014-y. 2015-y. 2016-y. 2017-y. 2018-y.
Jami pensiya va ijtimoiy nafaqa
oluvchilar (ming kishi)
3 119.5 3 203.9 3 324.2 3 488.9 3 562.6
Nogironlik bo‗yicha pensiya
oluvchilar (ming kishi)
380.5
367.7
360.6
368.5
375.8
Nogironlik bo‗yicha pensiya
miqdori (ming so‗m)
379.0
414.6
473.7
536.7
623.1
206
Доклад о социальной защите в мире 2014/15. с. 86.
207
ВОЗ и Всемирный банк, 2011
208
Oʻzbekistonda ijtimoiy rivojlanish va turmush darajasi. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi.
Toshkent - 2018. 75-76 betlar.
255
Jahonda nogironlarning daromadlarini kafolatlashga qaratilgan
nafaqalar mavjud. 1948-yilda qabul qilingan Inson huquqlarini himoya
qilishning umumjahon deklaratsiyasi va 1966-yilda nogironlarni
iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni himoya qiluvchi BMTning
konvensiyasi qabul qilingan
209
.
XMTning 1967-yilda yoshga doir, nogironlik va boquvchisini
yo‗qotganlik bo‗yicha nafaqalari to‗g‗risida konvensiyasi qabul qilingan
va xalqaro tashkilotlarning huquqiy-me‘yoriy hujjatlari asosida tartibga
solib turiladi. Ushbu holat esa mamlakatimizda nogironlarni ijtimoiy
himoya qilish borasida olib borilgan chora-tadbirlarning o‗z vaqtida va
manzilli olib borilayotganidan dalolat beradi.
Aholini ijtimoiy himoya qilish dasturlarining guruhlanishini
quyidagi chizma orqali ko‗rishimiz mumkin (8.6.1-rasm).
8.6.1-rasm. Aholini ijtimoiy himoya qilish dasturlarining
guruhlanishini
210
Ijtimoiy sohani rivojlantirishga, aholining ijtimoiy himoyalashni
choralarini ta‘minlashga davlat byudjetidan har yili barcha
mablag‗larning yarmidan ortig‗i ajratilmoqda. Shu hisobdan onalik va
bolalikni muhofaza qilish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda,
davlatdan yordam olishga muhtoj bo‗lgan oilalarga alohida e‘tibor
berildi. Kam ta‘minlangan oilalarga nafaqalar to‗lanmoqda.
O‗zbekiston hukumati o‗z zimmasiga mamlakatimizda aholi
tarkibida kam ta‘minlangan qatlam miqdorini kamaytirish va jamiyatimiz
hayotida
insonparvarlik
tamoyillarining
yanada
rivojlanishiga
209
ВДПЧ, Ст. 25 (1); МПЭСКП, Ст. 9, 11, 12; КПЛОВ, Ст. 25, 28.
210
Chizma muallif tomonidan turli manbalar asosida tuzilgan.
Ijtimoiy
himoya
dasturlari
Nofaol
ijtimoiy
dasturlar
Faol ijtimoiy
dasturlar
Pul ko‘rinishidagi ijtimoiy yordam
Natura shaklidagi ijtimoiy yordam
Imtiyozlar
256
ko‗maklashish maqsadida Ming yillik rivojlanish maqsadlari doirasida
ma‘lum bir majburiyatlarni o‗z zimmasiga olgan. Xalqaro hamjamiyat,
jumladan, BMTning turli tarkibiy tuzilmalari bu borada moliyaviy
yordam berish va mamlakatimizdagi davlat va nodavlat tashkilotlar bilan
hamkorlik qilish orqali ko‗maklashishga hozir. Mamlakatimizda aholini
samarali himoya qilishga yo‗naltirilgan maqsadli chora-tadbirlar hamda
barqaror iqtisodiy o‗sish va bandlik sur‘atlari aholi farovonligini
oshirishni ta‘minlamoqda.
Iqtisodiy adabiyotlarda keltirilgan ta‘riflarga ko‗ra aholini ijtimoiy
himoya qilish tizimi – bu moddiy yordam ko‗rsatish maqsadida
aholining turli ijtimoiy-demografik va kasb guruhlari, shuningdek, davlat
uchun alohida xizmat ko‗rsatgan fuqarolarga taqdim etiladigan ijtimoiy
pensiya, nafaqa, kompensatsiya, subsidiya va imtiyozlar tizimidir.
Mamlakat iqtisodchilarning fikrlariga ko‗ra aholini manzilli
ijtimoiy himoya qilish – bu aholining, asosan, muhtoj va nochor
qatlamlarini ijtimoiy va moddiy jihatdan qo‗llab-quvvatlashga qaratilgan
tizim sifatida keltirilgan.
Fikrimizcha aholini manzilli ijtimoiy himoya qilish – bu
mamlakatning muhtoj va nochor aholi qatlamlarini ijtimoiy va moddiy
jihatdan qo‗llab-quvvatlashga qaratilgan tizimdir.
Aholini ijtimoiy himoya qilish mexanizmi deganda, me‘yoriy
hujjatlar asosida aholini ijtimoiy-iqtisodiy qo‗llab-quvvatlashni tashkil
etishda qo‗llanadigan usullar majmuasini tushunish mumkin.
O‗zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilishning mavjud barqaror
mexanizmi jamiyatning himoyaga muhtoj qatlamlari, jumladan kam
ta‘minlangan oilalar, yolg‗iz keksa-qariyalar, nogironlar, vaqtincha
ishsizlar va yordamga muhtoj aholi vakillariga ijtimoiy yordam
ko‗rsatish bilan izohlanadi. Tadqiqotlar ko‗rsatishicha, mamlakatdagi
ijtimoiy islohotlar asosini tashkil qiluvchi aholining muayyan
qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishning samarali tizimiga o‗tilishi
iqtisodiy taraqqiyotning strategik maqsadlariga mos keladi.
―Keksalarni e‘zozlash yili‖ davlat dasturiga muvofiq 100 yoshga
to‗lgan va undan oshgan shaxslarga munosib e‘tibor qaratish,
pensionerlar, 1941–1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini
manzilli ijtimoiy himoya qilish va moddiy qo‗llab quvvatlashni
kuchaytirish maqsadida 100 yoshga to‗lgan va undan oshgan fuqarolar
pensiyasiga 2015-yilning 1-mayidan boshlab eng kam ish haqining
100%i miqdorida qo‗shimcha to‗lovlar to‗lana boshlandi. O‗zgalar
parvarishiga muhtoj bo‗lgan yolg‗iz keksalar va nogironlarni asosiy
257
oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyenik mahsulotlar bilan bepul ta‘minlash
bo‗yicha Nizom tasdiqlandi va tovarlar tarkibi 15taga yetkazildi. Yolg‗iz
yashayotgan keksa va nogiron kishilar turmushini baholash, o‗zgalar
parvarishiga muhtoj bo‗lgan yolg‗iz keksalar va nogironlar uchun yakka
tartibdagi dasturlar shakllari tasdiqlandi.
8.6.2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |