22
muddatini belgilash (kamida 10 kunda 1 marta).
3.
Davolovchi vrach bilan birgalikda
bemorlarga statsionarlarda
bemorlarni parvarish qilish muddatiga kasallik varaqalarini
(ma’lumotnomalarini) berish.
4.
Mehnat qobiliyatini aniqlash qiyin bo‘lganda hamda turg‘un mehnat
qobiliyatini yo‘qotganda bemorlarga maslahat berish va VKK raisi bilan
birgalikda TMEKga yuborish masalasini hal qilish.
5.
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlikni ekspertiza
qilishdagi vrachlarning
faoliyatini tahlil etish.
6.
Vrachlik mehnat ekspertizasi bo‘yicha vrachlarning malakasini oshirish
chora-tadbirlarida ishtirok etish, ishning yangi shakllarini tadbik etish.
7.
Xizmat ko‘rsatilayotgan kontingent o‘rtasida kasallanish va nogironlikni
davolash, oldini olish va kamaytirish, ularni reabilitatsiya
qilish masalalari
bo‘yicha davolovchi vrachlarga amaliy yordam ko‘rsatish, ushbu masalalar
yuzasidan tashkiliy-uslubiy rahbarlikni olib borish.
8.
Mutaxassislik bo‘yicha bo‘limlar bo‘lmasa, ko‘rsatilgan funksiyalar VKK
raisiga yuklatiladi.
Bosh vrach muovinining vazifalari
1.
Ushbu yo‘riqnomaga asosan mehnat qobiliyatini ekspertiza qilish
ishlarini tashkil etish.
2.
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlikni ekspertiza qilish masalalari bo‘yicha
amaldagi me’yoriy hujjatlarni barcha vrachlar tomonidan o‘z
vaqtida
o‘rganishini ta’minlash.
3.
Mehnat qobiliyatini aniqlash qiyin bo‘lgan bemorlar yuzasidan maslahat
berish va kasallik varaqalari yoki ma’lumotnomalarini berish va
rasmiylashtirish bo‘yicha fuqarolarning shikoyatlarini ko‘rib chiqish.
4.
Ambulator kartalarni o‘rganish yo‘li orqali, zarurat bo‘lganda shaxsan
bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazib kasallik varaqalarining
berilishini asosli
ekanligini tanlab tekshirishni doimiy o‘tkazib terish.
23
5.Alohida bo‘limlar bo‘yicha, alohida kasalliklar bo‘yicha vaqtincha
mehnatga layoqatsizlik bilan bog‘liq kasallanishlarni tahlil etishni tashkil
etish, bo‘lim ichida esa vrachlik konferensiyalarida yo‘l qo‘yilgan ekspert
xatoliklarni har bil vrach bo‘yicha muhokama qilish.
6.
Bemorlarga tashxis qo‘yish va davolash sifatini
yaxshilash hisobiga
vaqtincha mehnatga layoqatsizlik muddatlarini iloji boricha
qisqartirish choralarini ko‘rish.
7.
Ish davomida tegishli TMEK bilan doimiy muloqotni ta’minlash, VKK va
TMEK ekspert xulosalaridagi mos kelmaslikni hisobga olish va
tahlil
etish ishlarini tashkil etish, hamkorlikda tashkil etilgan
konferensiyalarda xatolarni muhokama etish (1 yilda 2 martadan kam emas).
8.
Nogironlikni dispanserizatsiya
qilishni, nogironlik holatini tahlil etishni,
reabilitatsiya qilishni, shaxsiy reabilitatsiya dasturlarining o‘tkazilishini
ta’minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: