6.2-rasm. Qattiq jismlarning issiqlik xossalari
Izolyatsiyaning joiz ish harorati jismning qisqa yoki uzoq muddatli qizishga
chidamliligini tekshirish orqali aniqlanadi. Dielektrikning qizishi mobaynida unda
kimyoviy o’zgarish sodir bo’ladi. Bu holat izolyatsiya materialining issiqlik
ta’sirida eskirishi deyiladi. Bunday eskirish sellyuloza va loklangan jismning
qattiqligi va mo’rtligi ortishi yoki jism yuzasida yoriqlar paydo bo’lishi bilan
belgilanadi. Dielektrikning issiqlik ta’sirida eskirishi uning ilk bor tayyorlangan
holatiga nisbatan o’zgarishiga qarab aniqlanadi. Jismning eskirish muddati (
)
harorat bilan quyidagicha bog’langan:
(6.3)
bunda:
A, B
– berilgan materialning issiqlik ta’sirida eskirishiga taalluqli
o’zgarmas koeffitsientlar. Issiqlik ta’siridagi eskirish UB (ultrabinafsha) nurlari,
elektr maydoni, mexanik kuchlanish va boshqa ta’sirlar ostida tezlashadi. Elektr
mashina va arrapatlarining quvvatini o’zgartirmagan
holda dielektrikning
issiqlikka chidamliligini oshirish orqali ularning hajmi va narxini birmuncha
kamaytirish mumkin. Bu samolyotsozlik va raketasozlikda, elektr dvigateli,
transformator
va boshqa ixcham, qulay asbob-uskunalar tayyorlahsda juda qo’l
keladi.
GOST 8865-70 va Xalqaro elektr texnika komissiyasi ko’rsatmalariga
asosan, normal sharoitda ishlaydigan elektr mashina va apparatlari izolyatsiya
materiallarining joiz ish haroratlari issiqqa chidamlilik bo’yicha bir necha sinfga
bo’linadi:
6.1-jadval
Ochiq sharoitda ishlatiladigan izolyatsiya materialining sovuqqa chidamliligi
ham katta ahamiyatga ega. Past haroratlarda, odatda, izolyatsiya materiallari o’z
dielektriklik xususiyatlarini yaxshilaydi. Normal sharoitda
elastik va egiluvchan
bo’lgan materiallar past haroratlarda (-30
-50
C) qattiq va mo’rt bo’lib qoladi. Bu
esa kuchlanish ta’siri ostida bo’lgan materialning sinishi (yemirilishi) va
uskunaning ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.
Jismning issiqlik o’tkazuvchanligi issiqlik tarqalishining bir turidir.
Dielektrik izolyatsiyasidagi issiqlik uning qizigan qismidan sovuqroq qismiga yoki
tashqi muhitga tarqaladi. Dielektrikning issiqlik o’tkazuvchanligi izolyatsiyaning
issiqlikdan teshilishiga va harorat zarbiga nisbatan chidamliligiga ta’sir ko’rsatadi.
Jismning
S yuzasidan o’tuvchi issiqlik oqimining quvvati Fure tenglamasiga
asosan quyidagicha bo’ladi:
(6.4)
bunda:
- harorat gradienti,
C/m ;
u
– jismning issiqlik o’tkazish
koeffitsienti,Vt/Mk
6.3-rasm. Dielektriklarning issiqlik o’tkazuvchanligi
Dielektriklarda
u
qiymati metal materiallariga nisbatan ancha pastdir 6.3-
rasm). G’ovak va bo’shliqlari ko’p bo’lgan dielektriklarda issiqlik o’tkazish
koeffitsienti eng kichik qiymatga ega bo’lib, ular shimdiriluvchi modda bilan
to’latilgan holatda mazkur kattalik qiymati o’sadi (3-jadval).
Kristall
dielektriklarda
u
qiymati amorf dielektriklardagiga nisbatan katta bo’ladi.
Dielektriklarning issiqlikdan kengayishi boshqa materiallar kabi, chiziqli
kengayishning harorat koeffitsienti orqali aniqlanadi:
(6.5)
6.3-jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: