1.3 Avtomatik rostlash sistemalarining Klassifikatsiyasi.
Mashinalar va tirik organizmlarda ketadigan yoki inson bajaradigan har
qanday maqsadga yo’naltirilgan jarayon tashkiliy operatsiyalar yig’indisidan iborat
bo’lib, uni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin: ishchi operatsiyalar va
boshqaruv operatsiyalar.
Ishchi operatsiyalar – bu bevosita tabiatdan va qonuniyatdan kelib chiqqan
holda jarayon ketishini aniqlaydigan harakatdir. Masalan, tokarlik dastgohida
detallarga ishlov berish jarayoni shunday operatsiyalardan iborat: detalni
mahkamlash, keskichni uzatish,qirindilarni tushirib olish va boshqalar.
Jarayonda maqsadga erishish uchun ishchi operatsiyalar tashkil etilishi va
boshqa turdagi harakatga, ya’ni boshqaruv harakati zarur. SHuningdek tokarlik
dastgohida detalga ishlov berish jarayonida shunday boshqaruv operatsiyalari
bajariladi: dastgohni o’z vaqtida ishga tushirish va o’chirish, berilgan aylanishlar
sonini ushlab turish, tezlikni maqsadga muvofiq o’zgartirish, qirqish moslamasi
yo’nalishini o’zgartirish va boshqarish.
Boshqaruv operatsiyalarining majmuasi boshqaruv jarayonini tashkil etadi.
Boshqaruv jarayoni bajarilayotgan tizim boshqaruv tizimi deyiladi. Struktura
ko’rinishida har qanday boshqaruv tizimini boshqaruv ob’ektiga o’zaro bog’liq
24
bo’lgan majmua ko’rinishida tasavvur etishimiz mumkin. Ya’ni boshqariladigan
ob’ekt (boshqariladigan tizim) va boshqariladigan organ (Boshqaruvchi tizim)
(1.4-rasm). Boshqariladigan ob’ekt bo’lib alohida mexanizm, mashina, dastgoh,
agregat, ishChilar brigadasi yoki alohida ishchi sex yoki umumkorxona, ishlab
chiqarish birlashmalari yoki xalq ho’jaligi tarmog’i bo’lishi mumkin.
Boshqaruvchi organ bo’lib, brigadani boshqaruvchi brigadir, boshqaruv
tizimi hodimlari, ya’ni sex, zavod, vazirlik. Har qanday boshqaruv jarayoni
maqsadga yo’naltirilgan bo’lishi lozim. Bundan kelib chiqishicha boshqaruv
organiga boshqarish maqsadi ma’lum bo’lishi kerak, ya’ni boshqaruv ob’ektini
istalgan holatini aniqlash uchun ma’lumotga ega bo’lishi zarur.
Boshqaruv organi boshqariladigan ob’ektga shunday ta’sir esinki, uning
holati istalgancha mos tushsin. Boshqaruv ob’ekti ochiq tizim ko’rinishida bo’lib,
tashqi muhit bilan dinamik bog’liqlikka ega. Tashqi muhitni boshqaruv ob’ektiga
ta’siri amalda nazorat qilib bo’lmaydi va uning holatini bexos o’zgartirish
xarakteriga ega. Atrof muhitni boshqaruv ob’ektiga ta’siri xayajonga keltiruvchi
ta’sir deyiladi.
1.6 – rasm. Boshqaruv tizimining umumlashtirilgan strukturasi.
Avtomatikrostlash
tizimi
deganda
texnologik
jarayonning
tegishli
parametrlarini avtomatik rostlovchi priborlar, qurilmalar yordamila talab qilingan
holatda saqlab turilishini nazarda tutadi. Bunday holatda odam faqat avtomatik
rostlash tizimining to’g’ri ishlashini nazorat qiladi. Beriladigan topshiriqning
25
o’zgarishiga
ko’ra
avtomatik
rostlash
tizimlariquyidagi
guruhlarga
Klassifikatsiyalanadi.
1.
Stabillovchi avtomatik rostlash tizimlari. Bu tizimda rostlanuvchi
kattalikning qiymati doimiy bo’ladi. Bu tizimda avtomat rostlagichning vazifasi
rostlanuvchi kattalikning muayyan, mutlaqo doimiy qiymatida saqlash va
texnologik jarayonni stabillashtirishdan iborat. Bu holda texnologik me’yor
talablariga ko’ra rostlanuvchi kattalikning qiymati doimiy bo’ladi. Hozirgi paytda
stabillovchi avtomatik rostlash sistemalari juda keng tarkalgan.
2.
Dastur yordamida avtomatik rostlash tizimi. Bu tizimda oldindan ma’lum
bo’lgan qonunga ko’ra o’zgaradigan qiymatli rostlanuvchi kattalik mavjud bo’ladi.
Bu sistemada rostlanuvchi kattalikningberilgan qiymati rostlagich zadatchigi orqali
ma’lum qonun bo’yicha ishlab chiqariladi.
3.
Ko’zatuvchi avtomatik rostlash tizimi. Bu tizimda rostlanuvchi kattalikning
berilgan qiymati ihtiyoriy ravishda o’zgarayotgan kattalikning nisbatidan
aniqlansa, bu sistema ko’zatuvchi avtomatik rostlash sistemasi deyiladi. Bu
sistemaning rostlovchanlik vazifasi rostlanuvchi kattalikning hozirgi qiymati
ikkinchi, mustaqil kattalik qiymatini aniq takrorlashidan (yoki uni ko’zatishdan)
iborat.
4.
Rostlanuvchi kattalikning qiymati rostlagich tomonidan berilsa yoki optimal
satxda saqlansa, bu sistema optimal rostlash sistemasi deyiladi. Bu sistemaning
yana bir turi ekstremal avtomatik rostlash sistemasidir. Ba’zan texnologik jarayon
o’tishining optimal sharoitlarini tajriba o’tkazmasdan, avvaldan aniqlash qiyin
bo’ladi. Shunda ekstremal sistema tanlangan optimallik kriteriylariga muvofiq
ravishda sharoitlarni topish va ularni saqlash vazifasini amalga oshiradi.
5.
Harakteristikalari o’zgargan texnologik jarayonning o’tishi optimal bo’lgan
sharoitlarni topib, ularni amalga oshiruvchi sistemani moslashuvchi avtomatik
rostlash sistemasi deyiladi.
Avtomatik rostlash sistemalari uzluksiz va uzlukli (diskret) sistemalarga
bo’linadi. Uzluksiz ARS da rostlanuvchi kattalik sistema zanjiri bo’yicha uzluksiz
o’zgaradi va rostlanuvchi ob’ektga iisbatan rostlovchi miqdorning uzluksiz ta’sirini
26
hosil qiladi. Uzlukli rostlash sistemasida rostlanuvchi kattalikning uzluksiz
o’zgarishi boshqaruvchi va ijro etuvchi zvenolarga vaqti-vaqti bilan ta’sir qiladi.
Uzlukli sistemaga impulsli va pozision (rele) sistemalar kiradi. Agar
sistemaning rostlovchi ta’siri o’tayotgan vaqtning muayyan davrlarida beriladigan
bir qator impulslardan iborat bo’lsa, bu sistema impulsli rostlash sistemasi bo’ladi.
Bu sistemalarda impulslar parametrlari (amplituda, uzunlik va ishora) tengsizlik
miqdoriga bog’liq. Agar avtomatik rostlash sistemasi tarkibiga biror rele
harakatidagi element kirsa, bu sistema releli rostlash sistemasi deyiladi. Rele
elementining chiqish signali pog’onasimon bo’lib, kirish signali biror muayyan
qiymatga etganda, u bir marta qayd qilingan holatdan ikkinchisiga o’tadi. Rele
elementining chiqish signali qayd qilgan qiymatlari soniga ko’ra avtomatik
rostlash sistemasilar ikki yoki ko’p pozision bo’ladi.
Ko’pincha ob’ektlarda bir yo’la bir necha parametrlarni rostlash zaruriyati
paydo bo’ladi. Agar rostlash konturlari maxalliy bo’lib, rostlagichlar tashqi
aloqayo’llari bilan o’zaro bog’lanmagan bo’lsa, bunday sistemalar bog’lanmagan
rostlash sistemalari deyiladi. Agar rostlanuvchi miqdorlar ob’ekt ichida
bog’lanmagan bo’lsa, bunday sistemalar texnologik jarayonning sifatli o’tishini
ta’minlaydi. Agarda miqdorlar o’zaro bog’langan bo’lsa avtomatik rostlash
sistemasibog’langan bo’ladi. Bog’langan rostlash sistemalaridagi rostlagichlar
avvalgidek o’zaro bog’lanmaydi. Har qaysi maxalliy rostlash konturi boshqa
konturlarga korrelyasiyalangan ichki aloqa orqali ta’sir qilgani sababli rostlash
sifati yomonlashadi. Natijada sistema turg’unlashmagan bo’lib qolishi mumkin. Bu
holda bog’langan rostlash sistemasi qo’llaniladi.
Rostlagichlari o’zaro tashqi aloqa orqali bog’langan sistema bog’langan
rostlash sistemasi sinfiga kiradi. SHu bilan birga rostlagichlarning o’zaro ta’sirida
rostlanuvchi kattaliklar ichki bog’lanishlarining zararli ta’sirinn birmuncha
kompensasiya qilishi ham nazarda tutilgan. Eng mukammal xollarda tashqi
bog’lanishlar ichki bog’lanishlar Yuzaga keltiradigan ko’ngilsiz xodisalarni
butunlay yo’qotadi va bunday bog’langan sistema
avtonom
deyiladi.
27
Avtomatik tizim texnologik jarayon yoki jihozni odam ishtirokisiz berilgan
dastur asosida boshqarishga qaratilgan qurilmalar majmuasiga aytiladi. Har qanday
avtomatik tizim (AT) qaerda qo’llanilishidan qat’iy nazar ikkita asosiy qismdan
tashkil topgan: boshqarish ob’ekti (BO) va boshqaruv qurilmasi (BQ) dan; Uning
fuknsional sxemasi 1-rasmda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |