119
Lazer nuri optik qurilmalar yordamida tayyorlamaning ishlov berilishi kerak bo’lgan
yuzasiga yubo-riladi. Bu nur energiyasining zichligi 10
13
Vt/sm2 bo’lib, zonada hosil
bo’layotgan issiqlik ta’sirida har qanday material (uning turi, qattikligidan qat’i nazar)
erib, parga aylanishi mumkin. Hosil bo’layotgan issiqlik miqsorining ta’sir etish davri
juda qisqa (0,001-0,0001 s) bo’lganligi uchun ishlov berilayotgan yuzaning atrofidagi
materialning xossasi o’zgarmaydi
34
.
Elektrokimyoviy usul.
Elektrokimyoviy
metod bilan
ishlov
berish
jarayoni
tok
o’tkazuvchi
materiallarni
elektrolitlarda
emirilishiga
asoslangandir.
47-rasm. Elektrokimyoviy usul
.
Bu jarayon anodli-erish jarayoni, deb yuritiladi. Asosan emirilish anod-
tayyorlamaning yuza notekisligi cho’qqilarida sodir bo’ladi.
Bunga sabab, bu
cho’qqilarda tok zichligining katta bo’lishi va yuzadagi pastliklarning emirilish
jarayonida xosil bo’luvchi mahsulot bilan to’lib qolishidir. Natijada tayyorlamaning
ishlov berilayotgan yuzasidagi notekisliklar tekislanib, yaltiroq yuza hosil bo’ladi.
Bu usul bilan ishlov berishda ishlov berilgan yuzada
deformatsiyalangan qatlam,
mikroyorliqlar, puxtalanish va termik o’zgarish jarayonlari sodir bo’lmaydi. Natijada
detallarning fizik, mexanik xususiyatlari yaxshilanadi.
Ayrim materiallarga ishlov berishda, masalan, nikelь
qotishmalarini ishlashda
ularning elektrik, magnit xossalari, zanglashga qarshiligi ortadi.
Bu usulda materiallarning anodning vaqt birligiga erishish tezligi uning materialiga
va anoddagi tok zichligiga bog’liq bo’ladi.
Bu jarayondagi erigan metallning miqsori Faradey qonuniga bo’ysunadi va
34
Work Theory of the Laser Cutting Machine
,
http://www.oocities.org/venkatej/mech/tomc/tomc.html
120
quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Q
naz
=A·I·t/n·F
Bu erda: Q
naz
— metalning erishi tufayli hosil bo’lgan mahsulot, g.
I— tok miqsori, A
t— vaqt, sek.
n - valentlik.
F— Faradey soni (96494 ga teng.)
A — molekulyar og’irlik.
Ma’lum qalinliqdagi metall qatlamini olib tashlash uchun kerak bo’lgan tok
quyidagicha aniqlanadi:
_ I=δ·S·d·1000 / C·t·η
S — elektrokimiyoviy ekvivalent, g/a - da.
d — metalning zichligi, g/sm2.
S — ishlov berilayotgan yuza maydoni, dm2.
η — eritilgan materialning haqiqiy miqsorini hisobga oluvchi koeffisient.
Bu jarayonda qo’llaniladigan elektrolitlar ishlanishi kerak bo’lgan materialning turiga
qarab tanlanadi. Masalan, alyuminiy va uning AK4, AL4 kabi rusumlari,.xlorli
natriyning 25%
li suvli eritmasida, nikelь, xrom qotishmalarini esa oltingugurt
natriysining 15% li eritmalarida ishlash tavsiya qilinadi.
Elektrokimyoviy ishlov berish usuli 7—8 klass yuza tozaliklarini olishni ta’minlaydi.
Ish unumdorligi esa materialning turidan qat’i nazar, asosan o’tayotgan tok miqsori,
issiqlik va elektrolitningtozalygigabog’liqbo’ladi.
Elektrokimyoviy usul bilan
tayyorlamalardagi chiqiqlarini olish, teshish, teshiklarni kalibrlash, yuzalarni pardozlash
mumkin.
Ayrim hollarda, masalan, murakkab shakldagi yuzalarga ishlov berishda
elektrokimiyoviy usulning ish unumdorligi mexanik ishlov berish usullariga nisbatan 5—
7 marotaba yuqori bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: