S xolmuratov korxonada kadrlar



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/91
Sana22.06.2022
Hajmi1,49 Mb.
#691290
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   91
Bog'liq
kadrlar

7.
 
Zaxiradagilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash 
 
7.2.
Ekspertlar, shu jumladan, tanlov komissiyasi a’zolari 
ham, korxona kadrlar reestriga kiruvchi har bir lavozim guruh-
laridagi xodim uni muvaffaqiyatli bajarish uchun ega bo‘lishi
kerak bo‘lgan (kasbiy, ishchan, shaxsiy) fazilatlarning majmuini 
ishlab chiqadilar. Tanlov komissiyasi a’zolari nomzodlarning 
ushbu fazilatlarga ega bo‘lishi nuqtayi nazaridan zaxira tarkibiga 
kiruvchi har bir nomzodni baholaydi. 
7.3.
Ishbilarmon lavozim o‘sishining istiqbollariga qarab 
zaxira tezkor va strategik yo‘nalishda bo‘lishi mumkin. Tezkor 
zaxiraga rivojlanish salohiyati kamroq bo‘lgan va lavozim 
ko‘tarilishida cheklangan, strategikka esa katta rivojlanish 
salohiyatiga ega zaxiradagilar kiradi. Bu zaxirani tayyorlash 
mablag‘larni samarali taqsimlash imkonini beradi. 
7.4.
Zaxira tarkibi, rejalashtirilgan lavozimni egallashga 
tayyorgarlik darajasiga qarab, shartli ravishda uch turga bo‘linishi 
mumkin:
- tayyor; 
- istiqbolli; 
- maxsus.
Bunga asosan shakllangan zaxira tarkibi turli guruhlarga 
bo‘linadi. Kadrlar xizmati zaxiradagilarning keyingi ta’lim bos-
qichlarini ishlab chiqadi. 

Tayyor zaxira – hozirgi paytda rahbarlik lavozimini egallashi 
mumkin bo‘lgan xodimlar va ularga buning uchun maxsus 
qo‘shimcha tayyorgarlik talab qilinmaydi. 

Istiqbolli zaxira – oliy o‘quv yurtlarining istiqboli bor 
talabalari, 31 yoshgacha bo‘lgan yosh mutaxassislar. Bu maxsus 
tayyorgarlikdan so‘ng rejalashtirilgan rahbarlik lavozimini 
egallashi mumkin bo‘lgan xodimlar guruhi. Oliy o‘quv yurtlari 
talabalari orasidan istiqbolli zaxira tarkibiga nomzodlarni 
ko‘rsatish oliy o‘quv yurtlarining rahbariyati tomonidan amalga 


51 
oshiriladi, 31 yoshgacha bo‘lgan yosh mutaxassislar esa 
korxonaning tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari tomonidan tavsiya 
qilinadi.
Istiqbolli zaxira bilan ishlashning o‘ziga xos xususiyati turli 
jamoat tashkilotlarini ishga jalb qilish, tahliliy ishlarni 
tayyorlashda ishtirok etish, turli treninglarda ishtirok etish orqali 
kelajak rahbarning fazilatlarini rivojlantirishdan iborat. 

Maxsus zaxira – boshqaruv faoliyatida o‘z qobiliyatlarini 
namoyish etgan va ishida eng yaxshi natijalarga erishgan, har 
qanday vaziyatda vakant rahbarlik lavozimiga tayyor bo‘lgan 
nomzodlardir.
Zaxiradagilarni muayyan zaxira turiga kiritish to‘g‘risida 
qarorni tanlov komissiyasi qabul qiladi. 
7.5.
Zaxiraga tayyorlashning asosiy shakllari quyidagilardan 
iborat: 
ta’lim muassasalarida kasbiy ta’lim (tayyorlash, qayta tayyor-
lash, malaka oshirish); 
individual rivojlanish rejalari bo‘yicha mustaqil ta’lim (mus-
taqil o‘qish); 
seminarlar;
stajyorlik. 
Zaxira bilan ishlash tizimida tayyorgarlikning boshqa shakllari 
ham qo‘llanishi mumkin: 
korxona rahbariyatining majlislari, seminarlari, kengashlari, 
komissiyalari ishida ishtirok etishga jalb qilish; 
dolzarb muammolar bo‘yicha tahliliy sharhlarni tayyorlash;
rahbarlik lavozimini vaqtincha almashtirish; 
almashtirishga rejalashtirilgan rahbarlik lavozimi ixtisosi 
bo‘yicha mustaqil tayyorgarlik.
7.6.
Zaxiradagilarni rejalashtirilgan lavozimlariga jadallash-
tirilgan ta’lim va ko‘tarilishining muhim elementi rotatsiya 
bo‘lishi mumkin. Rotatsiya xodimni gorizontal ravishda axloqiy 
va moddiy qo‘shimcha sabablar bilan bitta mansabli darajadagi 
lavozimga tayinlashdir. 
Rotatsiya qisqa va uzoq muddatli bo‘lishi mumkin. Xodim 
tomonidan boshqa bo‘linmalarning ishini tasavvur etishi, korxona 


52 
faoliyatining ishlab chiqarish davri va o‘zini boshqa sohada sinab 
ko‘rish imkoniyati, yangi bilim va ko‘nikmalar, Shu jumladan, 
boshqaruv bilimlarini olish rotatsiyaning ustunliklaridir. 
Muvaffaqiyatli rotatsiya shartlari – ixtiyoriylik, bo‘sh o‘rinlar 
mavjudligi, almashtiriluvchi va yangi bo‘ysunuvchilarning ham 
bevosita rahbari sifatida rotatsiyaga tayyorlanishdir. 
7.7.
Zaxiradagilarni tayyorlashning muhim shakli turli 
davriylik bilan o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan “zaxiradagilar kuni” 
bo‘lishi mumkin. Uning mohiyati – zaxiradagilar kun davomida 
amaliyotda bilimlarni qanday qo‘llashni bilishni o‘rganadilar. 
Zaxira tarkibiga kiritilgan xodimlar rahbar, uning lavozimida 
zaxiradagilardan foydalanishi shart bo‘lib, lavozim vazifalari, 
huquqlari va mas’uliyatini bir kunga o‘z zimmalariga oladilar. 
Ikkinchisi rejalashtrilgan lavozimda ishni tashkil etish bo‘yicha 
barcha kerakli chora-tadbirlarni bajaradi, Shuningdek barcha 
qabul qilinayotgan qarorlar uchun mas’ul bo‘ladilar. Zaxiradagi 
xodimni kurator nazorat qiladi – uning tayyorgarlik darajasi, 
amaliy tashkiliy va boshqa qobiliyat hamda ko‘nikmalarini 
tartibga soladilar. Zaxiradagilar kuni tugagach, zaxiradagi 
bevosita rahbar bilan birgalikda tarkibiy bo‘linmaning ishlab 
chiqarish faoliyatini tahlil qiladi. Tahlil jarayonida zaxiradagi
xodimning ijobiy va salbiy natijalari aniqlanadi, kelgusida ularni 
to‘g‘irlash va yo‘l qo‘ymaslik maqsadida xatolarga e’tibor 
qaratiladi. Tanlov komissiyasi yig‘ilishida bo‘linma rahbarlari 
“zaxirachi kuni”ning o‘tkazilishi haqida hisobot beradilar, 
zaxiradagilarning kasbiy faoliyati natijalarini ko‘rib chiqadilar, 
ularning keyinchalik kasbiy o‘sishi bo‘yicha takliflar kiritadilar. 
7.8.
Istiqbolli zaxirada bo‘lganlarning professional tayyor-
garligi tadbirlari bevosita va yuqori turuvchi rahbar, Shuningdek, 
korxonaning kadrlar xizmati rahbari ishtirokida maxsus ishlab 
chiqiluvchi individual rivojlanish rejalariga muvofiq o‘tkaziladi. 

Individual rivojlanish rejasi zaxirada bo‘lish butun davri 
mobaynida amal qiladi va zaxiradagilarni eng yuqori darajadagi 
lavozimlarni egallashga tayyorlashni rejalashtirish, o‘z-o‘zini 
nazorat qilish va xodimning lavozim o‘sishini tuzishda qo‘llashga 
mo‘ljallangan. Agar zaxiradagi shaxs tavsiya qilingan muayyan 


53 
lavozimga bosh nomzod sifatida ko‘rsatilsa, uning individual 
rivojlanish dasturi zaxiradagi kadr shaxsiy ishining bir qismi 
hisoblanadi va vaqti-vaqti bilan faollashtiriladi. Individual 
rivojlanish rejasi zaxiradagilarning kelgusi lavozimlar maqsad va 
vazifalariga bog‘liq rejalar mazmuni, o‘qish shakllarini o‘z ichiga 
oladi.
U quyidagi vazifalarga ega: 

stajyorlikka;

rotatsiyaga; 

malakani oshirishga; 

boshqaruvga tayyorgarlikka; 

tahliliy hujjatlarni, tashkilotning ham umuman olganda va 
lavozimni almashishga rejalashtirilgan vakolatlar doirasiga kiruv-
chilar ham faoliyatiga daxldor qarorlar loyihasini tayyorlashda 
ishtirok etish; 

ish joyidagi murabbiy bilan loyihaviy ta’lim; 

mustaqil ta’lim, kelgusi lavozimi amalga oshirilganda 
foydalanishi mumkin bo‘lgan belgilangan yo‘nalishi bo‘yicha ilg‘or 
tajribani o‘rganish. 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish