5.
Nomzodlarni zaxiraga saralash tadbirlarini tashkil etish
5.1. Nomzodlarni zaxiraga saralashni tashkil etish quyidagi-
larni o‘z ichiga oladi:
nomzodlarni zaxiraga saralash bo‘yicha ishlarni rejalashtirish;
kasbiy, ishchan, shaxsiy fazilatlarga talablarni belgilash;
nomzodlarni tegishli lavozimga tayinlash natijalarini baholash
va ularni zaxiraga kiritish imkoniyati to‘g‘risida qaror qabul
qilish.
5.2. Zaxira tarkibiga potensial nomzodlar to‘g‘risidagi kerakli
axborotni kadrlar xizmati xodim haqida yozma manbalarni
o‘rganish jarayonida: pasport, mehnat daftarchasi, kadrlarni hi-
sobga olish bo‘yicha shaxsiy varaqa, tarjimai hol, diplom,
attestatsion tavsifnomalar, Shuningdek zaxira tarkibiga nomzod
bilan, uning rahbarlari, hamkasblari, bo‘ysunuvchilar bilan
suhbatlashish natijasida oladi.
Zarur hollarda zaxiradagi nomzodlarning kasbiy, ishchan,
shaxsiy fazilatlari haqida batafsil ma’lumot olish uchun kadrlar
xizmati turli shakl va usullardan foydalanishi mumkin. Kasbiy,
ishchan va shaxsiy fazilatlar va ularning belgilangan talablarga
muvofiqligini baholash uchun quyidagilar qo‘llanishi mumkin:
- baholash usuli «360 daraja»;
- sinash;
- boshqa baholash usullari.
6.
Zaxirani shakllantirish bo‘yicha tanlov komissiyasining
faoliyatini tashkil etish
6.1. Tanlov komissiyasi ish rejasiga ko‘ra yoki kerak
bo‘lganda yig‘ilishlarni o‘tkazadi. Zaxiraga kiritish uchun tanlov
komissiyasiga har bir nomzod uchun korxona kadrlar xizmati
tomonidan quyidagilar taqdim etiladi:
zaxiradagilar shaxsiy varaqasi;
nomzodni tavsiflovchi, turli shakl va usullar yordamida
olingan materiallar;
ishlab chiqarish tavsifnomasi.
49
6.2.
Tanlov komissiyasi zaxiradagi nomzodga taqdim etilgan
materiallarni ko‘rib chiqadi, tahlil qiladi va zaxira tarkibiga
nomzodlar bilan suhbat o‘tkazadi.
6.3.
Tanlov
komissiyasi
nomzodlarni
zaxiraga kiritish
to‘g‘risida qaror qabul qilishda quyidagi mezonlarga amal qiladi:
egallagan lavozimda ishning ijobiy natijalari;
ta’lim, malaka, boshqaruv tayyorgarlikning tegishli darajasi;
nomzodning kasbiy, ishchanlik, shaxsiy fazilatlari, uning
kelgusi rahbarlik ishiga potensial imkoniyatlar va qobiliyatlari;
nomzod bilan bevosita ishlovchi shaxslarning fikri;
attestatsiya komissiyasining ijobiy natijalari va tavsiyalari;
muayyan yosh va sog‘liq holati;
zaxira tarkibiga kirish shaxsiy istagi.
6.4.
Suhbatdan so‘ng tanlov komissiyasi xodimlarning
ularning hozirgi lavozimda namoyon etayotgan kasbiy, ishchanlik,
shaxsiy va hokazo fazilatlarini baholaydi va qaror qabul qilishga
o‘tadi.
6.5.
Zaxira tarkibiga nomzod har tomonlama o‘rganilgach,
tanlov komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
zaxiraga qabul qilish uchun tavsiya etiladi (iloji boricha
muayyan rahbarlik lavozimi ko‘rsatilgan holda);
zaxiraning maxsus guruhiga qabul qilish uchun tavsiya etiladi;
zaxiraga qabul qilinishi mumkin bo‘lgan lavozim talablariga
javob bermaydi.
6.6.
Tanlov komissiyasining qarori ochiq ovoz berish yo‘li
bilan qabul qilinadi. Agar yig‘ilishda qatnashayotgan komissiya
a’zolarining kamida yarmi unga ovoz bergan bo‘lsa, qaror qabul
qilingan deb hisoblanadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda rais ovoz
bergan qaror qabul qilingan deb hisoblanadi.
6.7.
Tanlov komissiyasining qarori rais va tanlov komissiyasi
a’zolari tomonidan imzolanadigan bayonnoma bilan rasmiylash-
tiriladi va nomzodga taqdim etilgan hujjatlar bilan o‘n kunlik
muddatda korxonaning kadrlar xizmatiga o‘tkaziladi.
6.8.
Tanlov komissiyasi qaroriga binoan, shuningdek, kadrlar
xizmati xulosasi asosida korxona rahbari nomzodni zaxiraga kiritish
to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Xodimga zaxira tarkibiga kiritilish
50
haqida xabar beriladi. Zaxira tarkibiga kiritish to‘g‘risidagi qaror
xodimning shaxsiy hujjatlari tarkibiga (delosiga) kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |