Dilorom ALIMOVA
ENERGETIK ICHIMLIKLAR HAQIQATDAN
HAM ENERGIYA BERADIMI?
HARAKAT XAVFSIZLIGI
BIR INSON HAYOTI
SAQLAB QOLINDI
ular orasida umrida poyezdga chiqmagan, sayohat qilmaganlari ham bor
Bugungi kunda “O‘zbekiston temir yo‘llari”
aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi korxona,
tashkilot, boshqarma va muassasalarda
mehnat qilib kelayotgan bir qancha
temiryo‘lchi ayollar “Ayollar daftari”ga
kiritilgan.
Hatto ularning ayrimlari tug‘ilib o‘sgan shahar
yoki qishlog‘idan boshqa joyni ko‘rmagan. Chunki
farzandlarni tarbiya qilish, ularni boqish va uy-ro‘zg‘or
tashvishlari sabab yurtimizning go‘zal va tarixiy
shaharlarini ziyorat qilishga vaqti ham, ortiqcha chiqim
qilishga pullari ham yo‘q.
Tizimda o‘z mablag‘idan sayohat qilishga imkoniyati
yo‘q ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularga har jihatdan
moddiy va ma’naviy ko‘mak berish, og‘irini yengil qilish
borasida temir yo‘l rahbariyati tomonidan qator ijobiy
ishlar amalga oshirilayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz.
O‘zbekis
t
on Qizil yarim oy jamiyati temir yo‘l mintaqaviy
tashkiloti hamda “Temir yo‘l kasaba servis” mas’uliyati
cheklangan jamiyati hamkorligida “Ayollar daftari”
ro‘yxatiga kiritilgan sharoiti o‘ta og‘ir bo‘lgan 42 nafar ayol
uchun qadimiy Xiva shahriga sayohat uyushtirildi.
13-may kuni soat 21:00da “Toshkent-Janubiy”
temir yo‘l vokzalidan maxsus ajratilgan vagonlarga
barcha ayollar joylashib, qadimiy Xiva shahri tomon yo‘l
olindi. O‘sha kuni ularning qalbidagi his-hayajonni yuz-
ko‘zlaridan anglash mumkin edi. Vagon bo‘ylab aylanib,
ayollardan hol-ahvol so‘rab yurganimizda vagon
o‘rindig‘ining bir chetida o‘tirgan “Sharg‘unko‘mir”
aksiyadorlik jamiyati farroshi Zulayho Husanovaga
ko‘zimiz tushdi. Uni suhbatga chorladik.
– Turmush o‘rtog‘imning vafotidan so‘ng uch nafar
farzandimni o‘zim tarbiyalab kelmoqdaman, – deydi
Zulayho opa. – O‘ylab qarasam, shu kungacha biror
marta ham bunday poyezdga chiqmagan va bu kabi
qadimiy shaharlarga sayohat va ziyorat uchun bormagan
ekanman. Biz, ayollarni qadrlab, o‘zimizga bo‘lgan
ishonchimizni yanada orttirishda ko‘makdosh bo‘layotgan
temir yo‘l rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.
Shu tariqa tunni tongga ulab, soat 11:10da Xiva
shahriga yetib bordik. Ko‘rkam va mahobatli “Xiva”
vokzalida barcha sayyohlarni karnay-surnay sadolari
os
t
ida qarshi olishdi. Shu alfozda yo‘lak bo‘ylab,
“Xiva lokomotiv” mehmonxonasi tomon yo‘l oldik.
Mehmonxonaga borib joylashgandan so‘ng tushlik tashkil
etildi. So‘ng esa 24 gektar maydonda joylashgan qadimiy
Xiva qal’asiga sayohat boshlandi. Bizga yo‘lboshchilik
qilgan gid yordamida “Ichan qal’a”, Ko‘hna ark saroyi,
Tosh-hovli me’moriy yodgorlik majmuasi, Islom Xo‘ja,
Muhammad Aminxon, Muhammad Rahimxon madrasalari
hamda Pahlavon Mahmud maqbarasiga sayohat qilindi.
Shu alfozda ikki kun qanday qilib o‘tganini ham sezmay
qolibmiz. U yerda jonlantirilgan tarixiy shaxslar hamda
shu kungacha saqlanib kelinayotgan yodgorlik buyumlari
barchani e’tiborini birdek tordi.
– Go‘yoki, o‘zimizni xorijdan kelgan sayyohlardek
his etayapmiz, – deydi Andijon bekati birlashgan
shifoxonasi hamshirasi Fazilat Rasulova. – To‘g‘risini
aytsam, qalbim olam hayajonga to‘lgan. Bunday
qadimiy shaharlarga bir kun boraman, avlod va
ajdodlarimiz yashab o‘tgan qadimiy binolarni, osori-
atiqalarni o‘z ko‘zim bilan ko‘raman deb sira ham
o‘ylamagan edim. Qolaversa, turmush tashvishlaridan
orttirib, bunday qadimiy shaharlarga chiqishning sira
ham iloji yo‘q. Ikki nafar farzandimni yakka-yolg‘iz
o‘zim ishlab, tarbiyalamoqdaman. Ularni hamon o‘qib,
bilim olishga, xorijiy tillarni mukammal o‘rganishga,
ayniqsa,O‘zbekis
t
on
t
arixini yaxshi bilishga chorlayman.
Bu sayohatdan o‘zimga kerakli bo‘lgan ko‘pgina
ma’lumotga ega bo‘ldim, farzandlarimga ham borishim
bilanoq so‘zlab berish niyatidaman.
Olam-olam taassurotlar bilan azim Toshkent tomon
yetib kelgan ayollarning barchasi bir ovozdan temir yo‘l
rahbariyati va tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiligini
bildlirishdi va bu kabi qadimiy shaharlarga yana
shunday sayohatlar uyushtirilishini aytib o‘tishdi.
Feruza XUDOYQULOVA
Do'stlaringiz bilan baham: |