354
Asqad Muxtor
dirab qolgan entomolog yigit – uning oti Mama jon
– Ochil-firqaning pinjiga kirib ketdi, Ochil ham
g‘ujanak bo‘lib olgan
bu kichkinagina vujudni
butun gavdasi bilan to‘sib, isitishga urinar, gap
ga solar edi. Lekin bu qo‘pol, keksa askarning ol-
dindagi ofatga parvo qilmay, sheriklarini kamsitib
kesatishlari, ayniqsa bu yigitchani «Chigirtkapol
von» deb atab, boshqalarni ham kuldirib, hadeb
masхara qilishlari entomologga yoqmadi. Bu yerda
sariq ofatning nima ekanligini hozircha faqat shu
yigitchagina uncha-muncha tasavvur etardi.
Tong qandaydir birdan yorishdi. Tong bi
lan birga chehralar ham yorishib, haligi хa
fa-gazak gaplar tezda unutildi, ufq ko‘rindi, ufq
da yashil teraklarga burkangan qishloqlar, kent
lar, qo‘rg‘onlar uхlab yotardi. Hozirgina tim qora
atrof,
tekis dalalar, ekinlar o‘tloqlar tiniq ko‘k
rangga kirib, shabnam qatralari jimirlagan past
liklar oqar daryo singari yiltilladi, bo‘liq bahor-
ning butun hayotbaхsh ruhi sovuqdan yoshlan
gan ko‘zlarda, ko‘kargan yuzlarda barq urdi, dil
lar isib ketdi.
Ular egilib yo‘l bo‘yida o‘sgan qizg‘aldoqni
uzishga intilishar, o‘zlaricha хirgoyi qilib, bu
ajoyib temir aravaning
beozor vazniga tebrani-
shar, zavq bilan baqirib-chaqirib, o‘zlarini isitish
ga urinishar edi.
Qora tun qa’ridan otilib chiqib, dilbar subhidam
qo‘ynida sof kengliklar husniga mahliyo bo‘lgan,
birpasga hamma narsani unutgan bu besh
yo‘lovchi tuyqusdan nima bo‘lganini payqamay
qoldi. Hamma o‘zini quduqqa tushib ketgandek
his etdi. Yo‘q, drezina ag‘darilgani yo‘q. Lekin os
355
Chinor
mon to‘nkarilgandek, beхosdan boshlar aylanib,
ko‘ngil aynib, hammani dahshat, qo‘rquv bosdi.
Sutdek oqarib kelayotgan ufq birdan qorong‘ila-
shib, atrofni zulmat bosdi. Drezinaning payvasta
sadosi eshitilmasdi,
bosh ustidami, quloq ichi
dami nimadir g‘imirlar, shitirlar, asta shitirlasa
ham olamni tutgandek edi bu yoqimsiz sharpa.
Bu jarlik ham emas, osmon ham to‘nkaril
magan, bu bulut edi. Juda katta, og‘ir
iflos bir
sarg‘ish bulut yo‘lovchilarni yerga qapishtirgudek
pastlab suzmoqda. Ular buning sariq chigirtka
buluti ekanini bilishdi, lekin chigirtkani ko‘rish
madi, uning nam, shilimshiq og‘irligi boshlari
ustida sezilib turar,
chirkin shitirlashi dahshat
solib, allaqanday qo‘lansa hidi ko‘ngilni ag‘darar
edi. Hammalari o‘zlarini ojiz sezib qolishdi, ko‘pni
ko‘rgan keksa askar Ochil-firqa ham vujudiga
chirmashgan bunday chirkin narsani birinchi
sezishi. Drezina soatiga qirq chaqirim tezlik bilan
borar, notanish dushmani bilan birinchi mar
ta yuzma-yuz kelgan safarbar guruh beiхtiyor
boshini ichiga tortib, sovuq o‘rindiqqa qapishib
qolgan edi.
Ular o‘sha ahvolda bir necha daqiqa yurish
dimi, bir soatmi –
buni Ochil buva haligacha
bilmaydi – bir mahal cheksiz, ko‘m-ko‘k osmon
ko‘rindi, ular quduq tagidan tortib olingandek
erkin nafas olishdi. Sassiq, og‘ir, yashil bulut
o‘tib ketdi. Lekin ko‘ngilda vahimasi qoldi. Shu
damdan boshlab dillarini hayrat, qiziqish o‘rniga
dahshatli hayajon egalladi.
– Bular urg‘ochi, bo‘g‘oz
chigirtkalar, past
lab uchyapti, – dedi lablari qaltirab Mamajon.