77
markaziy muammosi bo‟lib, ularni tadqiq etishda bu har ikki kategoriya dialektik
birlikda olib qaralishi lozim. Zero, A.A.Vetrov ko‟rsatganiday, “shakliy va
mazmuniy tahlil bir-biri bilan dialektik ravishda bog‟langan”.
Sintaktik nazariya ana shu ikki tomonni, ya‟ni ham shakliy, ham mazmuniy
tomonni to‟liq nazarda tutgandagina, u haqiqiy nazariya bo‟la oladi. Chunki
gapning shakliy va mazmuniy qurilishlari o‟rtasidagi aloqa benihoya murakkab va
ziddiyatli bo‟lib, juda ko‟p asosiy hollarda bu qurilishlar bir-biri bilan aynan bir
xil, teng, muvofiq aloqada bo‟lmaydi, ular o‟rtasida deyarli hamisha muvofiqlik
(simmetriya)ning buzilganligi kuzatiladi. Dastlab S.Karsevskiy tomonidan oldinga
surilgan lisoniy belgining nomuvofiq dualizmi haqidagi
konsepsiya sintaktik
sathda ham to‟liq namoyon bo‟ladi.
Gapning mazmuniy va shakliy qurilishlari o‟zaro dialektik birlikda
o‟rganilar ekan, ayni qurilishlar o‟rtasidagi mavjud nomuvofiqlik (assimetriya)ni
hisobga olish shart.
Albatta, sintaktik tuzumi aniq, ko‟rish mumkin bo‟lgan sath bo‟lganligi
uchun bu tuzilishni aniq belgilash qiyin emas. Ammo gapning mazmuniy qurilishi
haqida bunday deb bo‟lmaydi. Gapning mazmuni nima? Hozirgi kunda gap
mazmuning talqini masalasida tilshunoslikda bir necha yo‟nalishni kuzatish
mumkin. Ulardan gap ma‟nosining denotativ ( yoki referent)
konsepsiyasi
tilshunoslar orasida keng tarqalgan. Bu konsepsiyaning mohiyati gap ma‟nosining
denotati sifatida g‟ayrilisoniy vaziyat (ekstralingvistik situatsiya)ni, voqeani
qarashdan iborat.
V.G.Gak gapni so‟zdan farqli o‟laroq, to‟liq til belgisi deb hisoblaydi va
gap (“высказывание”)ning referenti vaziyat (ситуация) ekanligini ta‟kidlaydi. U
yozadi: “Gap yaxlit situatsiyaning nomi sifatida kelib, leksik nominatsiyadan
mutlaqo farq qiluvchi o‟ziga xos nominatsiyadir”.
Gap vaziyat bilan bevosita
bog‟lanadi, ya‟ni gapning ifodalanuvchisi vaziyat, muayyan dalil, shuning uchun
ham gap to‟liq til belgisi hisoblanadi. So‟z esa ana shu to‟liq til belgisi tarkibiga
kirgandagina vaziyat bilan bog‟lana oladi, ana shunga ko‟ra so‟z xususiy til
belgisidir. To‟liq til belgisi sifatidagi gapning
bu denotativ tomonini
78
O.I.Moskalskiya gapning “gapning semantik yadrosi” deb ataydi. Albatta bu
“semantik yadro” gap mazmuni to‟lig‟icha qamrab olmaydi, balki gap mazmuning
muayyan bir jihatini tashkil etadi. Shunday bo‟lsa-da, gapning shakliy va
mazmuniy qurilishlari o‟rtasidagi nomutanosib munosabatni belgilashda ayni shu
“semantik yadro” ahamiyatlidir.
Hozirgi turli yo‟nalishli mazmuniy izlanishlar jarayonida gap ma‟nosini o‟z
tabiatiga ko‟ra turlicha bo‟lagan unsurlar majmui sifatida tushunish anchayin
turg‟unlashib va umumiylashib bormoqda. V.A.Beloshapkova shunday yozadi:
“Semantik sintaksisning taraqqiyoti munosabati bilan juda ko‟p
tilshunoslar
tomonidan turli vaqtlarda aytilgan gap ma‟nosida bir-biridan prinsipial
farqlanuvchi ikki tur mazmun – borliqni aks ettiruvchi ob‟ektiv mazmun va
fikrlovchi sub‟ektning ana shu borliqqa bo‟lgan munosabatini aks ettiruvchi
sub‟ektiv mazmun qo‟shilgan, degan fikr alohida dolzarblik kasb etadi”. Gap
mazmunidagi bu ob‟ektiv va sub‟ektiv tomonlar dastlab Sh.Balli tomonidan
farqlangan bo‟lib, u gapning yaxlit mazmunini tashkil
etuvchi bu unsurlardan
birini diktum (ob‟ektiv mazmun) deb, ikkinchisi esa modus (sub‟ektiv mazmun –
fikrlovchi sub‟ektning ayni ob‟ektiv mazmunga nisbatan munosabatining ifodasi)
deb nomlagan. Sh.Balli atamalari bilan aytganda, muayyan bir diktum turli
moduslar bilan birga ifodalanishi mumkin. Masalan,
Do'stlaringiz bilan baham: