1. Nomer fondini boshqarish xizmatining tashkiliy prinsiplari.
2. Tozalash ishlarini tashkil etish.
3. Nomerni joylashish uchun tayyorlash.
4. Turli tozalash ishlarini bajarish texnologiyasi.
1. Nomer fondini boshqarish xizmatining tashkiliy prinsiplari
Mehmonlarni kutib olish ko‘pgina tushunmovchiliklarni yengib o‘tadi.
Bu vazifani ro‘yxatga olish (registratsiya) bo‘limi amalga oshiradi. Ammo,
bu yerda ham tashkiliy xatolar bo‘lishi mumkin. Kichik mehmonxonalarda
porte ham ro‘yxatga oladi, hujjatlarni rasmiylashtiradi, turistik
rasmiyatchilikni tekshiradi va ham nomer
fondi xizmati bilan aloqada
bo‘ladi. Bunday rasmiyatchiliklar, ko‘p kutishlar turistlar joylashishini
uzoqqa cho‘zadi. Amaliyotda shu aniq bo‘lmoqdaki, mehmonxonalarda
turistlar soni va mavsumga qarab portelar soni o‘zgarib turishi kerak.
Ma’lumki, ro‘yxatga olish stol oldida odamlarning to‘planib
qolishi
tashkiliy kamchiliklardan biridir. Turfirma tarkibidagi mehmonxonalar
kelayotgan mehmonlar va ularning soni haqida to‘liq ma’lumotga ega
bo‘lib, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldini olishi zarur.
Mehmonxona xo‘jaligi tashkilotchilarning professionalllik darajasi
ularning oldindanko‘ra bilashlari, kutilmagan holatlarni minimallashtirish
jarayonida bilinadi. Xodimlar yetishmasligidan kelib chiqadigan navbatda
turishlar nosog‘lom psixologik muhitni keltirib chiqaradi.
Atrofimizdagi muhit bu ijtimoiy-ruhiy,
madaniy-tashkiliy tartiblar
kategoriyasida va bu odamdagi shaxsiy baxtni shakllantiradi. Ijtimoiy
muhitning buzulishi ruhiy diskomfortga olib keladi. Mehmonxona xo‘jaligi
oamlarning xavfsizligi va joylashishi maqsadida tuzilgan tashkilotdir.
Mehmonxonada o‘tkazilgan har bir soat, kun ruhiy sokinlik olib kelishi
zarur.
Bunday xizmat ko‘rsatish darajasiga erishish nomer fondini boshqarish
xizmati bilan bog‘liqdir. Uning tashkiliy pritsipi:
ogohlantirilganlik
va
tezkorlik
. Bu prinsiplarni tahlil qilishda asosiy tushuncha ya’ni “joylashish
muddati” muhim ahamiyatga ega. Mazkur me’yoriy kategoriya ijtimoiy
madaniy va iqtisodiy planda muhim bo‘g‘in hisoblanadi. Barcha nomerlar
band bo‘lgan paytda bu xizmat ,ayniqsa, silliq va bir tartibda ishlash kerak.
Kichik bir xato konflikt holatni keltirib chiqarishi mumkin. Bu holatning
iqtisodiy zararli tomoni ham bor. Izmat ko‘rsatuvchi xodimlar ishi
ko‘payib, nomerlarni yangituristik guruh uchun tayyorlab qo‘yish, sanitar-
gigiyenik uskunalar ekspluatatsiyasi profilaktikasining sifatlari pasayshiga
104
olib keladi. Me’yoriy talablardan
kelib chiqqan holda, nomer fondiga
xizmat ko‘rsatuvchi va saqlovchi xizmatlari o‘z ishlarida tezkorlikka va
axborot bilan ta’minlanganlikka erishmoqchi bo‘lsalar quyidagilarni
bilishlari shart:
- sust professional tayyorgarlik tashkiliy-profilaktik xatolarga olib keladi,
mehmonxona obro‘siga zarar keltiradi, xizmat ko‘rsatishda xavf
darajasini ko‘taradi;
- joylashtirish davriyligi (muddati) haqida ma’lumotlarni
sustligi
nomerlarni taqsimlashda xatolarga yo‘l qo‘yishga, uskunalarning tez
ishdan chiqishiga olib keladi (qulf sinishi, stullarning yetishmasligi,
intererning torligi).
Nomer fondi xizmati egiluvchan (gibkiy) ijtimoiy texnologiyalarga ega
bo‘lishi kerak. Ushbu xizmat mijoz va mehmonxona xizmati o‘rtasidagi
birinchi tashkiliy bo‘g‘imdir. Ular ushbu qavatda har kimga ham qiziq
bo‘lmagan kutilmagan holatlarni tezda hal qiladi. (Masalan:
mehmon
belgilagan vaqtdan barvaqtroq keldi yoki nomer oldindan bron qilingan
bo‘sa ham, hali tayyor emas, xona bekasilar ishi ko‘pligi, joyshablarning
yetishmasligi). Bunday holatda nomer fondi xizmati psixologik bosimni
bartirif qilish uchun rezerv uskunalariga ega bo‘lishi kerak. Ushbu
holatlarga befarqlik bilan qarash mijozlarning kayfiyatini yanada ko‘proq
tushurishi mumkin. Mijozlarga qisqa muddat ichida mehmonxona haqida
yaxshi taasurot qoldirishga harakat qilish zarur. Nomer fondi xizmatining
tashkilotchilik malakasi bu boshqaruvning yuzi, asosi hisoblanadi. Bu
yerda “imkoniyatimiz boricha” prinsipi to‘g‘ri kelmaydi. Nomer fondi
xizmati ob’ekti barcha kutilmagan holatlarni “shu
yerda va hozirning
o‘zida” prinsipi asosida faoliyat ko‘rsatishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: