R. S. Amriddinova mehmonxona servis xizmati



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/86
Sana21.06.2022
Hajmi0,84 Mb.
#689431
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   86
Taymsher
– mehmonxona xizmatlarining nisbatan yangi turi. Uning 
nomerlar fondi odatda 50-250 nomerdan tashkil topadi. Alohida 
qurilmalarga ega bo‘lishi ham mumkin. Kvartira tipidagi nomerlar fondiga 
ega, xizmatlar khrsatish shart-sharoitlari kurort mehmonxonalaridagi 
36


o‘xshash. Alohida kvartiralar xususiy mulkdorlarga sotiladi, ammo 
taymsher to‘liq boshqaruvchi kompaniya tomonidan nazorat qilinadi. 
Taymsher bahosi mavsum xususiyatlariga, shuningdek bu yerda 
bo‘lish vaqtiga bog‘liq bo‘ladi. Yilning turistlar kam keladigan vaqtlarida 
taymsherda yashash «oltin» mavsumdagidan ancha arzonga tushadi. 
Nomer egasi taymsherda yashash uchun thlagan haqqa mutanosib ravishda 
ma’lum vaqt mobaynida ko‘chmas mulkdan foydalanish imkoniyatiga ega 
bo‘ladi. 
Odatda nomer 10 yil muddatga sotib olinadi. Taymsher nomuayyan 
muddatga foydalanish uchun sotilishi ham mumkin. Foydalanish vaqti 
haftalarda o‘lchanadi. Taymsher egasi o‘zi sotib olgan nomerda o‘z vaqt 
oralig‘i mobaynida dam olishi yoki xarid qilingan mavsum doirasida dam 
olish joyini xuddi shunday boshqa joyga almashtirishi mumkin. 
Taymsherlardagi sotuvlarning umumiy hajmi 1991 yilda faqat 
Yevropada 3,74 mlrd. dollarni tashkil qildi. Taymsher kurortlari jahonning 
75 mamlakatida mavjud. 
Apartamentli mehmonxonalar.
Uzoq vaqt yashashga mo‘ljallangan 
apartamentli mehmonxonalar, oddiy mehmonxonalarga qaraganda, foydali 
maydonining kattaligi va ularda mijozlar uzoq vaqt yashashi bilan farq 
qiladi. Nomerning qo‘shimcha maydoni odatda qulay kreslo va divan 
qo‘yilgan mehmonxona hamda ko‘p funksiyali qaznoqqa ega kichik 
oshxona shaklida bo‘ladi. Apartamentli mehmonxonalar (yoki 
apartotellar
) oilasining ko‘chib kelishi, uzoq muddatli xizmat safari, 
seminarlarga qatnash zarurligi tufayli shaharda uzoq vaqt yashashga 
majbur bhlgan o‘z mijozlariga uydagiga o‘xshash shart-sharoitlar yaratadi. 
Aksariyat mehmonlar nomerni uzoq muddatga oladi. Yashash muddatining 
uzoqligiga qarab ularga ko‘pincha chegirma beriladi. Bunday 
mehmonxonalarda ovqatlanish korxonalari, biznes markazi, dam olish 
joylari nazarda tutiladi. 
Joylashtirish ob’ektlarining yana bir shakli –
pansionlar
ham jahon 
amaliyotida ancha keng tarqalgan. Ularda yashash, odatdagi 
mehmonxonalarda yashashga qaraganda, ancha arzon turadi. 
Mehmonxonadan pansionning asosiy farqi shundaki, u toifalarga 
ajratilmaydi. Ammo bu pansionda yashash sharoiti mehmonxonadagi 
yashash sharoitidan yomon degan ma’noni anglatmaydi. 
Pansion joylashtirish ob’ektlarining erkin shakli bo‘lib, u odatda 
qurilish paytida mehmonxona sifatida tasavvur qilinmagan binolarda 
tashkil etiladi. Pansionning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u nisbatan 
kichkina, odatda 10-20 kishiga mo‘ljallangan nomerlar fondiga ega 
37


bo‘ladi. Ko‘pincha pansion bir oilaga tegishli bo‘ladi. Bu oila pansionni 
boshqarish bilan birga, mijozlarga xizmat ham ko‘rsatadi. Pansionda 
yashash bahosiga faqat uy sharoitida tayyorlangan nonushta kiritiladi. Bu 
yerda muhit mehmonxonadagiga qaraganda iliqroq bo‘ladi. Mana shu 
jihat, narxlarning pastligi bilan birga, mijozlarni o‘ziga tortadi. 

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish