14-mavzu. Byudjet tashkilotlarini moliyalashtirish asoslari
Byudjet tashkilotlari moliyasining mazmuni va o‗ziga xos xususiyatlari.
Byudjet tashkilotlarini smeta asosida moliyalashtirishning mohiyati, umumiy
tamoyillari. Xarajatlar smetasi – byudjet tashkilotlari moliyaviy rejasi sifatida.
Smeta, uning elementlari. Smetalarning turlari, ularning o‗ziga xos xususiyatlari.
Smeta xarajatlarining tarkibi, xarajat guruhlari va moddalari, ularni hisoblash.
Byudjet me‘yorlari, ulardan smetalarni tuzishda foydalanish. Byudjet tashkilotlari
xarajatlarini aniqlashda xarajatlarni jon boshiga qarab me‘yorlashtirish amaliyotiga
o‗tish masalalari. Smetalarni tuzish, tekshirish, tasdiqlash, ro‗yxatdan o‗tkazish va
moliyalashtirish tartibi. Smeta asosida moliyalashtirish yuzasidan hisobot. Byudjet
tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirishda byudjetdan tashqari mablag‗larni jalb
qilish
masalalari.
Byudjet
mablag‗lari
oluvchilar,
ularni
smetali
moliyalashtirishning o‗ziga xos xususiyatlari. Byudjetning g‗azna ijrosi sharoitida
byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‗lari oluvchilarning byudjetdan ajratiladigan
va byudjetdan tashqari mablag‗ari bo‗yicha xarajatlar to‗lovini amalga oshirish
tartibi.
15-mavzu. Davlat byudjetidan ta‟lim tizimi xarajatlarini moliyalashtirish
Uzluksiz ta‘lim tizimining shakllanishi, uning asosiy bosqichlari. Kadrlar
tayyorlash Milliy dasturi va ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi
Qonunini amalga oshirishda davlat byudjetining ahamiyati. Ta‘lim tizimi
xarajatlarining respublika byudjeti va mahalliy byudjetlardan amalga oshirilishi.
Ta‘lim tizimida jon boshiga (tarbiyalanuvchi, o‗quvchi, talaba soniga) qarab
moliyalashtirish usullarining joriy etilishi. Xarajatlarni rejalashtirishdagi asosiy
ko‗rsatkichlar, ularni aniqlash tartibi. Maktabgacha ta‘lim muassasalari
xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish. Umumta‘lim maktablari xarajatlarini
rejalashtirish va byudjetdan moliyalashtirishning o‗ziga xos xususiyatlari. Maktab
xodimlari ish haqini hisoblash, rejalashtirish va moliyalashtirishdagi o‗zgarishlar.
Maktab-internatlar, maxsus maktablar, maktabdan tashqari tashkilotlar xarajatlarini
rejalashtirish va moliyalashtirishning o‗ziga xos xususiyatlari. O‗rta maxsus ta‘lim
muassasalari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirishning xususiyatlari, ular
moliyaviy ta‘minlanishini yaxshilash masalalari. Oliy ta‘lim tizimi muassasalarini
moliyalashtirishning o‗ziga xos xususiyatlari. Oliy ta‘lim muassasalari daromadlari
va xarajatlari tarkibi va tuzilishi. Oliy ta‘lim muassasalari xarajatlarini
rejalashtirish tartibi. Oliy ta‘lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablag‗lari,
ularning manbalari va ishlatish yo‗nalishlari. Ta‘limni rivojlantirish davlat
dasturlarini moliyaviy ta‘minlashda davlat byudjeti va boshqa manbalarning
ahamiyati. Ta‘lim sohasidagi islohotlarni moliyaviy ta‘minlash masalalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |