Toshkent moliya instituti "moliya" kafedrasi "davlat byudjeti"


Huquqni himoya qiluvchi, sud va adliya organlarini moliyalashtirish



Download 13,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/333
Sana21.06.2022
Hajmi13,85 Mb.
#689022
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   333
Bog'liq
Davlat byudjeti ouq 2018

 
Huquqni himoya qiluvchi, sud va adliya organlarini moliyalashtirish 
 
20.4-rasm. Boshqaruv xarajatlari tarkibining guruhlanishi 
Boshqarish xarajatlarida O‗zbekiston Respublikasi sud hokimiyati va 
prokuratura organlarini saqlash xarajatlari ancha salmoqqa ega bo‗lib, bu xarajatlar 
Moliya Vazirligi boshqaruv xarajatlarini moliyalashtirish deportamentida byudjet 
hisobining 209-bo‗limida alohida xarajat moddalari bo‗yicha xarajatlar ko‗rsatilgan 
bo‗lib, shunga asosan moliyalashtiriladi. 
O‗zbekiston Respublikasi sud hokimiyati va prokuratura, huquqni himoya qilish 
organlarini saqlash xarajatlari, mazkur sohadagi quyidagi tarmoq tarkibiy tuzilishlari 
bo‗yicha amalga oshiriladi: 

O‗zbekiston Respublikasi Oliy Sudi; 

O‗zbekiston Respublikasi Oliy Xo‗jalik Sudi; 
Boshqaruv xarajatlari tarkibining guruhlanishi
Markaziy 
hokimiyat 
organlari va 
boshqaruv 
tarkibiga 
qilinadigan 
xarajatlar. 
Ishlab 
chiqarish 
faoliyati 
sohasini 
boshqaruvchi 
organlar 
xarajati 
Boshqaruv 
apparatining 
ijtimoiy soha 
bilan 
shug‘ullanuvc
hi organi 
xarajati 
Sud, 
prokuratura va 
adliya organi 
xarajatlari 
Huquq tartibot 
organlari 
xarajati 


284 

Qaroqalpog‗iston Respublikasi Oliy Sudi; 

viloyat, tuman va shahar sudlari; 

davlat notorial idoralari; 

respublika prokuratura organlari. 
Mazkur soha boshqaruvi organlarini xarajatlari to‗lig‗icha respublika byudjeti 
tomonidan moliyalashtiriladi. O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi organlari, 
Respublika Prezidenti Apparati va O‗zbekiston Respublikasi KonstitutsiyaviySudi 
boshqaruvi organlarini saqlash xarajatlari asosiy qismi respublika byudjeti hisobidan 
amalga oshiriladi, qisman qismi mahalliy byudjetlar tomonidan moliyalashtiriladi va 
respublika byudjeti xarajat qismida alohida bobda aks ettirilib boriladi. 
Boshqaruv organlarini saqlash xarajatlari uchunchi tarkibiy qismda 
Respublikamiz boshqaruv organlari asosiy qismi o‗z aksini topadi. Bunda Respublika 
Vazirlar Mahkamasi barcha Vazirliklar, Davlat qo‗mitalari, Respublika Saylov 
uchastkasi, Respublika Vazirlar Mahkamasi avtoxo‗jaligi, Respublika Prezidenti 
Devoni, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi ma‘muriy binolaridan foydalanish 
boshqaruvi xarajatlari, shuningdek, Respublika byudjetdan moliyalashtiriladigan 
Qo‗mita va Markazlar hamda boshqa shu kabi davlat boshqaruvi organlarini saqlash 
xarajatlari tashkil qiladi, bu xarajatlar Respublika byudjetidan moliyalashtiriladi. 
Prokuratura organlarining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika ta‘minoti 
respublika byudjeti mablag‗lari hisobidan markazlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi. 
Davlat notarial idoralari vazifasi jismoniy hamda yuridik shaxslarning huquqlari 
va qonuniy manfaatlarini notariuslar tomonidan qonunlarda nazarda tutilgan notarial 
harakatlarni amalga oshirish yo‗li bilan himoya qilishni ta‘minlashdan iboratdir. Davlat 
notarial idoralari O‗zbekiston Respublikasi davlat byudjeti hisobidan mablag‗ bilan 
ta‘minlanadi.
Xususiy amaliyot bilan shug‗ullanuvchi notariusning notarial harakatlarni 
amalga oshirganlik hamda huquqiy va texnik tusdagi xizmatlar ko‗rsatganlik uchun 
olgan pul mablag‗lari, O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid bo‗lmagan 
boshqa moliyaviy tushumlari uning faolatini mablag‗ bilan ta‘minlash manbai 
hisoblanadi.
Notarial idoralar qo‗shimcha o‗zlarining byudjetdan tashqari moliyalashtirish 
manbalariga ham ega. Notarial harakatlar sodir etilganligi uchun notarial idoralar 
tomonidan undiriladigan davlat bojining 15 % i miqdoridagi ajratma to‗g‗ridan - to‗g‗ri 
byudjetdan mablag‗ bilan ta‘minlash o‗rniga davlat notarial idoralari faoliyatini 
mablag‗ bilan ta‘minlash manbai etib belgilangan. Bunda undiriladigan davlat bojlari:
70 % i - mahalliy byudjetlarga; 15 % i - Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish 
jamg‗armasini shakllantirishga; 15 % i - mablag‗larni Qoraqalpog‗iston Respublikasi 
Adliya Vazirligi viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining maxsus hisob 
raqamlariga to‗plash yo‗li bilan davlat notarial idoralari faoliyatini mablag‗ bilan 
ta‘minlashga taqsimlanadi. 
Sudlar va adliya organlarining moddiy-texnika ta‘minotini yaxshilash, ular 
faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida O‗zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 18 - martdagi Sudlar va adliya organlarini 


285 
rivojlantirish jamg‗armasini tashkil etish to‗g‗risidagi qaroriga muvofiq yagona Sudlar 
va adliya organlarini rivojlantirish jamg‗armasi tashkil etildi.
Jamg‗arma daromadlari: 
- davlat byudjetiga umumiy yurisdiktsiya sudlari tomonidan ko‗rib chiqiladigan 
ishlar bo‗yicha jarimalar va davlat bojlari to‗lashdan tushayotgan summalarning 20 % i; 
- davlat byudjetiga xo‗jalik sudlari tomonidan ko‗rib chiqiladigan ishlar bo‗yicha 
davlat bojlari va jarima sanktsiyalarini to‗lashdan tushayotgan summalarning 15 % i; 
adliya organlari, shu jumladan Fuqarorlik holatini dalolatnomalarni yozish 
(FHDYo) organlari tomonidan undiriladigan davlat boji summalaridan 20 %, davlat 
notariuslari tomonidan undiriladigan davlat boji summalaridan 15 % ;
- adliya organlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarni, advokatlik 
byurolarini, firmalarni, hay‘atlarni, xususiy notarial idoralarni ro‗yxatdan o‗tkazganlik, 
notarial va advokatlik faoliyatini litsenziyalaganlik, yuridik kadrlarni malaka 
attestatsiyasidan o‗tkazganlik uchun undiriladigan mablag‗lar, shuningdek adliya 
organlari tomonidan o‗z vakolatlari doirasida undiriladigan jarimalar;
- ijro ishi bo‗yicha byudjetga undirilgan summadan 30 % miqdoridagi 
ajratmalar, soliqlar hamda byudjetga va byudjetdan tashqari jamg‗armalarga majburiy 
to‗lovlar bo‗yicha muddatida to‗lanmagan qarzlar undirilishi bunga kiritilmaydi;
- davlat daromadiga o‗tkazilgan mol - mulkni sotishdan tushadigan 
mablag‗larning 10 % i va boshqa daromadlar.
Jamg‗armaning mablag‗lari birinchi galda umumiy yurisdiktsiya sudlari 
binolarini qurish va ta‘mirlash, ularni zarur anjomlar, kompyuterlar va boshqa 
zamonaviy tashkiliy - texnika vositalari bilan ta‘minlashga yo‗naltiriladi. Shuningdek 
qo‗shimcha: 
1) xo‗jalik sudlarini va adliya organlarini, shu jumladan notariatni, FHDYoni va 
sud ijrochilarini moddiy-texnik ta‘minlashga; 
2) sudlar va adliya organlari xodimlariga malaka klasslari, darajalari va muayyan 
vaqt davomida ishlaganligi uchun ustama va qo‗shimcha haq to‗lashga, ularning 
malakasini oshirishga, kadrlarni o‗qitishga;
3) sudlar va adliya organlari xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishga; 
4) sudlar va adliya organlari faoliyatini yaxshilashga qaratilgan boshqa 
tadbirlarga yo‗naltiriladi. 
Ichki ishlar vazirligi va uning quyi organlari, bo‗linmalari, muassasalari va 
tashkilotlari respublika va mahalliy byudjetlar mablag‗lari hisobidan moliyalashtiriladi. 
O‗zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‗l harakati 
xavfsizligi xizmati organlari tomonidan avtomototransport vositalarini qayta ro‗yxatdan 
o‗tkazganlik uchun undiriladigan summaning 85 % i mahalliy byudjetlarga, qolgan 15 
% i O‗zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‗l harakati xavfsizligi 
xizmatining hisob raqamiga o‗tkaziladi. O‗zbekiston Respublikasi Ichki ishlar 
vazirligining markaziy apparati va ichki ishlar organlarini saqlashga ajratiladigan 
mablag‗lar miqdori O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
tasdiqlanadi. 
Vazirlik markaziy apparatining tarkibi, shtatlari, xodimlarining moddiy - texnik 
va ijtimoiy - maishiy ta‘minoti, shuningdek ichki ishlar organlarining tarkibi va shtatlari 


286 
O‗zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan ularning soni va ularni 
saqlashga ajratilgan mablag‗lar doirasida belgilanadi.
Adliya organlari va muassasalarini moddiy - texnik ta‘minlash, shuningdek 
adliya tizimining xodimlari mehnatiga haq to‗lash Vazirlikka ajratiladigan mablag‗ 
doirasida davlat byudjeti hamda Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‗armasi 
mablag‗lari hisobidan amalga oshiriladi. 
Sudyalarning ish haqi lavozim maoshidan, malaka darajasi, ko‗p yillik xizmati 
uchun to‗lanadigan ustama haqlardan iborat. Sudyalarning hayoti va sog‗lig‗i 
davlatning maxsus muhofazasida bo‗ladi hamda respublika byudjeti mablag‗lari 
hisobidan davlat tomonidan majburiy tartibda sug‗urta qilinadi. 
Quyidagi ko‗rilgan zararni qoplash bo‗yicha to‗lovlar respublika byudjeti 
mablag‗lari hisobidan amalga oshirilib, keyinchalik ular aybdor shaxslardan qonunda 
belgilangan tartibda undirib olinadi: 
- sudya o‗z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kelgusida kasbga doir 
faoliyat bilan shug‗ullanish imkoniyatini istisno etadigan darajada mayib bo‗lib qolsa, 
yoki uning sog‗lig‗iga boshqacha shikast etkazilganida sudyaning yigirma besh oylik 
ish haqi miqdorida; 
- sudya o‗z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kasbga doir faoliyat 
bilan shug‗ullanish imkoniyatini istisno etmaydigan va mehnat qobiliyatining doimiy 
yo‗qolishiga olib kelmaydigan tan jarohatlari yoki uning sog‗lig‗iga boshqacha shikast 
etkazilganida sudyaning besh oylik ish haqi miqdorida; 
sudya o‗z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kelgusida kasbga doir 
faoliyat bilan shug‗ullanish imkoniyatini istisno etadigan darajada mayib bo‗lib 
qolganida yoki uning sog‗lig‗iga boshqacha shikast etkazilganida majburiy davlat 
sug‗urtasi bo‗yicha olingan to‗lovlarni hisobga olmagan holda unga ish haqi va tayin 
etilgan pensiya o‗rtasidagi farq har oyda to‗lab boriladi; 
sudya o‗z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan olgan tan jarohatlari 
yoki uning sog‗lig‗iga boshqacha shikast etkazilishi oqibatida halok bo‗lsa (vafot etsa), 
uning qaramog‗ida bo‗lgan mehnatga qobiliyatsiz oila a‘zolariga sudya ish haqining 
ularning hissasiga to‗g‗ri keladigan qismi va boquvchisini yo‗qotganligi munosabati 
bilan ularga tayinlangan pensiya o‗rtasidagi farq har oyda, majburiy davlat sug‗urtasi 
bo‗yicha olingan to‗lovlarni hisobga olmagan holda to‗lanadi; 
sudyaning o‗z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan unga tegishli mol - 
mulkni yo‗q qilish yoki shikastlash oqibatida etkazilgan zarar sudyaga yoki uning oila 
a‘zolariga to‗laligicha qoplanadi. 
Sudlarni moliyalash, ularning moddiy - texnika va o‗zga xil ta‘minoti, binolarini 
qo‗riqlash va saqlab turish respublika byudjetidan ajratiladigan mablag‗lar hisobidan 
amalga oshiriladi. Ajratilgan mablag‗lar: Qoraqalpog‗iston Respublikasi oliy sudlari, 
viloyat sudlari, Toshkent shahar sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari uchun
O‗zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi huzuridagi maxsus vakolatli organ 
tomonidan, harbiy sudlar uchun O‗zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi 
tomonidan; O‗zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xo‗jalik sudi, Qoraqalpog‗iston 
Respublikasi xo‗jalik sudi, viloyatlar va Toshkent shahar xo‗jalik sudlari uchun


287 
tegishlincha O‗zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xo‗jalik sudi tomonidan 
taqsimlanadi. 
Xo‗jalik sudlari faoliyati O‗zbekiston Respublikasi Oliy xo‗jalik sudi tomonidan 
tashkiliy va moddiy-texnika jihatidan ta‘minlanadi. 
Konstitutsiyaviy sudning ishi respublika byudjeti mablag‗lari hisobiga 
moliyalashtiriladi. 
Konstitutsiyaviy sud sudyasining ish haqi lavozim maoshidan, malaka darajasi, 
ko‗p yillik xizmati uchun to‗lanadigan ustama haqlardan iborat bo‗ladi.

Download 13,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish