Maxfiy kalit –bu kriptografik tasvirlanadigan jarayonlarni boshqaruvchi va shifrlashda
ishlatiladi. Bu atamani Shennon 1949 yilda nashr qilingan ―Maxfiy tizimlarda aloqa nazariyasi‖
ishida fanga kiritdi. Ikki kalitli kriptografiyaning nazariy bazasini Diff va Xellman 1976 yilda
yaratdi.
Internetdagi xavfsizlik muammosi ikki kategoriyaga bo'linadi: umumiy xavfsizlik va
iqtisodiy jarayonlarning ishonchlilik savollari. Iqtisodiy faoliyat muhitidagi muammolarning
muvafaqqiyatli echimiinternet oldida biznes xizmatlarini ko'rsatish uchun keng imkoniyatlarni
ochishi mumkin.Bu muammolarni echishda MasterCard va Visa kredit kartochkasidan
foydalanuvchi gigant kompaniyalar, shuningdek kompyuter industriyasi liderlari Microsoft va
Nestcape kompaniyalari kurash olib borishmoqda.Bularning barchasi pulli ishlarga taalluqlidir.
Konfidensiallik muammolarini echish-bu miqyosdagi tajribalardir. Misol uchun bir SMTP-
serverdan boshqasiga elektron pochta xabarini uzatishni ko'rib chiqamiz.Oddiy xollarda bunday
ma'lumot bitta qattiq diskdan ikkinchisiga doimgi matnli fayl kabi yoziladi.Uni barcha
istovchilar o'qishi mumkin.Internet orqali uzatilayotgan barcha xabarlar begonalar o'qimaydigan
bo'lishi kerak, uning ichida qanday ma'lumotlar bo'lishi farqsiz.
Foydalanuvchi uchun konfidensiallikdan tashqari uning kim bilan ―gaplashayotganligini‖
bilishiga kafolat ham zarur.Ular o'zlari bilan aloqa qilayotgan internet server, u qanday
bo'lishidan qa'tiy nazar bu server mavjud ekanligiga ishonchlari komil bo'lishi
kerak.Ximoyalanmagan serverni aniqlash va siz haqingizdagi ma'lumotlarni olishga intilish
unchalik kiyin masala bo'lmaydi.Tarmoq xizmatlarini etkazuvchilar ham ularga internet
resurslari orqali murojaat etuvchining, masalan, elektron pochta orqali, o'zini kim deb
tanishtirgan bo'lsa haqiqatdan ham o'zi ekanligiga ishonchlari komil bo'lishlari kerak.
Global axborot tarmog'ida yangi axborot texnologiyalaridan foydalanib elektron tijorat
tizimini xavfsiz olib borish muammolari bugungi kunda butun dunyodagi eng asosiy
masalalardan bo'lib qolmoqda.Ishlab chiqarish rivojlangan mamlakatlarda elektron tijorat
aylanish yig'indisi bir trillion dollarda baholangan bo'lsa, yangi axborot texnologiyalari
bozorining har hal yo'nalishdagi qonunbuzarliklardan yo'qotishlari 10 mld. Dollardan oshib
ketmoqda.
Kompyuter jinoyatchiligi bilan kurashish muammosi butun dunyoda eng dolzarb masala
bo'lib qolmoqda.Bu borada ikki yo'nalishdagi aktivlikni kuchaytirish zarur:
Kompyuter va telekommunikasiya texnologiyalaridan foydalanib yuborishlardagi
chegaralanishlar asosida amalga oshirilayotgan yuqori texnik jinoyatlarni izlash va ularning
yo'llarini kesish.
8
Qaerda joylashishidan qa'tiy nazar davlat strukturasini ―yuqori texnologik‖ jinoyatchilikka
qarshi turish uchun texnik va huquqiy imkoniyatlar bilan ta'minlash.
1997 yilda ―sakkizlik‖ mamlakatlarining Vashingtonda yuqori texnologiya sferasidagi
jinoyatchilik bilan kurash harakati loyiha va prinsiplari qabul qilindi.Unda bu kurashning
strategik yo'nalishlari aniqlab berilgan:
1.Huquqiy tizimlar mavjud bo'lishi.
2.Saqlanayotgan kompyuter ma'lumotlariga yuborilishdagi chegaralanishlarga ruhsat etish
prinsilarini ishlab chiqish.
3.Yuqori
texnologiyalar
miqyosidagi
jinoyatlarni
topish
va
identifikasiya
mexanizmlarining mavjud bo'lishi.
4.Aloqa markazlari tarmog'ini tashkil etish.
5.Tadbirkorlar bilan yuqori texnologiyalar miqyosidagi hamkorlik aloqalarni rivojlantirish.
Asosan internetdagi tovlamachiliklarning xavfliligini ta'kidlash zarur.
Internetdagi tovlamachiliklarning barcha ko'rinishlari elektron tijorat tizimlarining
rivojlanishiga va haridorlarning elektron tijorat tranzaksiyalariga sezilarli xavf tug'dirmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |