Axborot xavfsizligining asosiy tushunchalari va ta'riflari
Kompyuter tizimlari va tarmoqlarining xavfsizligi deganda, ularning me'yoriy ishlash
jarayoniga tasodifiy yoki oldindan mo'ljallangan aralashishdan xamda tashkil etuvchilarini
o'g'irlashga, o'zgartirishga yoki buzishga bo'lgan intilishlardan ximoya qilinganligi tushuniladi.
Axborotga
murojaat
qilish
deganda,axborot
bilan
tanishib
chiqish,uni
qayta
ishlash,nusxalash,o'zgartirish yoki yo'qotish tushuniladi.
Axborotga ruxsat etilgan va ruxsat etilmagan murojaat qilish turlari mavjuddir.
Axborotga ruxsat etilgan murojaat qilish, bu murojaat qilish cheklanishlariga o'rnatilgan
qoidalarni buzmaydigan axborotga murojaat qilishdir.
Axborotlarga ruxsat etilmagan murojaat qilish, ,murojaat qilish cheklanishlariga o'rnatilgan
qoidalarning buzilishi bilan tavsiflanadi.
Berilganlarning maxfiyligi, bu bnrilganlarga taqdim etilgan va ularni ximoya etishni talab
etilgan darajasini aniqlaydigan maqomdir.
Kompyuter tizimlariga xujum,tizimning u yoki bu bog'liqligini qidirish va ishlatish
ma'nosini bildiradigan, yomon niyatli odamlar tomonidan bajariladigan harakatdir.
Xavfsiz yoki ximoya qilingan tizim xavfsizlik xavflariga muvaffaqiyatli va samarali qarshi
turadigan, zarur ximoya qilish vositalariga ega bo'lgan tizimdir.
Zamonaviy axborot tizimlari va tarmoqlarida axborotni ximoya qilish deganda
uzatilayotgan, saqlanayotgan va qayta ishlanayotgan axborotning ishonchliligi va butunligini
tizimli ta'minlash maqsadida turli xil vosita va usullarni ishlatish,choralarni ko'rish va tadbirlarni
o'tkazish tushuniladi.
Axborotni ximoya qilish , bu:
axborotning fizik butunligini ta'minlash;
axborot butunligini saqlashda uning elementlarini modifikasiya ya'ni almashtirishga yo'l
qo'ymaslik;
mos vakolatga ega bo'lmagan shaxslar yoki jarayonlar tomonidan axborotni ruxsat
etilmagan olinishiga so'l qo'ymaslik;
6
Egalariga uzatilayotgan resurslar faqatgina tomonlar kelishgan shartlarga mos ravishda
ishlatilishiga ishonch xosil qilinishi kerak, demakdir.
Internetning tadbiq qilinishi bilan kompyuterlardan foydalanib amalga oshirilayotgan
jinoyatlarning soni keskin oshdi. Oldingi vaqtlarda kompyuterlarga telefon tarmog'i orqali ulanib
olgan xakerlar yoki ―elektron qaroqchilar‖ asosiy xavf-xatar soluvchilar bo'lgan bo'lsa, tizimlar
va tarmoqlarni ommaviy ishlatish davrida axborotning ishonchliligi va butunligini buzishga virus
dasturlari internet orqali xavf solmoqda.
Axborot xavfsizligining asosiy tahdidlari va ularning sinflanishida ta'sir etish maqsadi
bo'yicha xavfsizlik xavfini uchta asosiy turga ajratish mumkin:
1. axborot maxfiyligining buzilish xavfi;
2. axborot butunligining buzilish xavfi;
3. tizimning ishlash layoqatining buzilish xavfi.
Kompyuter tizimlari va tarmoqlarining axborot xavfsizligini ta'minlash.
Amalga oshirish usullari bo'yicha kompyuter tizimlarining xavfsizligini ta'minlashning
barcha choralari qo'yidagilarga bo'linadi: huquqiy (qonunchilik) asosida, ahloq-etikali, fizikaviy,
apparat-dasturli, texnologik.
Do'stlaringiz bilan baham: |