Mikrosotsiologiya insonlarning kundalik hayotidagi o‘zaro sotsial
muloqotlarini (interaksiya, o‘zaro munosabatlar) o‘rganadi. Mazkur yo‘nalish
tarafdorlari sotsial hodisalarning mazmunini mazkur hodisalarga insonlarning
o‘zaro munosabatlarga kirishganidan so‘ng bergan ma'nolarini o‘rganib tushunish
mumkin, deb hisoblashadi. Ularning asosiy e'tibori individlarning xulq-atvori,
qilmishlari va motivlariga qaratilgan. Chunki insonlarning xulq-atvori, motiv va
xatti-harakatlari jamiyatdagi shaxslararo o‘zaro harakatga ta'sir ko‘rsatib,
jamiyatning barqarorligi va unda kechuvchi o‘zgarishlarda o‘z aksini topadi.
Sotsiologiyada ayirboshlash nazariyasi (Dj.Xomans), etno-metodologiya
nazariyasi
(G.Garfinkel),
belgili
interaksionizm
nazariyasi
(G.Blyumer)
namoyondalari mikrosotsiologik tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |