Empirik tadqiqotlarning ob’yekti mikrojarayonlar, predmeti esa individlar,
sotsial guruhlar, sotsial tashkilotlar, mehnat faoliyatining sermahsulligi, shaxs
xususiyatlari va hk. Ularning vazifasi kuzatish, eksperiment, hujjatlarni o‘rganish
va so‘rov metodlari orqali sotsial jarayonlar borasida faktlar va ma'lumotlar
yig‘ishdan iborat. Empirik tadqiqotlar natijalarini ham amaliy, ham nazariy
maqsadlarda ishlatish mumkin.
Tarixiy rivojlanishga nazar tashlasak, empirik tadqiqotlarni o‘tkazish chog‘ida
ko‘plab metodologik xarakterga ega bo‘lgan muammolar: sotsial faktning mohiyati,
nazariy bilimning empirik ma'lumotlar bilan o‘zaro munosabatlari, so‘rov, kuzatish
va ma'lumotlarni qayta ishlash jarayonida sub'ektiv omilning roli kabilar paydo
bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |