Xususiy nazariyalar ko‘proq empirik tadqiqotlarga tayangan holda quyi
darajadagi sotsial jarayonlarni o‘rganadi. Misol uchun referent guruhlar nazariyasi,
kichik guruhlar nazariyasi va hk. Bu nazariyalar inson fe'l atvorining mustahkam
mexanizmlarining har xil sharoit va holatlardagi ko‘rinishini aniqlashga harakat
qiladi.
3
Nazariya – kategoriya, tushunchalar, holatlar va tamoyillarning konseptual birldigi bo‘lib, u hodisalarning
xossalari, munosabatlari va qonuniyatli aloqalarini ochib beradi. Nazariyalarda markaziy o‘rinni tushunchalar
egallaydi. Ularda fanning tajriba va yutuqlari to‘planadi va ular nazariyaning mazmunini belgilaydi. Nazariyani
yaratish vositasi mavhumlashtirishdir, ya'ni aniq holatlar va hodisalarni umumiylashtirishdir.
7
Do'stlaringiz bilan baham: |