31
IV-BOB Iqtisodiy qism
4.1 Texnik xizmat sarf xarajatlarini hisoblash
Masalan, kinoproyektor 50 soat ishlagandan so’ng uning barcha qismlari ko’zdan
kechirilib, zarur bo’lsa ba’zi bir detallari almashtiriladi.
Shaxsiykompyuterlarishonchlivabeto’xtovishlashiuchunularningbuzulishioldiniolishkerak..
Kompyuter qurilmalari nosozliklar tufayli ishlamay qolishi mumkin.Shuning uchun
kompyuterni juda extiyot qilish lozim.Shaxsiy kompyuterlar dasturiy jixatdan buzulsa uni
maxsus litsenziyalangan sistemali disklar yordamida qayta to`g`irlash mumkin. Bu esa o`z
navbatida kerakli malumotlarning yo`qolishiga va ko`p miqdordagi sarf harajatlarni keltirib
chiqarishi mumkin. Shuning uchun kerakli malumotlarni disklarga olib qo`yish tavsiya
etiladi.Kompyuterning fizik resurslarining ko’p jixatdan buzilish katta-katta xarajatlarni keltirib
chiqarishi mumkin.
Kompyuterlarni tartibsiz foydalanish natijasida ko`pgina nosozliklarni keltirib chiqarish
mumkin. Kompyuterlarning elektr tarmog`idan taminlanishi maxsus tizimni ko`zda tutishi
kerak. Bu qutilmagan tasodiflar birinchi navbatda elektr ta`minotini parametrlarining
standartdan turlicha chetga og`ishidir. Kutilmagan o`zgarish tufayli kompyuterga turli
nosozliklar ba`zi hollarda ona plata, mikroprotsessor, tezkor xotira va elektr toki bilan taminlash
bloki ishdan chiqish holatlari yuzaga kelishi mumkin. Bu qurulmalar kompyuterning asosiy
qismi bo`lib, ular juda qimmat turadi. Bu esa o`z navbatida katta-katta sarf xarajatlarni keltirib
chiqarishi mumkin. Masalan ona platalarnig video xotirasi kuyadigan bo’lsa albatta uni
almashtirish lozim bu esa sizga qirq AQSH dollariga tushadi. Elektr toki o’chishi oqibatida
ham mikroprotsessorlar buzilishi mumkin. Hozirgi paytda mikroprotsessorlar ham qimmat
qurilma hisoblanib oltmish ming so’mga yetib boradi.
Insonning ish faoliyatida har kuni, har soatda qo’llaniladigan amaliy dasturlar paketlari
har doim disklarda yoki ma’lumotni saqlovchi qurilmalarda saqlanishi darkor. Chunki ba’zi
hollarda kompyuter nosozliklari bartaraf qilinishi natijasida ADPlarni yo’qotib qo’yishingiz
mumkin.Uni qayta o’rnatish agar ADP saqlangan disk o’zingizda mavjud bo’lsa osongina xech
qanday sarf-harajatsiz hal bo’ladi, aks holda esa mutaxassislarga murojaat qilinib, bu katta sarf-
harajatlarga sabab bo’lishi mumkin.
Kompyuterda bo’ladigan nosozliklarni oldini olish maqsadida Sandra va Everest test
dasturlarini yo’zib qo’yish hamda kompyuterni, uning qismlarini, undagi dasturlarni testdan
o’tqazib turish, nosozliklar chiqib qolsa o’z vaqtida oldini olish kerak. Shundagina siz
o’zingizni texnik sarf-harajatlaringizni anchagina tejab qolishingiz mumkin.
32
Kompyuterlar, ularni ishlab chiqaruvchilar hozirgi vaqtda juda ko’payib ketgan bo’lsada
ularning narxi dunyo bozorida ham bizning mamlakatimizda ham xech tushmayapti.Chunki
kundan-kunga unga bo’lgan talab ham optib bormoqda. Shu sababli kompyuter sotib olish, uni
almashtirish, ta’mirlash yoki modernizatsiya
qilish juda ko’p sarf-harajatlarni talab qiladi.
Agar siz kompyuterni, uning qurilmalarini, chop qilish qurilmasini tanlashda, unga qog’ozni
olishda xato qilmasangiz o’z sarf xarajatingizni ancha tejagan bo’lasiz. Chunki quyida
keltirilgan jadvaldan hozirda kompyuter qurilmalarining taxminiy narxlarini bilib olasiz, undan
siz o’zingizga kerakli hulosa chiqarib olasiz deb o’ylaymiz.
Bu jadvalda kompyuter buzilib qolsa, uni tuzatish, kerakli dasturlarni o’rnatish, kerakli
qurilmalarni kompyuterga ulash va ishga tushirish kabi ishlar uchun ketadigan sarf-harajatlar
keltirilmagan. Shuni aytib qo’yish joizki agar kompyuteringiz yoki uning biror
qurilmasi,xattoki uning operatsion tizimi ishdan chiqsa uni almashtirish va o’rnatish kerak
bo’lib qolsa bu hizmat turlari jauda katta sarf harajatga olib keladi.
Shuning uchun biz yuqorida aytib o’tga maslahatlarimizga rioya qilishingiz, unga vaqti-
vaqti bilan qarab, profilaktika ishlarini o’tkazib tursangiz kompyuteringizni , uning
qurilmalarini tez buzilashi, ishdan chiqishi oldini olgan bo’lasiz va bu bilan o’z sarf
harajatlaringizni ancha iqtisodiy jihatdan tejagan bo’lasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: