А в г у с т и н .
И с п о в е д ь . К и е в , 1980, 2 1 0 -b et.
www.ziyouz.com kutubxonasi
asr falsafasida insonning, yuqorida ta’kidlab o'tilgan, ikki xil
holatga tushib qolganligi o‘sha zamon xristian antropologiyasi-
ning eng muhim xususiyatlaridan biridir.
0 ‘rta asr falsafiy fikr-mulohazalarida insonning oliy voqelikka
munosabati ham o‘zgacha bo‘ldi. Qadimgi zamon falsafasi
ta’kidlaganidek, har bir kishining shaxsi, Xudosi o‘ziga nisba
tan bo'ladigan barcha munosabatlarni ham belgilab berar edi.
Xuddi shu joydan —
insonning ichki olamida bo'ladigan
o'zgarishlarni bilishga qadam qo'yilardi. Endilikda inson ichki
olamini o'rganishga bo'lgan qiziqish, hatto stoiklar zamonasiga
qaraganda ham ortib ketgan edi.
Ma’lumki, insonning ichki olami, ayniqsa, uning qalbini
qadimgi Yunon faylasuflari, ba’zan kosmik hayotga, ya’ni
«mikrokosm»ga, ba’zan esa bir butun ijtimoiy turmushga teng-
lashtirgan edilar. Qadimgi zamonda insonni aqlli ijtimoiy hay
von, deb atash urf bo'ldi. O'sha paytlardan e’tiboran insonning
ma’naviy qiyofasi bilan u yashayotgan ijtimoiy muhit orasidagi
antik analogiya vujudga kelgan edi.
Qadimgi zamon Yevropa faylasuflarining inson ma’naviy qi
yofasi to'g'risidagi fikr-mulohazalarini Avgustin yanada rivojlantirdi.
Avgustinning tushuntirishicha,
kosmos ustida faoliyat
ko'rsatmoqchi bo'lgan bunyodkor inson qalbi o'ta murakkab
bo'lib, uning sir-u asrori, hatto o'ziga ham ma’lum emas. Bun
day qalbga faqat Xudoning o'zi yo'l topadi. O'z navbatida,
insonning o'sha murakkab qalbiga yo'l topish insoniyatni saqlab
qolish uchun zarur. Xuddi shunday yo'l bilan insonda mavjud
Do'stlaringiz bilan baham: |