Ian teng bilim olishlari lozim, ayollar erkaklar bilan jamoat
joylarida biiga bo'lishi mumkin, degan fikrni olg'a suradi.
XIX
asrning oxiri — XX asr boshlarida O'rta osiyolik
ma’rifatparvarlar jamiyat hayotini insonparvarlashtirish
uchun uni
demokratlashtirmoq zarur, buning uchun mamlakatda mavjud
bo'lgan tartib-intizomni tubdan o'zgartirmoq, ijtimoiy adolat
normalariga amal qilmoq zarur, degan xulosaga keladilar.
Ma’rifatparvar
demokrat shoirlar Muqimiy, Zavqiy, Hamza jami
yatdagi noxush holatlar, odamlar turmush tarzidagi qoloqlik,
fikrlash madaniyatidagi zaiflik, madaniy-ma’rifiy
qashshoqlik sabab-
larini ochib tashladilar. Hokimiyatning burnidan narini
ko'rmaydigan, o'z manfaatini o'ylaydigan, xalq manfaatidan yi-
roq bir guruh mullalar, eshonlar qo'lida ekanligini ta’kidlab,
ulaming g'ayriinsoniy qiliqlarini fosh etdilar. Ayniqsa, Muqimiy1,
chor Rossiyasi Turkiston o'lkasida
amalga oshirayotgan mustam-
lakachilik siyosatini qattiq tanqid qildi. Mustamlakachilik siyosati
tufayli go'zal Farg'ona vodiysi shaharlari, qishloqlari xarobaga
aylanayotganligi, odamlar kundan-kunga kambag'allashib,
nochor
holda yashayotganligi, inson haq-huquqlari toptalayotganligi,
xususan, mustamlakachilar ko'klarga ko'tarib maqtagan «demokratik
saylov sistemasi» qalbaki ekanligini fosh etdi. Chor Rossiyasi va
mahalliy amaldorlarning o'zboshimchaligi va shafqatsizligi, aldam-
chiligi va axloqiy tubanligini masxara qildi.
Jamiyat moddiy asosini
yaratuvchi mehnatkashlar och-yalang'och, qashshoq yashayotgan
bir sharoitda mahalliy boylar aysh-u ishrat surayotganligi bilan
murosa qila olmadi. Zulm-zo'rlik va adolatsizlikdan g'azabga keldi.
Kishilarni mavjud ijtimoiy tuzumning adolatsiz ekanligini anglash
ga2, bilimga, ilmga, insof-diyonatga,
demokratiyaga asoslangan
insonparvar jamiyat qurishga chaqirdi.
Muhammad Aminxo‘ja — Muqimiy 1850-yilda Qo‘qonda tug‘ilgan. Boshlang‘ ich
ma’lumotni mahalla maktabida olgan. Qo‘qondagi «Hokim oyim», Buxorodagi
«Mehtar oyim» madrasalarida tahsil ko‘rgan. Madrasalarni tugatgach, Qo4qon
yer o‘lchash mahkamasida mirzalik qilgan. 1870-yildan e’tiboran Sirdaryo yoqa-
sida joylashgan Oqjar paromida pattachi bo‘ lib ishlagan. 1880-yillar
boshlarida
Qo‘qonga qaytgan va umrining oxirigacha Hazrat madrasasi hujrasida yashagan.
Husnixat va kotiblik bilan shug‘ ullangan o‘z davrining kuchli tanqidiy-satirik
shoiri darajasiga ko'tarilgan. 1903-yilda vafot etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: