tahkamlashda Sharqning mashhur faylasufi Mirza Abdulqodir
Bedil1 va uning izdoshlari munosib hissa qo'shdilar.
Mirza Bedilning inson to‘g‘risidagi qarashlari asosida 0 ‘rta
Osiyo mamlakatlari, Eron va Hindistonda keng tarqalgan «vah
dati mavjud» ta’limoti yotar edi. Vahdati mavjud panteizmning
yirik oqimlaridan biri boiib, ushbu ta’limot tarafdorlarining
fikriga ko‘ra, hamma narsa Xudoda o‘z ifodasini topganidek,
Xudo ham hamma narsada o‘z ifodasini topadi. Vahdati mavjud
oqimi namoyandalari
koinot abadiyligi, uni hech kim yaratma-
ganligini tan oladilar. Olam bilan odam, moddiylik bilan
ma’naviylik birligiga, o‘zaro aloqadorligiga ishonardilar. Xudo
koinot va olamni o'zida mujassam qilgan, deb biladilar. Mirza
Bedil inson to'g'risidagi fikr-mulohazalarini xuddi shu mavqedan
turib bayon qiladi. Olamdan tashqarida
turuvchi har qanday
ilohiy kuchni rad etadi. Olam yagona butun bo'lib, Xudo ham
ana shu yagona birlik ichida bo'ladi. Boshqacha aytganimizda,
Bedil fikriga muvofiq, olam bir butun bo'lib, moddiy narsa-
lami ham, ma’naviy narsalami ham o'ziga qamrab oladi. Odam
esa, o'sha real borliqning, koinotning mahsulidir.
Mirza Bedil o'zining «Chor unsur» kitobida butun olam
asosida havo yotadi, degan bo'lsa, «Irfon»
kitobida havo barcha
mavjudotning yaratuvchisidir (vujudi mavjud), deb ta’kidlaydi.
Uning fikriga ko'ra, olamdagi tirik maxluqotlar ichida faqat
inson olamni bilishga qodir. Bilish esa murakkab jarayon bo'lib,
o'z taraqqiyotida ikki yirik: hissiy va aqliy bosqichlarni bosib
o'tadi. Bilishning birinchi — hissiy bosqichi borliqning tashqi
ta’siri natijasida hosil bo'ladi. Hissiy bilish bosqichida, asosiy
rolni inson sezgilari: hidlash (shoma), ko'rish (binoi), ta’m
tuyg'usi — maza (zoika), eshitish (shunidani) va teri sezishi —
paypaslashni (lomisa) xizmati beqiyos ekanligini tushuntirib
Nasli-nasabi Shahrisabzning barlos urug‘idan bo‘ lgan Mirza Abdulqodir Bedil
1644-yiIda Hindistonning Azimobod (Bengaliya) shahrida tug‘ ilgan.
Madrasada
bilim oladi. Keyinchalik o‘ z bilimlarini mustaqil oshirib boradi. Mustaqil ijod
bilan shug‘ullanadi. U 120 ming misradan iborat she’r va 20—25 bosma taboq
nasr yozgan. «Qulliyot» deb nomlangan asarlar to'plami o‘zida 16 kitobni bir-
lashtirgan. Uning falsafiy, xususan, inson to‘g‘risidagi qarashlari: «Tilsimi hay-
rat», «Tarkibot va tarjeot»,«M uhiti a ’ zam»,«Turi ma’ rifat», «Ishorat va
hikoyat»,«Irfon» («Bilim»), «Chor unsur» («To‘ rt unsur»), «Nuqot» («Hikmatli
so‘z!ar»), «G‘azaliyot», «Ruboiyot» kabi asarlarida bayon etilgan. 17 2 1-yilda Dehlida
vafot etgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
beradi. Shuningdek, sezgilar orqali olingan olam haqidagi
ma’lumotlar zehnda, ya’ni aql oynasida
har tomonlama charx-
lanadi. Boshqacha aytganimizda, mutafakkirning fikriga ko'ra,
inson aqlida tashqi olamdagi barcha narsalarning suratlari, obraz-
lari o‘z ifodasini topadi. Fikrlar, mulohazalar tashqi olamning
inson miyasidagi in’ikosidir.
Bedil asarlarida insonning jamiyatda tutgan mavqei, o'zida
ikki olam (sag'ir va kabir)ni mujassam etuvchi ma’naviy-axlo
qiy fazilatlari, xususan, olami sag'irda bo'layotgan o'zgarishlarni
har tomonlama tahlil etadi. O'zining «Irfon» dostonida inson
ning insoniyligini ifodalovchi turli fazilatlar,
xislatlar haqida
fikr yuritadi. Uning fikriga ko'ra, inson o'ta murakkab majmua,
unda hali bilinmagan sirlar ko'p1. Insonda barcha yaxshiliklar,
mo'jizalar mavjud bo'lishi bilan birga, turli fisq-u fasod, fit-
nalarning ildizi ham unga borib taqaladi.
Mutafakkir inson erkinligi, kishi tafakkuri hurligini orzu
qiladi. U ko'p millatli mamlakat Hindiston xalqlariga e’tiqodi,
turli dinlarga mansubligidan qat’i nazar bir xil ko'z bilan
qaraydi. Hamma yagona inson urug'idan
tarqalgan, deb hisob
laydi. U ham braxmanlami, ham shayx-zohidlarni bab-barobar
tanqid ostiga oladi. Musulmonlaming tavakkul — taqdirga tan
berish, braxmanlarning tanosuh — jonning ko'chib yurishi
nazariyalarini bema’ni, quruq gaplar deydi. U insonni «Eng oliy
vujud», deb biladi, uni «Hazrati inson», deb atadi. Shuning
bilan birga, u insondagi kamchiliklar: tanballik, makr, xiyo
nat, qalloblik, ochko'zlik,
xasislik, kibr-u havo, manmanlik
kabi illatlar bilan tinimsiz kurashdi. Insonni barkamol va benuq-
son ko'rishni istadi. Mehnat odamni inson darajasiga ko'targanini
alohida ta’kidladi. Mehnatsevarlik bilan bilimdonlik, muhabbat
bilan vafodorlik, biri ikkinchisi bilan o'zaro aloqador ekan
ligini tushuntirib berdi.
Mirza Bedil inson Olloh tomonidan yaratilgan o'ziga xos,
tengi yo'q mo'jiza ekanligini ta’kidlab, uni o'zligini bilishga
da’vat etadi. Inson bisotida mavjud bo'lgan
barcha imkoniyatlar
— yaxshilik, ezgulikka xizmat qilmog'i darkor. Insonning o'zligini
anglashi jamiyat, xalq oldidagi mas’uliyatini tushunib yetishga
olib kelmog'i zarur, deb hisoblaydi.
1
Do'stlaringiz bilan baham: