48
20. ISLOMLASHTIRISH
2006 yilning 28 Sentyabr kuni Rossiya va O’zbekiston maxsus xizmatlari ekstremizmga qarshi
birgalikda kurash uchun shartnoma imzoladilar. (Xabarlar oqimidan).
Ekstremizm deganda birinchi galda Islom fundamentalizmi tushuniladi. Shunday emasmi? Lekin
Islom davlati bo’lgandan keyin Islom fundamentalizmi – ekstremizm kuchaymasdan
zaiflashsinmi?
1990 yillarning boshida bir latifa yozgandim. U “ERK” gazetasida chiqqach, mashhur bo’lib
ketgandi.
Mazmuni shunday edi׃ Karimov dindorlar bilan uchrashganda ularga Islom davlati qurib berish
haqida va’da qiladi. Oradan yillar o’tib, unga so’zining ustidan chiqmagani eslatiladi. Shunda u׃
-Men so’zimning ustidan chiqdim, O’zbekiston Islom davlatiga aylandi, ya’ni mening
davlatimga,-deb javob qiladi.
Darhaqiqat, O’zbekistonda Islom ko’rsatmalariga ko’ra parlament tuzilgan va Islomiy nizom
asosida qonunlar qabul qilinadi, hukumat ham Islom tartib qoidalari asosida ishlamoqda. Davlat
ishlari Islomning fitratidan kelib chiqib boshqariladi. Islom fundamentalizmi shu qadar kuchayib
ketdi-ki, hamma narsa oshkora qilinadigan va xalqdan hech narsa yashirilmaydigan bo’ldi. Islomiy
oshkoralik jamiyatning hamma qatlamlariga singib ketdi.
Sovet davrida mirshablar birovni ataylabdan ushlash uchun uning uyiga yashirincha kirib,
gilamining ostiga nasha tashlab chiqishgan va keyin qaytib kelib, uni topishgan. Hozir esa, kerakli
odamni “Yonidan nasha chiqdi”, deb katta ko’chada ushlashadi.
Ovora bo’lib nashani tashib yurishmaydi. Tag’in chekib qo’ymasin, deb boshliqlari oddiy
mirshablarga bermasa kerak-da! Yoki bekatda turgan muxolifatchining qo’liga bir paket
tutqazishadi-da, “Dollar bilan pora oldi” deb ushlab ketishadi. Boshliqlar ahmoq emas, oddiy
mirshablarga dollar bersa, dollar qaytib kelmasligini bilishadi. Shuning uchun ishni oshkora,
nasiyaga bajartirishadi. Qani pora olmadim, deb ko’rsin. Bekatda turganlarning hammasi unga
qarshi guvoh bo’ladi.
Hukumat mulozimiga so’z qaytargan yoki uni tanqid qilib yozgan odamni xalqning ko’z oldida
ushlab, jinnixonaga tiqishadi. Uni birinchi bo’lib doktorning o’zi koyiydi׃ “Ahmoq, jinni
bo’lmasang hukumatga qarshi chiqasanmi?”.
Mana hozir siz ham shuni o’qib turib aytayapsiz, “Haqiqatan ham jinni, axir bu hukumatni tanqid
qilib bo’ladi-mi? Mana mendan o’rganib jim yurmaydimi?”.
Ba’zan meni ham “Bu jinni bo’lib qolgan shekilli, faqat Islom haqida yozadi” deb o’ylashingizni
ham bilaman. Ammo xafa bo’lmayman. Chunki bular Islom fundamentalizmining holvalari.
Uning shunday toshlari bor-ki, ana undan Xudo asrasin. Aslida bu borada ham oshkoralik.
49
O’zbekning dardini aytgan shoiri Yusuf Jumaning uyiga MXXning vakili boradi va ochiqchasiga
aytadi׃
-Jim yuring, topshiriq bor, avariyada o’lasiz, agar o’lmay qolsangiz, boshqa variantini ko’ramiz!
Yoki insonlarning huquqlarini himoya qilaman, deb tashkilot tuzmoqchi bo’lgan shaxsning uyiga
kelib׃
-Shu yilning ichida tashkilotingizga kirgan barcha faollarni qamaymiz. Bittasi poraxo’r, ikkinchisi
jinni, uchinchisi tuhmatchi va hokazo ayblar bilan qamaladi. Bundan xulosa chiqarmaganlarni
boshini yoramiz, o’g’lini qamaymiz! Buni oldindan aytib bera olamiz. Keyin navbat sizga keladi.
Sizni esa tirik qo’ymaymiz, qanday kasalingiz bor, bilamiz,-deydi.
Buni ochiq aytadi. Chunki oshkoralik. Chunki bu Islom fundamentalizmining muhim printsipi.
O’qigan bo’lsangiz, Ismat Xushev, o’g’lining “qaysidir jihatlari bilan unga o’xshashini niyat qilib”
ismini Islom deb qo’yganini, yozgandi. O’sha yillarda Islomlashtirish endi tug’ilayotgandi. Ism
qo’yish alohida kampaniyaga aylantirildi. Bu kampaniyaning shayxul-ulamosi Ismoil Jo’rabekov
edilar. Televidenie orqali “Hamma bolasiga Islom deb ism qo’ysin”, deya buyruq berilmasdi. Bu
juda ham nokamtarinlik bo’lishini kim-kim Ismoil aka yaxshi bilardilar. Shuning uchun
televidenie orqali maxsus programma berilib, unda o’z farzandiga Islom deb ism qo’ygan oila
maqtalardi, ko’z-ko’z qilinardi, bu oilaga yurtboshi nomidan Xiva gilamini taqdim etayotgan
Ismoil Jo’rabekov yoki Mavlon Umurzoqov tashrif buyurgani ko’rsatilardi.
Bizning xalq er ostida ilon o’tsa biladigan. Bir tomonda Xiva gilami. Ikkinchi tomonda kazo-
kazolarning tashrifi, uchinchi tomonda televizorga chiqish…
Uylanmaganlar uylanshga boshlashdi, xotini bilan yotmay qo’yganlar joydan turmay qolishdi…
Maqsad bitta׃ o’g’il tug’ilsin va unga Islom deb ism qo’yilsin.
Bir kun Afandi bolalarni aldamoqchi bo’lib, “Ana u muyulishda bepul shirinlik bermoqda”
deganidan keyin hamma bolalar gurillab o’sha tomonga yugurganidan so’ng “Balki berayotgan
bo’lsa-chi?”, deb o’zi ham yugurib ketganini bilasiz. Islomlashtirish shu qadar keng quloch otdi-
ki, hatto yurtboshining o’zi ham “Bir gap bor, shekili?”, deb nevarasiga “Islom”, deb ism qo’yib
yubordi.
Bugun istagan gazetani ochib ko’ring, hamma maqolada “Islom” degan so’zni topasiz. Bir emas,
o’nlab.
Faqat ta’ziyanomalar e’lon qilinadigan bo’limdan topolmasangiz kerak. Bu ham hozircha!
Bugun istagan partiyaning vebsaytini ochib ko’ring, birinchi jumlasidayoq “Islom” degan so’zni
ko’rasiz.
Mamlakatning qaerida bo’lmasin, har qanday uchrashuvga boring so’z boshlagan odam albatta
“Islom” degan kalimani ishlatadi.
50
Ko’chalarni aylaning va shiorlarga qarang, shu so’zni topasiz.
Maktab kitoblarini ochib ko’ring.
Mana-man degan shoirning she’rlarini o’qib chiqing.
Parlamentning ochilishidan yopilishiga, televizorning boshlanishidan tugashiga qadar, xullas,
hamma joyda shu so’z.
Hatto BMTning minbaridan ham shu so’z baralla aytiladi. Ishonmaysizmi? Uzoqqa bormang. Ana
O’zbekiston Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norovning 2006 yilning 25 Sentyabrda BMTda qilgan
nutqining 4-bandiga qarang. Shu kalima turibdi.
Sovet davrida Brejnev hamma joyga “Xush kelibsiz!” deb yozishni buyurganidan keyin
Turkmanistonda umumiy hojatxona teppasiga shunday shior ilingan ekan. Kulgandik. Keyin
nafasimiz ichimizga tushib ketdi. Chunki O’zbekistonda qabriston darvozasining teppasiga “Xush
kelibsiz!” deb yozib qo’yilgandi-da. Shunaqa xalqmiz. Buyruq bo’lsa bas. Bugun buyruq-
Islomlashtirish…
Bu ketishda ertaga bir kun Eshmatlashtirish yoki Eshaklashtirish davrini ham yashamasak
bo’lgani!
Do'stlaringiz bilan baham: |