Toshkent davlat yuridik instituti o. M. Mad aliyev prokuror nazorati



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/199
Sana21.06.2022
Hajmi15,13 Mb.
#688411
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   199
Bog'liq
Prokuror nazorati. Maxsus qism. Madaliyev O.M

Vengriya prokuraturasi
Vengriyada prokuratura konstitutsion maqomga ega. Bu mam- 
lakatda prokuratura mustaqil, faqat qonunga bo‘ysunadi va faqat 
parlament bilan bog‘liq. Mazkur bog'liqlikning amaliy oqibatlari 
shundaki, parlament olti yilda bir marta Bosh prokurorni saylaydi. 
Bosh prokuror yilda bir marta prokuratura faoliyati to‘g‘risida par­
lament oldida hisobot beradi. Prokuratura tashqi ko‘rsatmalar 
olmaydi.
Vengriya prokuraturasi bilan politsiya o£rtasidagi aloqa o‘ziga 
xoslik bilan ajralib turadi. Bu organlar o‘rtasida tashkiliy aloqa yo‘q, 
chunki politsiya Ichki ishlar vazirligining qismi, ya’ni ijro hoki­
miyati organidir, prokuratura esa faqat parlamentga bo‘ysunadi. 
Funksional aloqalar esa quyidagicha: politsiya tergov ishlarining 
asosiy qismini o‘tkazadi. Prokuratura (prokuror) bu vaqtda tergov 
ishlarining qonuniyligi ustidan nazorat olib boradi. Shu asosda 
politsiya tergov ishini prokurorning yozma va og‘zaki ko‘rsatmalariga 
muvofiq o ‘tkazadi. Prokuror, zarur deb topsa, tergov ishiga 
aralashishi va tergov harakatlarida ishtirok etishi mumkin.
Politsiya gumon qilinuvchini ushlab turish muddatini (72 soat) 
uzaytirish haqida prokurorga murojaat qiladi. Bundan tashqari,
29
-
21
449


politsiya har qanday jinoiy ish bo'yicha tergov ishini boshlash 
haqida yoki ishni tugatish to ‘g‘risidagi qaror haqida prokurorga 
xabar beradi. Qolganlarida politsiya prokuraturadan mustaqil ravishda 
harakat qiladi. Prokuror tomonidan ishni o ‘rganib chiqish esa 
politsiya tergovni tugatgandan so‘ng amalga oshiriladi. Prokuror 
hamma ishlarni o ‘rganib chiqmaydi. Bunday ishlar jamiyatda katta 
qiziqish uyg‘otgan bo‘ladi. Prokuratura va politsiya hamkorligi doimiy 
xarakterga ega.
Prokuraturaning o‘zi dastlabki tergov o‘tkazishda monopoliyaga 
ega emas. Hattoki, jamiyat uchun yuqori xavf bildiradigan ishlarda 
ham, aybdorga uch yildan ko‘p muddatga ozodlikdan mahrum 
qilish jazo chorasi qo‘llanilishi mumkin bo‘]ganda, prokuror ishni 
o‘z yurituviga olishni yoki uni boshqa boshqarmalarining tergov 
organlarida qoldirishni (politsiya, bojxona yoki aksiz boshqarmalari 
va h.k.) o‘zi hal qiladi. Dastlabki tergovda prokuror nazoratni amalga 
oshiradi. 
*
Prokuror tergovchining har qanday qarorini o ‘zgartirishi yoki 
bekor qilishi hamda tergov uchun butun javobgarlikni o‘z bo‘yniga 
olishga haqli. Prokuror dastlabki tergovning har qanday bosqichida 
uni tugatish haqida qaror qabul qilishga haqli.
0 ‘tgan asrning 90-yillari boshida Vengriya prokuraturasi 
strukturasida ham markazda, ham okruglarda yangi bo‘linma vujudga 
keldi — prokuror qidiruv byurosi. Uning funksiyalari politsiyanikiga 
o'xshaydi.
Vengriyada prokuror qonuniylik tamoyiliga qattiq rioya etadi. 
Ammo muayyan hollarda u «imkonlilik» tamoyiliga tayanish huqu- 
qiga ega. Masalan, ijtimoiy xavfi uncha katta bo‘Imagan jinoiy ishlar 
bo‘yicha prokuror huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun 
muhim maTumot bergan shaxslarga nisbatan jinoiy ishni tugatish 
to ‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
Sudda prokuror ham himoyachi ega bolgan huquq va maj- 
buriyatlarga ega bo‘lib, ishda taraf sifatida chiqadi. Prokuror savollar 
berishga, arizalar berishga, ayblovdan voz kechishga, uni o ‘zgar- 
tirishga, ya’ni ayblov tayyorlash uchun muhokamani boshqa kunga 
qoldirishni talab qilishga haqli.
Vengriya prokuratura strukturasi qonuniylik tamoyiliga arnal qiladi. 
Prokurorlar sud muhokamasini o‘tkazish yoki o ‘tkazmaslik rnasa- 
lasida diskretsion imkoniyatga ega emas. Qonun qarorlar qabul qilish 
jarayoniga siyosiy motivlarni qo‘shishni man etadi.
450


Polshada prokuratura faoliyati «Davlat prokuraturasi to ‘g‘ri- 
sida»gi, «Oliy sud to ‘g‘risida»gi, «Konstitutsion tribunal to ‘g‘risi- 
da»gi, «Sud korpusining milliy kengashi to‘g‘risida»gi, «Apellatsion 
sudlarini tashkil etish to ‘g‘risida»gi qonunlar bilan tartibga solinadi.
Polshada prokuratura ijro hokimiyatining tarkibiy qismi bo‘lib, 
Adliya vazirligiga bo‘ysunadi, и esa Bosh prokuror vazifalarini 
bajaradi.
0 ‘tgan asrning 90-yillari boshlariga qadar, Polshaning butun 
huquqiy tizimi, shujumladan, prokuratura, SSSR namunasi bo‘yi- 
cha tuzilgan. Bozor munosabatlarining rivojlanish davrida Polsha 
Sharqiy Yevropaning boshqa mamlakatlariga nisbatan o‘z huquqiy 
tizimini g'arb modeli bo'yicha qayta tuzdi. Shu bilan birga, prokura­
tura organlari funksiyalari deyarli o‘zgarmay qoldi.
Awalgidek, Polsha prokuraturasi dastlabki tergovni o‘tkazadi 
va uni nazorat qiladi; jinoiy va fuqarolik ishlari bo‘yicha da’vo taqdim 
etadi; jinoiy va fuqarolik ishlarini ko‘rishda, sud protsessida taraf 
sifatida qatnashadi; sudda va ma’muriy protsessda huquqni to‘g‘ri va 
bir xilda qo'llash ustidan nazorat qiladi; jinoyatchilik masalalari 
bo‘yicha tekshirishlar o'tkazadi; qonunga zid bo‘lgan ma’muriy 
organlar qarorlari ustidan protest keltiradi; jinoyatchilikka qarshi 
kurash bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini 
muvofiqlashtiradi; jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar oldini 
olish sohasida boshqa davlat organlari va jamoat tashkilotlari bilan 
hamkorlikni amalga oshiradi; normativ aktlar huquqiy ekspertiza- 
sini o‘tkazadi.
Konstitutsiyaning 64-moddasiga binoan, prokuratura huquq- 
tartibotni muhofaza qiladi va jinoyat sodir etgan shaxslarni ta’qib 
etish uchun m as’uldir. Bu faoliyat quyidagi vositalar orqali 
ta ’minlanadi; prokuratura tomonidan dastlabki tergov ishlarini 
o'tkazish; boshqa boshqarmalar tomonidan o‘tkaziladigan tergov 
ishlarini nazorat qilish; prokurorning sudda davlat ayblovchisi 
sifatida qatnashish, fuqarolik va jinoiy ishlami ко‘rib chiqishda sudlar 
tomonidan qonunlarni ijro etilishini nazorat qilish; jinoiy ishlar 
bo'yicha qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilish.
Polshada prokuratura organlarining markazda va joylardagi 
prokuraturalarning hamkorligi masalasining hal qilinishi o‘ziga 
xosdir. Xizmat nazoratining mazmuni faoliyat davomida yo‘l 
qo‘yilgan xatolarni aniqlash va prokuratura organlari faoliyatini

Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish