Toshkent davlat yuridik instituti o. M. Mad aliyev prokuror nazorati



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/199
Sana21.06.2022
Hajmi15,13 Mb.
#688411
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   199
Bog'liq
Prokuror nazorati. Maxsus qism. Madaliyev O.M

Bolgariya prokuraturasi
Prokuratura organining o'mi, funksiyasi va vakolatlari Bolgariya 
Konstitutsiyasi, «Sud hokimiyati to ‘g‘risida»gi Qonun va JPK bilan 
belgilanadi. Davlat prokuraturasi sud hokimiyatining bir qismi 
bo'lib, Bolgariya Respublikasida odil sudlovni amalga oshirar ekan, 
mustaqil institutdir, prokurorlar esa o'z funksiyalarini bajarishda 
faqat qonunga bo'ysunadi. Prokuratura parlament va hukumatdan
447


mustaqil, ular o ‘rtasida hech qanday institutsion aloqa yo‘q. Hech 
kim prokurorlarga ular faoliyati yuzasidan ko‘rsatmalar berishga 
haqli emas. Barcha davlat organlari va jamoat birlashmalari, fuqa- 
rolar prokurorga o‘z funksiyalarini bajarishda ko‘makIashishi shart.
Prokuratura strukturasi uch darajali sud strukturasiga o‘xshaydi. 
Sudlar bilan munosabatlar «Sud hokimiyati to ‘g‘risida»gi Qonun 
va JPK bilan tartibga solinadi. Sud protsessida prokuratura nizola- 
shayotgan tomon hisoblanadi va jinoyat sodir etgan shaxs va uning 
advokati bilan teng huquqqa ega. Davlat prokuraturasi sudda fuqarolik 
va jinoiy ishlarni ko‘rishda qatnashar ekan, davlat va jamoat 
manfaatlarini himoya qiladi va qonuniylikka rioya etish ustidan 
nazorat qiladi.
Bolgariya prokuraturasining faoliyatida jinoyatchilikka qarshi 
kurash muhim o ‘rin egallaydi. Bu ish prokuratura tomonidan 
politsiya hamkorligi bilan amalga oshiriladi. Politsiya va prokuratura 
munosabatlari JPK va «Sud hokimiyati to ‘g‘risida»gi Qonun bilan 
tartibga solinadi. «Sud hokimiyati to‘g‘risida»gi Qonunning 19-mod- 
dasiga ko‘ra, prokuratura politsiyaga ijro etilisfti majburiy bo‘lgan 
ko‘rsatmalar berishga haqli. Prokuratura politsiyaga tezkor m a’lu- 
motni tekshirish, jinoiy ishlar qo‘zg‘atish va tergov qilish va tergov 
materiallarini prokuraturaga taqdim etishni buyurishi mumkin. 
Fuqarolarning konstitutsion huquq va erkinliklarini cheklovchi 
tergov va tezkor harakatlarni o‘tkazishda prokuror sanksiyasi talab 
qilinadi. Masalan, qidiruvda bo‘lgan shaxsni ushlashda prokurorning 
yozma ko'rsatmasi yoki tegishli sud buyrug‘i bo‘lishi shart.
«Sud hokimiyati to ‘g‘risida»gi Qonunning 119-moddasiga 
binoan, prokuror ushlangan shaxslar bilan xohlagan vaqtda ko'ri- 
shish, ular bilan suhbatlashish, hujjatlarni tekshirishi mumkin. 
Ularga asoslanib, nima sababda ushlanganligini aniqlaydi. Agar 
prokuror ushlangan shaxsning huquqlari buzilganligini aniqlasa, 
darhol buzilishlarni bartaraf qilish choralarini ko'radi, zarur bo‘l- 
ganda esa ushlanganni ozod etadi. Ushlab turish va ozod etish proku- 
rorning yozma ko‘rsatmasi asosida amalga oshiriladi.
Prokuror dastlabki tergovning qonuniyligi ustidan nazorat va 
rahbarlik qiladi. Shu maqsadda u tergov organlariga ijrosi majburiy 
ko'rsatmalar beradi; tergov materiallarini tekshirish uchun talab 
qilib oladi; tergov harakatlarini o'tkazishdan qonunni buzgan 
shaxslarni hamda ishni ochish jarayonini ta ’minlamayotganlami 
chetlatadi; ishni tergov qilishni boshqa tergovchiga buyuradi; 
politsiyaga aniq jinoyat ishi bo‘yicha, jinoyatchilik bilan kurash 
bo‘yicha, umumiy masalalar bo‘yicha ko‘rsatmalar beradi.
448


Bolgariya prokurorining asosiy funksiyasi jinoyat protsessida 
ishtirok etishdir. Konstitutsiya (127-modda), «Sud hokimiyati 
to ‘g‘risida»gi Qonun (118-modda) va JPK (43-modda)ga asosan 
prokuratura odil sudlovga jinoyat sodir etgan shaxsni topshiradi va 
sud muzokarasi vaqtida ayblov taqdim etadi (bunda protsessda davlat 
ayblovchisi sifatida ishtirok etadi).
Prokuror — sud protsessida faol tomon va uning ishtirokchilari 
bilan teng huquqlarga ega. Sudda ayblov aktini taqdim etar ekan, 
prokuror sudlanuvchiga birinchi bo'lib savollar beradi, ayblovni 
o ‘zgartirishi mumkin, ishni dastlabki tergovga qaytarish tashab- 
buskori bo‘lishi mumkin.
Davlat manfaatlarini himoya qilar ekan, prokuror fuqarolik, 
m a’muriy va tijorat ishlarini ko‘rishda ishtirok etishi mumkin va 
sud uchun majburiy bo'lmagan fikrini bildirishi mumkin. Alohida 
hollarda davlat manfaatlarini himoya qilishda yoki alohida toifadagi 
shaxslar (voyaga yetmaganlar, nogironlar, kamdaromadlilar) 
huquqlarini himoya qilish uchun prokuror o‘zi fuqarolik ishi qo‘z- 
g‘atishi mumkin.

Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish