Microsoft Word kuk turklari asiri ziyouz com doc



Download 452,46 Kb.
Pdf ko'rish
bet76/111
Sana21.06.2022
Hajmi452,46 Kb.
#688287
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   111
Bog'liq
kok turklari asiri

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
76
tug‘ruqxonalari va na qabristonlari bor. Lekin agar mol sovuqdan va ochlikdan o‘lsa, bu 
insonning boshiga tushgan kulfatga guvoh bo‘lgandan ham battar. Horg‘in cho‘ponlar 
ochdan o‘layotgan qo‘ylarga muzlab yotgan smolani sindirar, qo‘ylar esa yo‘q hashakka 
talpinib, muzlagan tumshuqlarini dam-badam oxurga tiqishardi.
Bilmadim, bu qutqaruvchilar hayvonlarga ozuqa bo‘lmagan bir sharoitda qanday yordam 
ko‘rsata olarkin, lekin mana ular nima qilishdi: cho‘ponlar umidsizlikka tushib, o‘lib 
qolmasidan burun ko‘proq qo‘ylarni so‘yib yuborishga urinishardi. Mo‘g‘ullar o‘limtik 
iste'mol qilishmaydi, faqat so‘yilgan hayvonni yeyishadi, shu bois ular aqalli o‘zlari uchun 
go‘sht bo‘ladi, deya hayvonlarni so‘yishardi. Guruh bir chetda so‘yish xonasi tashkil etdi. 
Xudo biladi qaerdan, lekin ular bir qochoq echkini topib olishgandi va bu ayyor va to‘q 
jonivor qo‘ylarning birinchi guruhini ovqat va iliqlik va'da qilib, so‘yish joyiga boshlab 
keladi. Unda oddiy so‘yish mashinasi bo‘lib, echki maxsus teshikdan ichkariga kirgach, 
bechora och qo‘y ovqatga talpinib boshini suqadi va shu zahoti keskich uni boshidan 
judo qiladi, tanasi esa o‘lim talvasasida bir tomonga gursillab yiqiladi...
106
«O'lim talvasasi» Afg‘onistonda ro‘y bergan undan-da mudhish manzarani yodimga 
soladi. Nega u yerda bo‘lganimni aytishdan avval o‘shandan beri unuta olmaganim 
g‘aroyib marosimni tasvirlab bersam. Bu Mozori Sharif va Qoshg‘ar oralig‘ida joylashgan 
tog‘lar bag‘ridagi bir qishloqda ro‘y bergandi. Qishloq oralab ketib borarkanmiz, 
qurollangan qo‘riqchi bizni to‘xtatib, qatl marosimiga qo‘shilishimizni buyurdi. Men, 
mijozim (u haqda keyinroq gapirib beraman) va haydovchimiz olomonga qo‘shildik va 
aytilgan joyga keldik. U yerda boshiga qop kiygizilgan, qo‘li bog‘liq bir kishini ko‘rdik. 
Jarchilar baland ovozda baqirgan edi, boshqa bir kishi nariroqda turgan qozon tagiga 
olov yoqdi. Ular jamoatchilikka osh pishiryaptilarmi, deb taajublandim. Lekin nega? Qatl 
degani o‘yin-kulgi emas-ku, buning ustiga oshning masalliqlari ham yo‘q. Qozon ichi 
qaynab turgan yog‘ga to‘la edi: uning hidi atrofga taralib turardi. Baribir, ko‘p narsa 
o‘ylolmadim. Birdan jallod haligi kishini orqasiga bir turtib, gandiraklab yerga qulab 
tushgunicha kallasidan judo qildi. Boshni olomon orasida aylantirib chiqishdan avval, 
jallod tanani mahkam qisib, uning kesilgan tomog‘i tomonini qizib turgan yoqqa soldi. 
Qon hamma yoqqa favvoraday otilguncha yog‘ uni jizg‘anak qildi, shundan so‘ng jallod 
tanani yerga irg‘itib yubordi. Boshsiz tana bujmayib, odamlar va chang o‘rtasida 
to‘lg‘ona boshladi. «O'lim talvasasi», pichirladi haydovchimiz... 
107
Bilga-Hoqon o‘lim oldi talvasasida yotardi. «Agar prodshoh onangga tegajog‘lik qilsa, 
dardingni kimga aytasan?», - eng so‘nggi kuchini to‘plab baqirdi u. Na xotini Pobeka va 
na o‘g‘li Yo‘lluk bu so‘zlarning asl ma'nosini tushundi: Hukmdor bu bilan Ko‘k O'g‘lini 
nazarda tutdimi yo saltanatning ko‘zu qulog‘i bo‘lishi uchun yuborgani Meyluchjonimi? 
Balki Bilga-Hoqon uni hamma narsadan mahrum qilgan Hukmdorlar Hukmdori - 
Tangrining O'zi haqida shikoyat qildimi? Boshqa kimdan shikoya qilishi mumkin? 


Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz

Download 452,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish