O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Qo‘shimcha hal qiluv qarori



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/173
Sana21.06.2022
Hajmi0,85 Mb.
#687426
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   173
Bog'liq
22.01.2018. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi

262-modda. Qo‘shimcha hal qiluv qarori
Ish bo‘yicha hal qiluv qarorini qabul qilgan sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga
ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan quyidagi hollarda qo‘shimcha hal qiluv qarori chiqarishi mumkin,
agar:
1) huquq to‘g‘risidagi masalani hal qilib, undiriladigan summaning miqdorini, olib berilishi
kerak bo‘lgan mol-mulkni yoki javobgar amalga oshirishi shart bo‘lgan harakatlarni ko‘rsatmagan
bo‘lsa;
2) arz qilingan talablarning birortasi bo‘yicha ishda ishtirok etuvchi shaxslar dalillar taqdim
etgan va tushuntirishlar bergan bo‘lsalarda, biroq bu xususda hal qiluv qarori qabul qilinmagan
bo‘lsa;
3) hal qiluv qarorida sud xarajatlarini taqsimlash ko‘rsatilmagan bo‘lsa.
Qo‘shimcha hal qiluv qarorini chiqarish to‘g‘risidagi masala hal qiluv qarori chiqarilgan
kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay qo‘zg‘atilishi mumkin.


Qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish to‘g‘risidagi masala ishda ishtirok etuvchi shaxslar
xabardor qilingan holda sud majlisida ko‘rib chiqiladi. Biroq bu shaxslarning kelmaganligi masalani
ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi. Qo‘shimcha hal qiluv qarori ustidan asosiy hal qiluv qarori
bilan birga shikoyat qilinishi va protest keltirilishi mumkin.
Qo‘shimcha hal qiluv qarori asosiy hal qiluv qarori bilan birga qonuniy kuchga kiradi.
Qo‘shimcha hal qiluv qarorini chiqarish rad etilgan taqdirda, ajrim chiqariladi.
Qo‘shimcha hal qiluv qarorini chiqarishni rad etish haqidagi sudning ajrimi ustidan xususiy
shikoyat (protest) berilishi mumkin.
263-modda. Hal qiluv qarorini tushuntirish
Hal qiluv qarori noaniq bo‘lsa, ishni hal qilgan sud o‘z tashabbusiga yoki ishda ishtirok etuvchi
shaxslarning arizasiga, shuningdek hal qiluv qarorini ijro etish zimmasiga yuklatilgan organlar va
davlat ijrochisining arizasiga ko‘ra hal qiluv qarorini uning mazmunini o‘zgartirmagan holda
tushuntirishga haqli.
Agar hal qiluv qarori ijro etilmagan va uni majburiy ijro ettirish mumkin bo‘lgan muddat
o‘tmagan bo‘lsa, hal qiluv qarorini tushuntirishga yo‘l qo‘yiladi.
Hal qiluv qarorini tushuntirish to‘g‘risidagi masala ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor
qilingan holda sud majlisida ko‘rib chiqiladi. Biroq, bu shaxslarning sudga kelmaganligi hal qiluv
qarorini tushuntirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Sud hal qiluv qarorini tushuntirish to‘g‘risidagi arizani u kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n
kunlik muddatda ko‘rib chiqadi.
Hal qiluv qarorini tushuntirish to‘g‘risidagi arizani ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqariladi.
Hal qiluv qarorini tushuntirish to‘g‘risidagi sudning ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest)
berilishi mumkin.

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish