O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/173
Sana21.06.2022
Hajmi0,85 Mb.
#687426
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   173
Bog'liq
22.01.2018. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi

25-bob. Sud bayonnomalari
276-modda. Bayonnoma yuritish shartligi
Har bir sud majlisi to‘g‘risida, shuningdek sud majlisi zalidan tashqarida qilingan har bir
alohida protsessual harakat to‘g‘risida bayonnoma tuziladi.
277-modda. Bayonnoma mazmuni
Sud majlisi bayonnomasida ish muhokamasining yoki alohida protsessual harakatlarni
amalga oshirishning barcha muhim jihatlari aks ettirilishi kerak. Sud majlisi bayonnomasida
quyidagilar ko‘rsatiladi:
1) sud majlisi bo‘lib o‘tgan yil, oy, kun va joy;
2) sud majlisi boshlangan va tamomlangan vaqt;
3) ishni ko‘rayotgan sudning nomi, sudyaning familiyasi, ismi va otasining ismi, hamda sud
majlisining kotibi;
4) ishning nomi va raqami;
5) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va odil sudlovga ko‘maklashayotgan shaxslarning
kelgan-kelmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
6) sudning taraflar va protsessning boshqa ishtirokchilariga ularning protsessual huquq va
majburiyatlarini tushuntirganligi;
7) ushbu moddaning 
5-bandida
ko‘rsatilgan shaxslarga sud chaqiruv qog‘ozlari va boshqa
xabarnomalar topshirilganligi to‘g‘risidagi hamda ular sud majlisiga kelmaganligining sabablari
haqidagi ma’lumotlar;
8) raislik qiluvchining barcha farmoyishlari va sudning alohida xonaga (maslahatxonaga)
chiqmasdan chiqargan ajrimlari;
9) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizalari;
10) sudga taqdim etilgan barcha yozma va ashyoviy dalillar, ekspertlarning yozma xulosalari,
mutaxassislarning maslahatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
11) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari, guvohlarning ko‘rsatuvlari,
ekspertlarning o‘z xulosalarini og‘zaki tushuntirishlari, mutaxassislarning tushuntirishlari, ashyoviy
va yozma dalillarni ko‘zdan kechirishga taalluqli ma’lumotlar;
12) sud muzokaralarining mazmuni va prokurorning fikri;
13) sudning hal qiluv qarori, ajrimi yoki qarori o‘qib eshittirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Sud majlisi bayonnomasida boshqa ma’lumotlar ham ko‘rsatilishi mumkin.
Sud majlisi audio- yoki videoyozuvga olingan taqdirda, sud majlisi bayonnomasiga sud
majlisida yozib olish texnika vositalaridan foydalanilganligi to‘g‘risida belgi qo‘yiladi.
Sud majlisining bayonnomasi audio- va videoyozuv vositalaridan foydalangan holda to‘xtovsiz
yozib boriladi.
Audio- va videoyozuv saqlanayotgan elektron yoki boshqa manbalar sud majlisi
bayonnomasiga yoki alohida protsessual harakatlarni bajarish haqidagi bayonnomaga qo‘shib
qo‘yiladi, unga tegishli yozuv kiritiladi.
Sud majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilgan taqdirda, sud majlisi bayonnomasida
ushbu moddaning 
birinchi qismida 
nazarda tutilganlardan tashqari:


sud majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi;
sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazishda ko‘maklashayotgan sudning nomi
haqidagi;
ishda ishtirok etuvchi shaxslar va sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazishga
ko‘maklashayotgan, sudga kelgan sud protsessining boshqa ishtirokchilari to‘g‘risidagi;
sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilishiga ko‘maklashayotgan sudning va ishni
ko‘rayotgan sudning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha xodimlari haqidagi
ma’lumotlar ham ko‘rsatilishi kerak.

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish