O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Da’voni ta’minlash choralarini bekor qilish



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/173
Sana21.06.2022
Hajmi0,85 Mb.
#687426
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   173
Bog'liq
22.01.2018. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi

111-modda. Da’voni ta’minlash choralarini bekor qilish
Da’voni ta’minlash choralari ishni ko‘rib chiqayotgan sud tomonidan bekor qilinishi mumkin.
Da’voni ta’minlashni bekor qilish to‘g‘risidagi masala ishda ishtirok etayotgan shaxslar
xabardor qilingan holda sud majlisida hal etiladi. Biroq bu shaxslarning kelmaganligi da’voni
ta’minlashni bekor qilish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Hakamlik sudining da’vo talablarini qanoatlantirishni rad etish haqidagi hal qiluv qarori
da’voni ta’minlash choralari sud tomonidan bekor qilinishi uchun asos bo‘ladi.
Da’voni ta’minlash choralarini bekor qilish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish natijalari
bo‘yicha ajrim chiqariladi. Ajrimning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etayotgan shaxslarga ajrim
chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay yuboriladi.
112-modda. Da’voni ta’minlash choralarining saqlanish muddati
Da’vo rad qilingan taqdirda, da’voni ta’minlash choralari hal qiluv qarori qonuniy kuchga
kirguniga qadar saqlanib qoladi. Biroq sud da’voni ta’minlash choralarini bekor qilish to‘g‘risida hal
qiluv qarori bilan bir vaqtda yoki u qabul qilinganidan so‘ng ajrim chiqarishi mumkin.
Da’vo qanoatlantirilgan taqdirda, da’voni ta’minlash choralari hal qiluv qarori amalda ijro
etilguniga qadar o‘z kuchini saqlab qoladi.


113-modda. Da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi ajrimlar ustidan shikoyat qilish (protest
keltirish)
Da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi ajrim ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi ajrim ustidan xususiy shikoyat (protest) berish muddati
ajrimning ko‘chirma nusxasi topshirilgan yoki yuborilgan kundan e’tiboran hisoblanadi.
114-modda. Da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat (protest) berish oqibati
Sudning da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi
ushbu ajrimning ijrosini to‘xtatmaydi.
Sudning da’voni ta’minlashni bekor qilish to‘g‘risidagi yoki da’voni ta’minlashning bir turini
boshqasi bilan almashtirish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi ushbu
ajrimning ijrosini to‘xtatib qo‘yadi.

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish