O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/173
Sana21.06.2022
Hajmi0,85 Mb.
#687426
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   173
Bog'liq
22.01.2018. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi

9-bob. Da’voni ta’minlash
105-modda. Da’voni ta’minlash asoslari
Sud (sudya) da’voni ta’minlash choralarini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasi yoki o‘z
tashabbusi bo‘yicha ko‘rishi mumkin. Agar da’voni ta’minlash choralarini ko‘rmaslik sud hujjati
ijrosini qiyinlashtirsa yoki uni bajarib bo‘lmaydigan qilib qo‘ysa, da’voni ta’minlashga yo‘l qo‘yiladi.
Da’voni ta’minlashga sud protsessining har qanday bosqichida yo‘l qo‘yiladi.
Davlat foydasiga mulkiy undiruvlar bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqayotganda sud (sudya)
da’voni ta’minlash choralarini ko‘rishi shart.
Da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi arizada da’voni ta’minlash choralarini ko‘rish asoslari va
zaruriyati ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Hakamlik sudida ko‘rib chiqilayotgan da’voni ta’minlash choralari hakamlik muhokamasi
tarafining tanloviga ko‘ra, hakamlik sudi joylashgan erdagi yoxud javobgar turgan joydagi yoki
yashaydigan joydagi yoinki javobgarning mol-mulki turgan joydagi fuqarolik ishlari bo‘yicha sud
tomonidan ko‘rilishi mumkin. Da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi arizaga da’voning hakamlik sudiga
taqdim etilganligini isbotlovchi dalillar ilova qilinadi.
Hakamlik sudida ko‘rib chiqilayotgan da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi arizani fuqarolik ishlari
bo‘yicha sud tomonidan ko‘rib chiqish va da’voni ta’minlash haqida ajrim chiqarish ushbu bobda
nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
106-modda. Da’voni ta’minlash choralari
Quyidagilar da’voni ta’minlash choralari bo‘lishi mumkin:
1) javobgarga tegishli bo‘lgan va uning o‘zida yoki boshqa shaxsda turgan mol-mulkni yoxud
pul mablag‘larini xatlash;
2) javobgar muayyan harakatlarni amalga oshirishini taqiqlash;
3) boshqa shaxslarning javobgarga mol-mulk berishini yoki unga nisbatan boshqa
majburiyatlarni bajarishini taqiqlash;
4) mol-mulkni xatlashdan chiqarish to‘g‘risida da’vo arz qilingan taqdirda, uni realizatsiya
qilishni to‘xtatish;
Oldingi
 tahrirga qarang.
5) qarzdor ijro hujjati yuzasidan sud tartibida nizolashayotgan bo‘lsa va agar bunday
nizolashishga qonunchilikda yo‘l qo‘yilsa, bu hujjat bo‘yicha undiruvni to‘xtatish;
(106-modda birinchi qismining 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
6) nizoli mol-mulk buzilishi, holati yomonlashishining oldini olish maqsadida javobgarga
muayyan harakatlarni amalga oshirish majburiyatini yuklatish;
7) nizoli mol-mulkni saqlash uchun uchinchi shaxsga (saqlovchiga) topshirish.
Zarur hollarda, sud (sudya) da’voni ta’minlash bo‘yicha boshqa choralar ham ko‘rishi mumkin.
Da’voning ish haqini, daromadni, pensiya va stipendiyani xatlash yo‘li bilan ta’minlanishiga
yo‘l qo‘yilmaydi, bundan aliment undirish to‘g‘risidagi, mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha
tarzda shikast yetkazganlik, shuningdek boquvchisining o‘limi oqibatida ko‘rilgan zararning o‘rnini


qoplash haqidagi, o‘zgalar mol-mulkini talon-toroj qilganlik natijasida ko‘rilgan zararning o‘rnini
qoplash to‘g‘risidagi da’volar mustasno.
Da’voni ta’minlash choralari da’vogar arz qilgan talabga mutanosib bo‘lishi kerak.
Zarur hollarda, sud da’voni ta’minlash chorasining bir nechta turini qo‘llashi mumkin, lekin
ularning umumiy summasi da’voning bahosidan oshib ketmasligi kerak.

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish