O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


 -modda. Moddiy huquq normalarini buzish yoki noto‘g‘ri qo‘llash



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/173
Sana21.06.2022
Hajmi0,85 Mb.
#687426
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   173
Bog'liq
22.01.2018. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi

399 -modda. Moddiy huquq normalarini buzish yoki noto‘g‘ri qo‘llash
Quyidagi hollarda moddiy huquq normalari buzilgan yoki noto‘g‘ri qo‘llanilgan deb
hisoblanadi, agar:
1) sud qo‘llanilishi lozim bo‘lgan qonun yoki boshqa qonun hujjatini qo‘llamagan bo‘lsa;
2) sud qo‘llanilmasligi lozim bo‘lgan qonun yoki boshqa qonun hujjatini qo‘llagan bo‘lsa;
3) sud qonun yoki boshqa qonun hujjatini noto‘g‘ri talqin qilgan bo‘lsa.
399 -modda. Protsessual huquq normalarini buzish yoki noto‘g‘ri qo‘llash
Protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilganligi ishning noto‘g‘ri
hal etilishiga sabab bo‘lgan yoki sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan taqdirdagina hal qiluv qarorining,
ajrimning yoki qarorning bekor qilinishiga asos bo‘ladi.
Agar:
3
1
2
3


1) ish sud tomonidan g‘ayriqonuniy tarkibda yoki taalluqlilik to‘g‘risidagi qoidalar buzilgan
holda ko‘rilgan bo‘lsa;
2) ish sud muhokamasida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan, ammo sud majlisining vaqti va
joyi to‘g‘risida xabardor qilinmagan shaxslardan biror-biri yo‘qligida ko‘rilgan bo‘lsa;
3) ish ko‘rilayotganida ish yuritilayotgan tilga doir qoidalar buzilgan bo‘lsa;
4) sud ishida ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari
to‘g‘risidagi masalani hal qilgan bo‘lsa;
5) hal qiluv qarori, ajrim, qaror chiqarishda sud maslahatining sir saqlanishiga doir qoidalar
buzilgan bo‘lsa;
6) hal qiluv qarori, ajrim, qaror sudya tomonidan imzolanmagan yoki ishni ko‘rgan va hal
qilgan sudyalardan (sudyadan) boshqa sudyalar (sudya) tomonidan imzolangan bo‘lsa;
7) ishda sud majlisi bayonnomasi mavjud bo‘lmasa yoki u imzolanmagan bo‘lsa, hal qiluv
qarori, ajrim, qaror bekor qilinishi mumkin.
399 -modda. Apellatsiya instansiyasi sudining ajrimi
Apellatsiya instansiyasi sudining ajrimida quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
Oldingi
 tahrirga qarang.
1) ishning raqami, ajrim chiqarilgan sana va joy;
(399 -modda birinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-sentabrdagi O‘RQ-716-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 03/21/716/0877-son)
2) ajrim chiqargan sudning nomi va tarkibi;
3) taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning ishtiroki to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
4) ish kimning shikoyati yoki protesti bo‘yicha ko‘rib chiqilganligi;
5) shikoyat qilingan yoki protest keltirilgan sud hujjatining nomi va uning qisqacha mazmuni;
6) shikoyatda yoki protestda bayon etilgan vajlar, taqdim etilgan materiallarning qisqacha
mazmuni, ishni ko‘rishda ishtirok etgan shaxslarning tushuntirishlari va prokurorning fikri;
7) apellatsiya instansiyasi sudi xulosaga kelishiga asos bo‘lgan sabablar hamda sud amal
qilgan moddiy va protsessual huquq normalari;
8) qarorning xulosa qismi.
Sud shikoyatni (protestni) rad qilgan taqdirda o‘z ajrimida qaysi sabablarga ko‘ra shikoyatdagi
(protestdagi) vajlarni noto‘g‘ri deb yoki qarorni bekor qilish, o‘zgartirish yoxud yangi hal qiluv qarori
chiqarish uchun asos bo‘lmaydi deb topganligini ko‘rsatishi shart.
Apellatsiya instansiyasi sudining ajrimi ishni ko‘rgan sudyalar tomonidan imzolanadi.
Apellatsiya instansiyasi sudi ajrimining nusxalari ishda ishtirok etgan shaxslarga ajrim
chiqarilgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay pochta orqali yoki elektron hujjat tarzida
yuboriladi.
Apellatsiya instansiyasi sudining ajrimi chiqarilgan kundan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi.

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish