O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) to‘ldirish, o‘zgartirish, shikoyatdan voz



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/173
Sana21.06.2022
Hajmi0,85 Mb.
#687426
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   173
Bog'liq
22.01.2018. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi

393-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) to‘ldirish, o‘zgartirish, shikoyatdan voz
kechish va protestni qaytarib olish
Apellatsiya shikoyati bergan shaxs apellatsiya instansiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga
qadar shikoyatni to‘ldirishga, o‘zgartirishga yoki undan voz kechishga haqli.
Apellatsiya protesti keltirgan prokuror, shuningdek yuqori turuvchi prokuror apellatsiya
instansiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar protestni to‘ldirishga, o‘zgartirishga yoki
qaytarib olishga haqli.
Shikoyatdan voz kechilganda va protest qaytarib olingan taqdirda, apellatsiya instansiyasi
sudi ajrim chiqaradi hamda unga ko‘ra apellatsiya tartibida ish yuritishni tugatadi.
Apellatsiya shikoyati (protesti) rad etilganligi (qaytarib olinganligi) sababli mazkur shikoyat
(protest) bo‘yicha apellatsiya tartibida ish yuritishning tugatilishi, agar tegishli sud qarori ustidan
boshqa shaxslar tomonidan shikoyat qilingan bo‘lsa, boshqa apellatsiya shikoyatlarini (protestini)
ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
394-modda. Da’vogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi, javobgarning da’vogar
talablarini tan olishi va taraflarning kelishuv bitimi
Apellatsiya shikoyati (protesti) berilgandan keyin da’vogarning arz qilingan talablaridan voz
kechishi, javobgarning da’vogar talablarini tan olishi va taraflarning kelishuv bitimi yozma shaklda,
shu jumladan elektron hujjat tarzida apellatsiya instansiyasi sudiga taqdim etilishi kerak.
Agar ish muhokamasi davomida da’vogar arz qilingan talablaridan voz kechsa, javobgar
bildirilgan talablarni tan olsa yoki taraflar kelishuv bitimi tuzsa, bu haqda sud majlisining
bayonnomasiga yozib qo‘yiladi.
Sud da’vodan voz kechishni qabul qilishdan yoki kelishuv bitimini tasdiqlashdan oldin
da’vogarga yoki taraflarga bunday protsessual harakatlarning oqibatlarini tushuntiradi.
Apellatsiya instansiyasi sudi da’vogarning arz qilingan talablaridan voz kechishini qabul
qilganida yoki taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlaganida chiqarilgan hal qiluv qarorini bekor
qiladi va ish yuritishni tugatadi.
Agar da’vogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi yoki taraflarning kelishuv bitimi
qonunga zid bo‘lsa yoxud boshqa birovning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan
manfaatlariga xilof bo‘lsa, sud voz kechishni qabul qilmaydi yoxud tuzilgan kelishuv bitimini
tasdiqlashni rad etadi va ishni apellatsiya tartibida ko‘rib chiqadi.

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish