1 .
Pedagogika.va.psixologiya.
2 .
internet.resurslari.
56
10
Июнь
17
O‘QUV JARAYONIDA ELEKTRON DARSLIKLARDAN FOYDALANISHNING
IMKONIYATLARI
Rahmonova Husnobod Valerievna
Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani
12-umumiy o‘rta ta’lim maktabining Matematika fani o‘qituvchisi.
Tel:91-157-59-57
Annotatsiya:
Ushbu maqolada o‘quv jarayonida elektron darsliklardan foydalanishning
imkoniyatlari,. elektron. darsliklar. yaratish. tamoyillari. va. ularni. qo‘llash. usullari. haqida. fikr.
yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
Elektron darslik, mustaqil ta’lim, uzluksiz ta’lim, interaktiv o‘quv, axborot,
gipermatn,.gipermedia.
Ta’lim tizimi uchun yaratilgan elektron o‘qitish tizimlari kamida uchta qismdan iborat bo‘lishi
maqsadga. muvofiqdir.. ularga.
ta’lim berish, mashqlarni bajarish va nazorat qilish
qismlarini
keltirish.mumkin.
Elektron darslikning ta’lim berishga mo‘ljallangan qismida o‘quv materiallarini taqdim
etganda.uning.o‘quvchilar.tomonidan.tushunish.darajasiga.alohida.e’tibor.berish.kerak..Taqdim.
etilayotgan o‘quv materiallari ta’lim oluvchilar uchun sodda, qulay, ko‘rgazmali va yaxshi
o‘zlashtirish uchun izohli ma’lumotlar tavsiya etilgan bo‘lishi, shuningdek, o‘quv materiallarida
kerakli. ta’riflar,. tayanch. iboralar,. kalit. so‘zlarga. murojaat. qilishda. qo‘shimcha. imkoniyatlar.
yaratilishi.lozim..
Mustaqil ta’lim uchun yaratiladigan elektron darsliklarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
•
fan.mazmuni.davlat.ta’lim.standartlari.va.o‘quv.maqsadlariga.mos.kelishi;
•
mustaqil.ta’lim.olishni.ta’minlashi;
•
fan.bo‘yicha.etarli.miqdorda.ma’lumotlarni.o‘zida.jamlashi;
•
fan.bo‘yicha.mashq.va.masalalar.bilan.ta’minlashi;
•
boshqa.fanlar.bilan.o‘zaro.bog‘lanishi;
•
o‘z-o‘zini.baholash.va.nazorat.qilish.va.boshqalar.
Elektron darsliklar yaratish murakkab jarayon bo‘lib, ularni yaratishga bir qancha turli
yo‘nalishdagi. mutaxassislar. jalb. qilinadi.. ularga. fan. o‘qituvchilari,. psixologlar,. dasturchilar,.
dizaynerlar,. kompyuter. grafikasi. ustalari. kabilarni. keltirish. mumkin.. shuningdek,. elektron.
darsliklar o‘quv materiallarini yaratishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning yutuqlaridan
foydalanish.maqsadga.muvofiqdir.
Elektron darsliklar ta’lim oluvchilarning mustaqil tayyorgarlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga,
o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyot bilan bog‘lashga, ta’lim-tarbiyani o‘zaro bog‘lashga,
o‘zlashtirilgan.bilimlarni.mustahkamlashga.xizmat.qiladi..
Ta’lim tizimiga axborot texnologiyalarini qo‘llashda mavjud gipermatn, gipermedia,
grafika,. animatsiya. va. ovoz. dasturlarining. mavjudligi. katta. samara. bermoqda.. cHet. ellar. va.
respublikamizda to‘plangan tajribalar tahlil qilinganda axborot texnologiyalarining pedagogik
dasturiy vositalari o‘qitishda yangi vositalar sifatida o‘quv jarayonini jadallashtirish uchun keng
imkoniyatlarga.ega.bo‘lib,.ana’naviy.o‘qitish.vositalaridan.keskin.farq.qiladi..
Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o‘quv adabiyotlarning yangi avlodini yaratish konsepsiyasiga
amal qilgan holda axborot texnologiyalari asosida ishlab chiqilayotgan elektron darslikning
strtukturasi quyidagi elementlarni o‘zida ifoda etishi lozim:
1.. muqova;
2.. mundarija;
3.. qisqacha.annotatsiyasi;
4.. elektron.darslikning.to‘liq.bayoni;
5.. elektron.darslikning.qisqacha.bayoni(masalan,.sxemalar.ko‘rinishida);
6.. asosiy.adabiyotlar.va.qo‘shimcha.adabiyotlar.ro‘yhati;
7.. bilimlarni.nazorat.qilish.mexanizmi;
8.. matn.fragmenti.bo‘yicha.izlash.amalini.bajarish;
9.. mualliflar.ro‘yhati.va.ular.haqida.ma’lumot;
10.. atamalar.ro‘yhati;
57
Do'stlaringiz bilan baham: |