"ijtimoiy fanlar" kafedrasi


Fiqhiy mazhablarning paydo bo‘lishi



Download 6,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/231
Sana21.06.2022
Hajmi6,93 Mb.
#686666
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   231
Bog'liq
fayl 1545 20210823

4.Fiqhiy mazhablarning paydo bo‘lishi. 
Islom dini tarqalgan hudud 
kengayib, turli millatlar va xalqlar Shu dinni qabul qilganlaridan so‘ng uni o‘z 
hayot tarziga aylantirdilar. Diniy masalalarni hal qilish maqsadida musulmon 
olimlar katta xizmat qilishdi. Muhammad (alayhis-salom) vafotlaridan keyin u 
kishining ishini xalifalar, sahobiylar, so‘ng tobeinlar davom ettirdilar. 
Payg‘ambardan keyin u kishining ishini sunna asosida davom ettirganlar 
«sunniylar» yoki «ahli sunna val jamoa» nomini oldi. Payg‘ambar (alayhis-salom) 
davrida biror masala yuzasidan savol paydo bo‘lsa, odamlar darhol Shu holatni 
payg‘ambarga etkazib, o‘zlariga aniq javob olganlar. Shuning uchun bu davrda 
ixtiloflar bo‘lmagan. Sahobiylar ham biror ixtilofli masalalarga duch kelganlarida 
ishni maslahat bilan hal qilingan. Ammo sahobiylar davri tugab borishi natijasida 
musulmonlar orasida turli ixtiloflar ko‘paydi. 


249 
VIII asrga kelib musulmonlar orasida shariatning turli masalalarni mustaqil 
echib bera oladigan olimlar paydo bo‘la boshladi. Ular turli fiqhiy masalalarni hal 
qilishda Qur’on oyatlari va hadislarni sharhlab, Shu bilan birga sahobiylarning 
qilgan ishlarini o‘rganib, o‘shalar asosida hukmlar chiqarib berdilar. Ushbu faqih 
olimlar 
atrofida 
shogirdlari 
ko‘payib, 
ularning 
qarashlarini 
yozib, 
ommalashtirdilar. Buning natijasida fiqhiy mazhablar paydo bo‘ldi. «SHariat» 
so‘zi arab tilida ikki ma’noda qo‘llaniladi: «suvga olib boradigan yo‘l» va «to‘g‘ri 
yo‘l». Masalan: 
«So‘ngra (
ey, Muhammad!),
Biz sizni 
(diniy)
ishdan iborat 
shariat uzra (barqaror) qildik...»
(Josiya, 18), oyatida shariat so‘zi «to‘g‘ri yo‘l» 
ma’nosida kelgan. Shariat – islom huquqiga ko‘ra, ulamolar nazdida, Qur’on va 
sunnatda kelgan ilohiy ko‘rsatmalar (hukmlar)ning majmuidir. Boshqacha 
aytganda, islom dinining amaliy qismidir. HuquqShunoslar esa, islom qonunchilik 
majmuini nazarda tutadilar. 
«Fiqh» so‘zi lug‘atda «chuqur tushunish», «idrok etish», «bilish» ma’nolarini 
bildiradi. Istilohiy ma’noda esa «fiqh» – shariat hukmlarini o‘rganish, shariat 
qoidalarini barcha qismlari bilan anglash hamda qaysi maqsadda ishlab 
chiqarilganini tuShunish va o‘zlashtirilgan ushbu ilmni amalga tadbiq etishdir. 
Fiqhning asosiy manbasi: Qur’on, sunnat, ijmo va qiyos. 
Fiqh bilan chuqur Shug‘ullangan olimlar faqihlar (fiqh olimi, huquqShunos) 
deb nomlandi. Bular orasida eng ko‘zga ko‘ringan va fiqhiy mazhabi hozirgacha 
etib kelgan mujtahid olimlar quyidagilardir: Imom Abu Hanifa No‘‘mon ibn Sobit 
Kufiy, imom Molik ibn Anas Madiniy, imom Muhammad ibn Idris Shofeiy va 
imom Ahmad ibn Hanbal SHayboniy. 
Mazkur mazhablar, aqida nuqtai nazardan bir xil, faqat fiqhiy jihatdan bir-
biridan farq qiladi. Shuningdek, bular bir-birini inkor etmaydi, balki qo‘llab-
quvvatlaydi. Mazhablarning maqsadi diniy manbalardagi matnlarni keng xalq 
ommasiga oson tuShuntirish bo‘lgan va bu bilan oddiy xalq o‘z kundalik 
masalalarini tezda xal qilganlar. 


250 
«Mazhab» arabcha so‘z bo‘lib, «yo‘nalish», «yo‘l», «diniy ta’limot» 
ma’nolarini bildiradi. Islom shariati va aqidasining muayyan bir tizimga solingan 
holatdagi ko‘rinishi mazhab deyiladi. Ko‘rib o‘tganimizdek, mazhablar fiqhiy va 
aqidaviy degan ikki qismga bo‘linadi. Fiqhiy mazhablar to‘rtta: hanafiy, molikiy, 
Shofeiy va hanbaliy. Aqidaviy mazhablar: moturidiylik va ash’ariylikdir. 
Molikiy mazhabiga madinalik olim imom Molik ibn Anas Abu Abdulloh 
(713-795) asos solgan. U «Madina imomi» unvoniga sazovor bo‘lgan. Imom 
Molik Madina olimlari qarashlari asosida o‘z mazhabini shakllantirgan. Shuning 
uchun ushbu imom Madina faqihlaridan fiqhni o‘rganib, ahli hadis qo‘llaydigan 
uslubni qabul qilgan va ushbu qoida asosida o‘z shogirdlarini tarbiyalagan. Imom 
Molik Qur’on, sunna va ijmoga tayanib hukm chiqargan. Shu bilan birga 
madinalik olimlar ittifoqini ham hukm chiqarishda e’tiborga olgan. Chunki 
Muhammad (alayhis-salom) Shu shaharda yashagan va bu shahar aholisi 
payg‘ambar va sahobiylarning ko‘rsatmalari hamda qilgan ishlarini mukammal 
o‘zlashtirgani bilan ajralib turadi. Olim «al-Muvatto» nomli hadis ilmiga oid 
to‘plam muallifi hisoblanadi va mazkur asar molikiy mazhabining asosiy manbasi 
sifatida qadrlanadi. Muhaddis buning uchun qirq yil umrini sarflagan. Bu asar ilk 
hadis to‘plamlaridan biri bo‘lib, bir necha ming hadisni o‘z ichiga olgan. 
Imom Molik ibn Anasning shogirdlari orasida taniqli muhaddis va hanafiy 
mazhabi faqihi imom Muhammad SHayboniy (vaf. 805 y.), shofi’iylik mazhabi 
asoschisi Muhammad ibn Idris Shofeiy (vaf. 820 y.) bo‘lgan. Hozirgi vaqtda ham 
bu mazhab qoidalarining Marokash, Tunis, Jazoir va Liviya nikoh-oila va mulkka 
oid huquqiga sezilarli ta’siri bor.
Muhammad ibn Idris Shofeiy (767-820) ham alohida mazhabga asos solgan. 
Bu olim imom Molik va imom Abu Hanifaning katta shogirdi imom 
Muhammaddan dars olgan. Shu nuqtai nazardan ushbu mazhabning huquq tizimi 
xanafiylar va molikiylarning diniy-hukuqiy ta’limoti asosida ishlab chiqilgan, deb 
aytish mumkin. Shunday bo‘lsada, u ko‘proq molikiylarga Yaqin turadi. 
Boshqacha qilib aytganda, ahli hadis va ahli ra’yning qarashlarini birlashtirgan 


251 
hamda o‘ziga xos uslubni yaratgan. Olim ijmo bo‘yicha ko‘proq ummat ijmosiga 
e’tibor qaratgan bo‘lsa, Shu mazhabning keyingi ulamolari olimlar ijmosini ham 
qabul qilishga majbur bo‘ldilar. Shofeiylik ham boshqa mazhablar kabi Qur’on, 
sunna ijmo va qiyosga tayanadi. Imom Shofeiyning «al-Umm» va «ar-Risola» 
kitoblari ushbu mazhab usuliga asos bo‘ldi. 
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, hijriy uchinchi-to‘rtinchi (milodiy 9-10) 
asrlarda Markaziy Osiyoda Shofeiy mazhabi Hanafiy mazhabi bilan raqobat 
qilgan. Uning yirik vakili toshkentlik buyuk olim Muhammad ibn Ali ibn Ismoil 
Qaffol SHoshiy (904-976) edi. U kishi fiqh, hadis, lug‘at va adabiyot bo‘yicha o‘z 
davrining mashhur olimlaridan bo‘lgan. Toshkentda vafot etgan, qabri Hastimom 
(Hazrati Imom) madrasasi yonida joylashgan. 
Hanbaliy mazhabi asoschisi Ahmad ibn Hanbal (780-855) hisoblanadi. Olim 
yashagan Bag‘dod shahrida ilmu fan rivoj topishi bilan birga turli e’tiqodiy 
qarashlar markazi bo‘lgan. Hanbaliy mazhabida Qur’on, sunnat, ijmo va 
sahobiylarning so‘zlari asosiy o‘rin egallaydi. Qat’iy zarurat sezmagan holatlardan 
tashqari qiyosdan foydalanmaydi. Barcha hadislarni va rivoyatni (sahobiylar 
so‘zini) qiyosdan ustun qo‘ygan. Imom Ahmad xulafoi roshidin, sahobiylar, 
tobeiylar, Shuningdek, o‘zidan oldingi uch mazhab fiqhini o‘zlashtirgan. 
CHunonchi u ilk marta fiqhni imom Abu Hanifaning shogirdi imom Abu Yusufdan 
o‘rgangan. Shuningdek, «men hadis yozib olgan birinchi kishi Abu Yusuf edi», 
deganidan hadisni ham Shu kishidan olgani bilinadi. Keyinchalik imom 
Shofeiydan ham fiqhni o‘rgangan. O‘zi esa, imom Buxoriyga ustozlik qilgan. 
Hadis ilmi bo‘yicha «al-Musnad» asari juda mashhur hisoblanadi. Bu kitobda qiriq 
ming atrofida hadis jamlangan bo‘lib, asar hanbaliy mazhabining asosiy 
qarashlarini o‘zida ifoda etadi. 
Yuqorida keltirilgan fiqhiy mazhablar diniy firqalardan farq qiladi. Ular bir-
birining fikriga qarshi chiqmaydi va o‘zlarini boshqasi bilan teng deb hisolaydilar. 
Mazhablar shariatning biror masalasida engilroq yoki qattiqroq hukm chiqarishi 
bilan ajralib turadi. Shuningdek, mazhablar o‘zi tarqalgan mintaqalar sharoitidan 


252 
kelib chiqqan holda fatvolar berganlar. Jumladan, Shofeiy mazhabida tahoratdan 
so‘ng yuz-qo‘linini artmaslik afzal hisoblansa, hanafiy mazhabida yuz-qo‘lini 
artish afzaldir. Hanafiy mazhabi sovuq o‘lkalarda ham tarqalganini e’tiborga 
olinsa, Shofeiy mazhabi asosan issiq o‘lkalarda yoyilgan. Mazhablar turlicha 
bo‘lishiga qaramay asoschi mujtahidlarning barchasi bir-biriga ustoz-shogird 
martabasidadir. Ular bir-birlarining mazhabini tan oladilar. To‘rtta mazhab ham 
hijriy ikkinchi asrning o‘zida shakllanib ulgurgan. Ammo musulmon kishi ushbu 
mazhablarning faqat bittasiga amal qilishi lozim deb uqtiriladi. 

Download 6,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish