"ijtimoiy fanlar" kafedrasi



Download 6,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/231
Sana21.06.2022
Hajmi6,93 Mb.
#686666
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   231
Bog'liq
fayl 1545 20210823

TARQATMA MATERIALLAR: 
1-ilova 


212 
 
2-ilova 
 
3-ilova 
 
4-ilova 


213 
 
5-ilova 
 
6-ilova 
 
 
7-ilova 


214 
 
8-ilova 
 
9-ilova 
 
 


215 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
IV BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DINIY SOHASIDAGI 
ISLOHOTLAR 
4.1.XALQIMIZ MA’NAVIY YUKSALISHIDA DINLARNING O’RNI 
REJA: 
1.
 
Avesto – xalqimiz ahloqiy, diniy, adabiy, ilmiy qarashlarini ifoda 
etadigan bebaho manba. 
2.
 
Musulman “Renessansi” – Sharq uyg’onish davri ma’naviyati 
xususiyatlari. 
3.
 
Islomda yo‘nalishlarning vujudga kelishi. 
4.
 
Fiqhiy mazhablarning paydo bo‘lishi. 
5.
 
Imom Abu Hanifa va hanafiylik mazhabi. 
6.
 
Mazhabsizlik va uning oqibatlari. 
 


216 
Tayanch tushunchalar: 
mazhab, oqim, firqa, hanafiylik, Shofeiylik, 
molikiylik, hanbaliylik, fiqh, fatvo, mujtahid, sunniylik. 
 
Mavzu o‘quv maqsadi: 
Islomda oqim va yo‘nalishlarning paydo bo‘lishi, 
fiqhiy mazhablar: hanafiylik, molikiylik, Shofeiylik va hanbaliylikning vujudga 
kelishi, islom ummatining birligiga raxna soluvchi qarashlardan mazhabsizlik 
haqida ma’lumot berish. 
1.Avesto – xalqimiz ahloqiy, diniy, adabiy, ilmiy qarashlarini ifoda 
etadigan bebaho manba. 
Qadimgi tariximiz, bobokalonlarimiz yashagan yurtda 
kechgan ijtimoiy, madaniy hayot, odamlar turmush tarzi va dunyoqarashi, 
ma’naviy jarayon tamoyillari haqida mustaqillikka erishguncha juda ko‘p, 
taxminiy, soxta va g‘ayriilmiy gaplar aytilar, faqat arxeologlarning oz bo‘lsa-da, 
inkor etib bo‘lmas darajadagi tarixiy, xotiramizga yangilik kirituvchi 
topilmalargina ko‘ngilga taskin berib, o‘tmish davrlarning qorong‘u sahifalarini 
yorita boshladi.
Hozirgi vaqtda zardushtiylikka e’tiqod qiluvchilar soni 200000 dan oshadi. 
2001 yil YUNESKO tomonidan zardushtiylikning 2700 yilligi Xorazmda keng 
nishonlandi. 
«Avesto» ta’limotiga ko‘ra, olamda ikkita kuch, Yaxshilik va yomonlik, 
yorug‘lik va zulmat, issiqlik va sovuqlik kabi qarama-qarshi kuchlar mavjud 
bo‘lib, ular abadiy murosasiz kurashib keladilar. Yaxshilik va yorug‘lik kuchlariga 
Axura Mazda boshchilik qiladi. Bu kurashda yorug‘likning zulmat, Yaxshilikning 
yomonlik ustidan g‘alabasiga ishonch bildiriladi. 
«Avesto»da mehnat nihoyatda ulug‘lanadi. Mehnatni Yaxshilik, moddiy noz-
ne’matlar manbai deb biladi. Inson saxovatli bo‘lishi uchun avvalo mehnat qilishi, 
o‘z qo‘li bilan noz-ne’matlar yaratishi zarurligi uqtiriladi. «Avesto»da: «Don 
ekkan kishi taqvodorlik urug‘ini ekadi, u Mazdaga ixlosmandlik e’tiqodini olg‘a 
suradi, imonni oziqlantirib turadi..», deyiladi. Bunga amal qilish o‘n ming marta 


217 
ibodat qilish bilan barobar, yuzlab qurbonlik qilishga teng. Ekin ekish, mehnat 
qilish – erdagi yovuzlikni yo‘qotishdir, deb qaraladi. «G‘alla erdan unib 
chiqqanda, -deyiladi «Avesto»da, devlar larzaga keladi, g‘alla o‘rib olinayotganda 
devlar nola-faryod chekadi, g‘alla yanchib un qilinayotganda ular mahv bo‘ladi...» 
deb mehnat ulug‘lanadi. 
«Avesto»da inson axloq-odobi, ma’naviyati quyidagi uchlikda: Gumata - 
Yaxshi fikr, Gugta-Yaxshi so‘z, Gvarshta-Yaxshi ishda ifodalanadi. «Men Yaxshi 
fikr, Yaxshi so‘z, Yaxshi ishga shon- shavkat baxsh etaman», -deb ta’kidlaydi 
Axura Mazda. 
Yaxshi fikr deganda Yaqin kishilarga mehribonlik, muhtojlik va xavf-xatar 
ostida qolganda yordam berishga shaylik, kishilar baxt va saodati uchun faol 
kurashishga doim tayyor turish, hamma bilan ahil va totuv yashash va boshqalar 
tuShuniladi. 
Yaxshi so‘zlar deganda esa o‘z va’dasiga rioya qilish, so‘zining ustidan 
chiqish, savdo-sotiq ishlarida halol bo‘lishga, qarzini o‘z vaqtida to‘lash, o‘g‘rilik 
va talonchilik qilmaslik, buzuqlikdan o‘zini tiyish va hakozolar tushunilgan. 
Yaxshi ishlar deganda insonning o‘z xatti-harakatida Yaxshi fikr va Yaxshi 
so‘zlarda ilgari surilgan barcha ijobiy yo‘l-yo‘riqlarga og‘ishmay amal qilish 
nazarda tutiladi. 
Zardushtiylik axloq-odobi hayvonlarga nisbatan ham beshafqat bo‘lishni 
qat’iyan man etadi. Hayvonlarni kaltaklash va qiynash - gunoh deb hisoblanadi. 
Kishilarni foydali hayvonlar haqida g‘amxo‘rlik qilishga, ularga o‘z vaqtida ovqat 
berib turishga, yirtqich hayvonlardan qo‘riqlashga da’vat etadi. «Avesto»da 
tozalik, poklikka alohida e’tibor qaratilgan. Hovuzdan yuvilmagan, iflos ko‘zada 
suv olgan kishi besh darra bilan jazolangan. Inson yashaydigan xonada yuvinish, 
poklanish qat’iyan qoralangan. 
«Avesto»da naslning pokligi, tozaligiga ham alohida e’tibor berilgan, qattiq 
nazorat qilingan, qarindosh-urug‘, aka-ukaning quda-anda bo‘lishi qoralangan. 


218 
Hozirgi meditsina fani aka-uka, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi qudachilik 
munosabatlari kelajak avlodning sog‘lom, to‘la-to‘kis bo‘lib tug‘ilishiga salbiy 
ta’sir ko‘rsatishini to‘liq aniqlagan. Buni esa bizning ajdodlarimiz allaqachon 
aniqlaganlari hozirgi zamon kishisini lol qoldiradi. Qolaversa, yaqin kishilarning 
nikoh masalalarida ma’naviy jihatlar ham borki, bunga inson qalbi yo‘l bermasligi 
kerak. 
Mehmondo‘stlik, bolajonlik, Yaqin qo‘ni-qo‘shnichilik, kattalarni hurmat, 
kichiklarni izzat qilish, qarindosh-urug‘lar, do‘stlar bilan Yaqin aloqada bo‘lish, 
sahiylik, halol bilan haromni farqlash O‘rta Osiyo xalqlarining hammasiga xos 
bo‘lgan ma’naviy fazilatlardir. Garchand mehmondo‘stlik bilan bog‘liq udumlar 
mintaqamizning hamma erida keng tarqalgan Yaxshi an’ana bo‘lsa ham, ular turli 
joylarda bir-biridan farq qiladi. Keksalarni, ota-onalarni hurmat qilish ham 
Markaziy Osiyo xalqlarining o‘ziga xos yuksak ma’naviy boyligidir. 
Keksalar ko‘pni ko‘rgan, aql va idrok bilan har ishda maslahat bera oladigan, 
yoshlarga katta tarbiyaviy ta’sir ko‘rsata oladigan kishilardir. Keksalarni hurmat 
qilish, ulardan saboq olish, hayot tajribasini o‘rganish ma’naviy kamolot uchun 
yangi imkoniyatlar izlashga harakat qilishdir. Ota-onani hurmat qilish, ularning 
gapiga, pand-nasihatiga quloq solish ham katta ma’naviy qadriyatdir. Ota-ona hech 
vaqt o‘zining farzandiga yomonlikni ravo ko‘rmaydi. Ular hayotda ko‘p og‘irlik, 
engilliklarni ko‘rgani sababli, farzandlarining istiqbolini ham ulardan ko‘ra 
ko‘proq o‘ylaydilar. Ba’zan ota-onaning nasihatlari noqobil farzandlarga og‘irroq 
tuyuladi. Bu - hayotni chuqur bilmaslik, hayotning turli jarayonlariga engil-elpi 
qarashning oqibatidir. Farzandlar ota-onaning qadrini o‘zlari ota-ona bo‘lganidan 
keyingina fahmlab oladilar. Bu davr ichida ular ma’naviy kamolotning ko‘p 
imkoniyatlarini qo‘ldan boy berib qo‘yadilar. Shuning uchun ulkan ma’naviy 
qadriyat bo‘lmish ota-onani hurmat qilish odatini aslo unutmaslik kerak. 
Ota-onaga bo‘lgan hurmat dunyodagi barcha xalqlarda uchraydi. Lekin 
bizning mintaqamizda bu qadriyatni e’zozlash boshqa joylarga nisbatan ustunroq 
turadi. Hashar yo‘li bilan uy-joy qurishda, uy-joylarni ta’mirlashda bir-biriga 


219 
yordam ko‘rsatish, etim-esirlarning, beva-bechoralarning peshonasini silash, mehr-
muruvvatli bo‘lish, ularni qarindosh-urug‘lar o‘z himoyasiga olib, xoru zor bo‘lib 
qolishiga yo‘l qo‘ymasligi ham mintaqamiz xalqlarining barchasiga xos 
qadriyatdir. 
Katta ijtimoiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan mintaqaviy 
qadriyatlardan yana bari – 

Download 6,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish