Ilk iymon keltirgan ayol – Hadicha binti Xolid. Abdussalom Ashriy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
12
menga ko’rinyapti, deb o’yladi. Shuda xizmatchilar: “Muhammad soyada,
odamlar esa
quyosh tig’ida kelayotganini ko’ryapsizmi? Ey bekamiz, u qaerda bo’lsa, bulut ham unga
ergashib yuribdi”, dedi. Xadicha hech narsa demadi.
Muhammad uyiga qaytdi. Maysara esa, Xadichaning hovlisiga yo’l oldi. Xadicha
do’koniga borib, hisob-kitob qildi. Ko’zlariga ishonmadi. “Qanday qilib Muhammad
bunchalik foyda bilan qaytdi? Shuncha molni qanday qilib sotishdi ekan?” deya
hayratlandi.
Keltirilgan mollar, ularning bahosini ko’rib hayrati o’n chandon bo’ldi. “Bu
qanaqa foyda? Qanday qilib buncha foyda topdilaring?” deb Maysarani so’roqqa tutdi.
“Hammasi Muhammadning sharofati tufayli – deb javob berdi Maysara. – Biz Busra
shahriga yetmasdan karvon bilan birga bozorga kirdik. Atrofimizni sotuvchilar o’rab
olishdi. Ko’zlariga matohlarimiz chiroyli ko’rindimi, qisqa vaqt ichida ularni sotib
tugatdik. Muhammad juda chaqqon harakat qildi. Yonimizdagi savdogarlar taajjub bilan
qarab o’tirishardi. Hatto ba’zilari: "Maysara, bu qanaqasi, hammamizning molimiz bir hil
bo’laturib, faqatgina sizlar sotib tugatdingiz?!" deb hayratlarini bildirishdi. Ha,
hammasi
Muhammadning barakoti tufayli bo’ldi. Sotishda bo’lganidek, olishda ham Alloh, uni
qo’lladi. Sotuvchilar mollarini negadir unga arzon bahoda berishdi. Odamlar
Muhammadning ishini kuzatib, aqli shoshdi. Ha, qimmat sotdi va arzon oldi. Ba’zi
savdogarlarimiz taajjub bilan: "Nima balo, sizlar xaridor va sotuvchilar bilan avvaldan
kelishib qo’yganmisiz?" degandek savolga ham tutishdi".
Х
adicha xursand bo’lib, Maysaradan yo’lda ro’y bergan voqealarni batafsil aytib berishni
suradi.
"Muhammad sha’ni ulug’, hamiyatli inson. Hozir sizga oldi-sotdi
jarayoni haqida gapirib
berdim. Karvon ahli bunaqa xislat hammada ham bo’lmasligini, ba’zi odamlargagina
berilishini gapirdilar. Osmondagi mo’jizani ko’rmadingizmi? Havo juda issiq edi. Quyosh
nuri olovdan battar kuydirardi. Makkadan uzoqlashgach, kichikkina soya topsak
boshimizni yashirardik. Lekin Muhammad qiynalmadi. Unga osmondan bir parcha bulut
yaqinlashib, to Shomga
yetgunimizcha soya qilib bordi, — dedi Maysara. Bekasi yuzidagi
hayratni ko’rib bir oz tin oldi, so’ng yana so’zida davom etdi. — Odamlar bu bulutni
ko’rib, rosa hayron qoldilar. Ba’zan Muhammad odamlardan ajralib, chuqur o’yga tolar
edi. Faqat savol bersalargina javob qaytarardi. Ba’zi birovlar yo’l
mashaqqatini
yengillashtirish uchun o’yin-kulgi uyushtirsa, u ishtirok etmas edi".
Х
adicha: "Shom shahrida Muhammad nima bilan mashg’ul bo’ldi?" deb so’radi.
"Daraxtzor va bog’larni sayr qildi. Yoqimli havosidan bahra oldi. Savdogarlar uyushtirgan
bazmlarida ishtirok etmadi. Ba’zilar kabi kibrlanmadi. Alloh taologa shukr qildi. Doim
tafakkur bilan band bo’ldi. Odamlar uni qoldirib, o’zlari ko’ngli tusagan joylariga ketishdi.
Karvon qayerda to’xtasa, u o’sha yerda qolardi".
Maysara hikoyasidan bir zum to’xtab, bekasiga sinovchan tikildi. So’ng hayajon bilan
ulkan sirni ochayotgan odamdek gapira boshladi: "Odamlar kutayotgan payg’ambar
mana shu yigit ekaniga ishonasizmi? U zohir bo’ladigan vaqt juda yaqin qoldi, deb
aytishyapti..."
Х
adicha birdan hushyor tortdi. Hayrat bilan: "Ey Maysara, nimalar deyapsan?
Bu fikr
senda qaerdan paydo bo’ldi?" dedi. Maysara
Х
adichani hayratlantirib ushbu gaplarni
aytdi: "Bekam, Shomga yaqin joyda — Busra shahrida tuyalardan tushdik. Muhammad